• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Dunyo bo‘ylab” kanali “yuqori”ning topshirig‘i bilan ruslashtirilayotgani aytildi. TV jurnalistlari “yuqori”dan o‘zbek tilini siqib chiqarmaslikni so‘ramoqda

    O‘zbek tomoshabinlariga dunyo mo‘jizalari, shuningdek sayohat qilishga arzirlik manzillar haqida hikoya qiluvchi “Dunyo bo‘ylab” telekanali 2022-yilning 1-iyulidan boshlab rus tilida efirga chiqa boshlaydi. Va shu kundan e’tiboran o‘zbek tomoshabini dunyo mo‘jizalarini o‘zbek tilida ko‘rish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. Xo‘sh, buni “Dunyo bo‘ylab” telekanali jurnalistlari va tomoshabin qanday kutib olmoqda? “Daryo” mazkur voqeani o‘rgandi.

    Suhbatdosh, “Dunyo bo‘ylab” telekanali muharriri Gulsara Soatxonova mazkur yangilik dabdurustdan o‘rtaga chiqqanini, TV xodimlarining buni hatto muhokama qilishga ham haqqi yo‘qligi aytilganini ta’kidlamoqda.

    Gulsara Soatxonova.

    Gulsara Soatxonova.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Shu yilning aprel oyi boshida ‘Dunyo bo‘ylab’ telekanali ijodiy jamoasi orasida kanalimizning rus tiliga o‘tishi, kanal tili faqat ruscha bo‘lishi haqida gap-so‘zlar tarqaldi. Biroz o‘tib esa MTRK raisi rahbarligida yig‘ilish ham tashkil etildi. Yig‘ilish haqida o‘sha kuni 10 daqiqa qolganda xabar berishgani, tasvirga olish ishlari bilan bandligimiz va tasvirga olish joyi ishxonamizdan uzoqdaligi bois, yig‘inda qatnasholmadim. Yig‘ilishda asosan texnik xodimlar, uch-to‘rt nafar jurnalist ham bo‘lgan, albatta. Keyinchalik bu haqda aytgan hamkasblarimiz kanalni ruslashtirish topshirig‘i ‘yuqori’dan kelgani, uni muhokama qilmasligimiz kerakligi aytilganini bildirishdi”, — deydi “Dunyo bo‘ylab” telekanalining ruslashtirilayotgani haqida xabar bergan jurnalist.

    “Dunyo bo‘ylab” telekanalida rejissor sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Islom Tojiyev telekanalning ruslashtirilishi rejissorlar faoliyatiga unchalik ham ta’sir qilmasligini, ammo o‘zbek farzandi sifatida o‘zbek tilining siqib chiqarilib, telekanalning 10 yillik faoliyati, ijodkorlar mehnati yo‘qqa chiqarilayotgani unga alamli bo‘layotganini aytmoqda.

    “Birinchi prezidentimiz tashabbusi bilan 2012-yil ish boshlagan telekanalga dunyo mo‘jizalarini o‘zbek tomoshabinlariga yetkazish, O‘zbekistondagi diqqatga sazovor joylarni esa dunyo xalqlariga ko‘rsatish mas’uliyati yuklatilgan. Telekanal 2022-yilning ayni paytiga qadar bo‘lgan fursatda ko‘p yutuqqa erishdi, o‘z tomoshabinlarni topdi. Nega endi ayni kunga kelib 10 yillik mehnat va shuncha yillar davomida qilingan mehnatlar yo‘qqa chiqarilishi kerak?”, — deydi Islom Tojiyev.

    Islom Tojiyev.

    Islom Tojiyev.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Jurnalist Gulsara Soatxonova “Dunyo bo‘ylab” telekanali prezident qarori bilan tashkil etilganligi bois uning boshqa bir tilga o‘tishi yoki faoliyati tugatilishi ham prezident qarori bilan amalga oshirilishi kerak deb hisoblamoqda.

    “Men shunday asosli qarorni kutdim. Ammo bunday qonuniy asos keldi yoki kelmadi, menga qorong‘i. Lekin shu davr ichida o‘zbek tilida ko‘rsatuv tayyorlamoqchi bo‘lgan jurnalistlarga kameralar, ish qurollari berish to‘xtatildi. Jurnalist ko‘rsatuv qilishni istaydi, ammo unga bunday imkoniyat berilmayapti. Texnika berish to‘xtatib qo‘yildi. Shundan so‘ng men rahbariyatimizga yuzlanib, buning huquqiy asoslarini so‘radim. Rahbariyat esa bu ‘yuqori’dan kelgan topshiriq ekanini, men va hamkasblarim esa ishchi sifatida berilgan topshiriqni bajarishimiz kerakligini aytishdi”, — deydi jurnalist.

    Telekanal jurnalisti Rahmatilla Sattorovning aytishicha, 2022-yilning 12-may kunidan e’tiboran o‘zbek tilida ko‘rsatuv tayyorlovchi ijodkorlarga texnika berish to‘xtatilgan.

    Rahmatilla Sattorov.

    Rahmatilla Sattorov.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Rahbariyat topshirig‘i bilan joriy yilning 12-may kunidan boshlab, o‘zbek tilida ko‘rsatuv tayyorlovchi ijodkorlarga syomka berilmayapti. Kamera berilmayapti. Shaxsan menda hozir ko‘rsatuv qilish imkoniyati bor. Ijodiy jamoam bor. Ammo syomka berilmayapti”, — deydi jurnalist.

    Jurnalistning aytishicha, uning muallifligidagi ko‘rsatuvning ruscha talqinini tayyorlash, tasvirga olish jarayonlari allaqachon boshlangan. Ammo bundan muallif sifatida u bexabar qoldirilgan.

    “Hozir judayam qiziq jarayon bo‘lyapti-da. Mening muallifligimdagi ‘Xaritadagi nuqta’ ko‘rsatuvning tayyor variantlari bo‘lsa-da, efirga berilmay, ko‘rsatuvning ruscha talqinini tayyorlash ishlari boshlab yuborilgan. Adashmasam hozirda ko‘rsatuvning montaj jarayonlari ketmoqda. Biroq, bu haqda menga xabar berilmagan. Bu —  ijodkorga qanchalik og‘ir botishini juda yaxshi bilasiz, albatta”, — deydi jurnalist.

    Rahmatilla Sattorovga ko‘ra, telekanal direktorining o‘rinbosari uning muallifligidagi ko‘rsatuvning ruscha talqinini tayyorlash tashabbuskorlaridan biri bo‘lishi va loyiha muallifi sifatida unga egalik qilishi mumkinligini aytgan bo‘lishi mumkin.

    “To‘g‘ri, ko‘rsatuv muallifi menman. Ammo loyiha muallifi direktor o‘rinbosari-da. Shu sabab ham u kishi loyiha muallifi menman degan bo‘lishi va ko‘rsatuvning ruscha talqini tayyorlanishiga ruxsat bergan bo‘lishi mumkin”, — deydi u.

    Jurnalist Gulsara Soatxonova telekanal rahbariyati ruslashtirish ishlari ‘yuqori’ning topshirig‘i bilan amalga oshirilayotganini aytganini, lekin ular aytayotgan ‘yuqori’ aynan kim ekanini bilmayotganini aytmoqda.

    Gulsara Soatxonova.

    Gulsara Soatxonova.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Bozorda sotilayotgan baliq xaridorga olib ko‘rsatiladimi,  akvariumga solib qo‘yiladimi, tog‘oraga solib qo‘yiladimi yoki umuman suvsiz qoldiriladimi, baliq indamay yotadi. Boisi uning zaboni yo‘q. Faqat tipirchilay oladi, xolos. Men baliq emasman-ku, mening ustimdan hukm chiqarilayotganda uning sababini so‘rashga, bilishga haqqim bor-ku. Buning sababini so‘radim, albatta. Ammo tayinli javob ololmaganimdan so‘ng bu haqda aniq ma’lumotga ega bo‘lishim uchun ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatdim”, — deydi jurnalist.

    Jurnalistning aytishicha, “Dunyo bo‘ylab” telekanalining rus tiliga o‘tishi avvaliga sir saqlangan.

    “Bu telekanal xalqniki, uning mablag‘lari evaziga faoliyat yuritmoqda. Xo‘sh, telekanal tilining o‘zgarishi haqida nega xalq bilmasligi kerak, nega bu xalqdan yashirilishi kerak”, — deydi suhbatdosh.

    Suhbatdosh jurnalistlarning ma’lumot berishicha, 2022-yilning 18-aprel kuni MTRK raisi “Dunyo bo‘ylab” telekanali faoliyatini takomillashtirish, rivojlantirish to‘g‘risida buyruq chiqargan. Unda telekanal faoliyatini takomillashtirish, millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan uzviy ravishda hamkorlikda ishlashi lozimligi ko‘rsatilgan.

    “Biz avvaldan millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamkorligida ishlardik. Keyinchalik bu nega to‘xtatib qo‘yilgan menga qorong‘i. Buyruqqa asosan telekanal konsepsiyasi ham tuzilgan. Va bu konsepsiya jurnalist sifatida menga juda yoqdi. Zo‘r tuzib chiqilgan. Ammo uning birorta joyida telekanal tili rus tiliga o‘tishi haqida so‘z bormagan. Shuningdek, o‘zbekcha ko‘rsatuvlar tayyorlanishi to‘xtatilishi haqida ham biror gap yo‘q. Lekin konsepsiyada faqat ruscha ko‘rsatuvlar ro‘yxati berilgan. Nega endi bu konsepsiyaga shuncha paytgacha efirga ketgan 50 dan ortiq ko‘rsatuvlar kiritilmagan. Nega endi o‘zbek tilidagi ko‘rsatuvlar siqib chiqarilishi kerak?”, — deydi jurnalist Gulsara Soatxonova.

    Telekanal jurnalistlari “Dunyo bo‘ylab” kanali ichki turizmni ommalashtirishga doir ko‘rsatuvlar berib borganini, bu esa o‘zbek tomoshabiniga o‘zi yashab turgan joyning tarixiy ahamiyatini anglab yetishiga imkoniyat berishi barobarida Vatanining diqqatga sazovor joylarini bilish, ko‘rish imkoniyatini ham berganini, endilikda o‘zbek tomoshabini shu huquqidan mahrum bo‘layotganini aytmoqda.

    “Rahbariyat turizmga doir ko‘rsatuvlarni boshqa kanallar ham berishi mumkin deyishi mumkin. Turizmga ixtisoslashgan telekanal bor bo‘lgan paytda, nega tomoshabin turizmga doir ko‘rsatuvni boshqa kanallardan izlashi kerak? Nega o‘zbek tomoshabini turizmga aloqador ko‘rsatuvlarni o‘zbek tilida tomosha qilish huquqidan ayrilishi kerak? Telekanal uchun muhimi tomoshabin emasmi?”, — deydi jurnalist Gulsara Soatxonova.

    Telekanal jurnalisti Rahmatilla Sattorov kanalning rus tiliga o‘tishi yaxshi ekanini, ammo bu davlat tili bo‘lgan o‘zbek tilini kamsitib, uni siqib chiqarish evaziga bo‘lmasligi kerak degan fikrda ekanini aytmoqda.

    Rahmatilla Sattorov.

    Rahmatilla Sattorov.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Biz ‘Dunyo bo‘ylab’ kanalining rus tilida ham faoliyat yuritishiga qarshi emasmiz, albatta. Jurnalist sifatida rus tilida ijod qilish masalasiga ko‘nikishimiz mumkindir. Ammo ona tilimizning kamsitilishi shaxsan menga ta’sir qilmay qolmayapti. Endilikda butun respublika bo‘ylab efirga ketuvchi kanal o‘zbek tilini siqib chiqarib, rus tilida efirga ketishiga qarshiman”, — deydi jurnalist.

    “Rus tilini tushunmagan aholiga rus tilidagi ko‘rsatuv qiziqmi? Yo‘q, albatta. Demak, agar telekanal rus tilida efirga ketishni boshlasa, bor tomoshabinlarini ham yo‘qotadi. Achinarlisi rahbariyat telekanal tomoshabinini yo‘qotishini bilishini va bundan o‘zlari ham afsusdaligini aytdi. Ammo nega bunaqa qilishimiz kerak degan savolga kelganda esa, ‘yuqori’dan kelgan topshiriq deyishdan nariga o‘tishmayapti. Shuningdek, rahbariyat MTRK tarkibida rus tilini biladigan kadrlar masalasi ham og‘ir ekanini, ularni topish ham o‘zlariga muammo tug‘dirishini tan oldi”, — deydi jurnalist Gulsara Soatxonova.

    Jurnalist Soatxonovaning aytishicha, rahbariyatining bu yangiligi sabab o‘zbek tilida ko‘rsatuv tayyorlayotgan jurnalistlarning aksariyati o‘ziga boshqa ish izlashga majbur bo‘ladi.

    “Muammo ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgach, rahbariyat Sizni ishsiz qoldirmaymiz, MTRK tarkibidagi xohlagan telekanalingizda faoliyat yuritishingiz mumkin deyishmoqda. Ammo bu og‘zaki gap. Buning natijasi nima bo‘ladi, bizga qorong‘i. Qolaversa, nega davlat tili o‘zbek tili bo‘lgan O‘zbekistonda o‘zbek tili siqib chiqarilishi kerak. Unda nafaqat rus tilida, o‘zbek tilida ham ko‘rsatuv efirga uzatish davom etsin”, — deydi suhbatdosh.

    Gulsara Soatxonova telekanal muammosini jamoatchilikka olib chiqqanidan so‘ng uni MTRK raisi chaqirganini aytmoqda.

    “Muammoni olib chiqqanimdan so‘ng MTRK raisi chaqirtirdi. Va muammo nimada ekanini so‘radi. Men esa o‘zimni qiziqtirgan savollarni berdim. Rais ham o‘zbek tiliga qarshi emasligini, ammo ‘yuqori’dan kelgan topshiriqni bajarishga majburligini aytdi. Ammo menga umuman tazyiq o‘tkazish, yoki bu harakatlarimni to‘xtatishga urinish bo‘lmadi”, — deydi jurnalist.

    Gulsara Soatxonova.

    Gulsara Soatxonova.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Suhbatdosh jurnalistning aytishicha, may oyida avvalroq tayyorlab qo‘yilgan o‘zbek tilidagi ko‘rsatuvlar efirga ketmoqda.

    “Hozirgi paytda o‘zbek tilidagi ko‘rsatuvlar syomkasiga ruxsat berilmagani bois, 2022-yilning iyun oyida kanalda deyarli o‘zbek tilidagi ko‘rsatuvlar ketmasa kerak. Boisi, o‘zbek tilidagi ko‘rsatuvlar tayyorlanmayapti. 2022-yilning 1-iyuldan e’tiboran esa, telekanal to‘laqonli ravishda rus tiliga o‘tadi. Hozircha doimgidek maosh olyapmiz. Ammo ertaga joyimizni albatta bo‘shatishimizga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, rahbariyat shartnomani avvalroq bekor qilayotgani uchun kompensatsiya masalalari haqida ham so‘z ochgani yo‘q. Qolaversa telekanal jurnalistlar bilan shartnomani bekor qilib, qo‘shimcha ishchi olishi uchun telekanal faoliyati umuman to‘xtatilishi kerak deb o‘ylayman”, — deydi u.

    “Dunyo bo‘ylab” telekanali jurnalistlari telekanal rus tiliga o‘tayotgan bo‘lsa-da, uning o‘zbekcha nomi saqlab qolinayotganini, rus tilida ko‘rsatuv tayyorlayotgan jurnalistlar esa kanal nomini talaffuz qilishda qiyinchilikka uchrab, o‘zbek tilidagi so‘zni masxaraomuz talaffuz qilayotganini aytmoqda.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan tomoshabinlarning ayrimi telekanal tilining rus tiliga o‘tkazilishini qoralagan bo‘lsa, kimdir bu holatga ijobiy qarashini, ayni paytda xorijda ro‘y berayotgan voqealarni to‘g‘ri va aniq bilib turishi uchun ham shunday telekanal kerakligini ma’lum qilgan.

    “Kanal butkul rus tiliga o‘tkazilishi katta xato bo‘ladi, shaxsan men bunga qarshiman. Agar rus tilida faoliyat yuritadigan kanal kerak bo‘lsa, unda alohida kanal ochishsin”, — deydi Akbar Fayzullayev.

    Suhbatdosh Zebo G‘ofurova esa ko‘pchilik o‘zbekistonliklar rus tiliga tushunmagani uchun “Dunyo bo‘ylab” kanalining ko‘rsatuvlari rus tilida efirga ketishi telekanal tomoshabini yo‘qolishiga sabab bo‘lishini aytmoqda. Yana bir suhbatdosh Oyatulla Inoyatullayev esa kanalning rus tiliga o‘tishi adolatli qaror bo‘lishini, til bilmaydiganlarning til o‘rganishiga yordam berishini bildirgan.

    “Odamlarga foydasi tegadi, qolaversa til o‘rganishadi. Bizda rus tilida faoliyat yuritadigan alohida kanal yo‘q. Shuning uchun bu to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman”, — deydi Oyatulla Inoyatullayev.

    Bu haqda fikr bildirgan Azizbek Akbarov telekanal tomoshabinlari asosan o‘zbeklar ekanini aytib, telekanal tilining o‘zgarishi xato bo‘lishini ta’kidlamoqda.

    “Nega endi rus tiliga o‘tyapti. O‘zbek tilida qolaversa bo‘lmaydimi? Yoki ikki tilda ham efirga chiqaraversin. Ko‘pchilik rus tilini bilmaydi-da, shuning uchun telekanal o‘zbek tilida qolgani ma’qul”, — deydi Azizbek Akbarov.

    “Daryo” bilan suhbatlashgan yana bir suhbatdoshning aytishicha, ayni paytda o‘zbekistonliklarga rus tilida faoliyat yurituvchi telekanal kerak.

    “Boisi, Rossiya—Ukraina mojarolari, shuningdek dunyoda ro‘y berayotgan voqealar paytida O‘zbekistonda yashovchi rus millatiga mansub aholiga, shuningdek o‘zbekistonliklarga xorij propagandasiga ishonib qolmasliklari, to‘g‘ri axborotni o‘z vaqtida olishlari uchun ham shu rus tilida faoliyat yurituvchi kanal kerak”, — deydi suhbatdosh.

    Gulsara Soatxonovaning aytishicha, “Dunyo bo‘ylab” telekanalining ruslashtirilishi haqidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilgach, jamoatchilik qiziqishini uyg‘otgan. Ammo o‘zbek tili rivojiga mas’ullar bunga hamon ko‘z yumib kelmoqda.

    Islom Tojiyev.

    Islom Tojiyev.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Telekanal rejissori Islom Tojiyev so‘nggi so‘zida “O‘n yildan beri binoyidek ishlab kelayotgan kanalning ruslashtirilishi uning reytingini oshirib, tomoshabinini ko‘paytirish maqsadida qilinyaptimi yoki ‘yuqori’ning ko‘ngliga qarab qilinayotgan ishmi?”, degan bo‘lsa, Rahmatilla Sattorov telekanalni ruslashtirayotgan ‘yuqori’ga murojaat qilib, “Hurmatli ‘yuqori’, ‘Dunyo bo‘ylab’ telekanalida o‘zbek tili qolsin, ona tilimiz siqib chiqarilmasin”, demoqda.

    19.05.2022, 13:15   Izoh (0)   56034
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda IIB xodimi pogonini o‘zi yulib, bunda yonidagi ayolni ayblagani ko‘ringan video tarqaldi. Vazirlik holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi

    19.05.2022, 12:58

    Namanganda aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan yigit Qirg‘izistonga qochib ketayotganida ushlandi (video)

    19.05.2022, 12:19

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 20-may kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    19.05.2022, 12:08

    “Fikrlarim shunchaki qirqib tashlangan”. Advokat fohishaxonalar foyda keltirayotgani haqidagi gaplariga izoh berdi

    19.05.2022, 11:31

    Vazirlar Mahkamasi qarori bilan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi

    19.05.2022, 10:56

    Antikorrupsiya agentligi ochiqlikka oid qonunchilik talablariga rioya etmagan 8 ta mahalliy hokimlikka ogohlantirish yubordi

    19.05.2022, 09:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xohlaganimni gapiraman” deya ichki ishlar xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘radi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 11:55

    Yaqinlarining qistovi bilan mashhur rollarga rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    Kino | 31 may, 11:40

    Qizil kitobga kiritilgan 15 ta ilonni O‘zbekistondan olib ketayotgan fuqaro qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 31 may, 11:20

    Tramp Putin va Zelenskiyni juda qaysar deb atadi

    Dunyo | 31 may, 10:50

    TikTok tashxis qo‘ymoqda: ChatGPT va ijtimoiy tarmoqlardagi tibbiy maslahatlarga qanchalik ishonsa bo‘ladi?

    Maslahatlar | 31 may, 10:30

    Bishkekdagi bar egasi qanday qilib Pentagon bilan 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzgani haqida

    Dunyo | 31 may, 10:15

    Farg‘onada sifati kafolatlanmagan 8 mlrd so‘mlik dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 31 may, 09:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.