• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Uzbekistan Airwaysning “Ilk parvozim” loyihasida “temir daftar”ga kiritilgan 15 nafar ayol Buxoroga sayohatni amalga oshirdi

    Uzbekistan Airways kompaniyasi Toshkentdan Buxoroga “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasini amalga oshirdi. Parvoz yo‘lovchilari esa “temir daftar”ga kiritilgan 15 nafar ayol bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

    Foto: Abdulaziz Xalilov

    Foto: Abdulaziz Xalilov

    Kompaniya axborot xizmati rahbari Kamola Ikromovaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, kompaniya bir necha oy ilgari “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, 2022-yilning 17-may kuni loyiha asosida 15 nafar xotin-qizni Buxoroga sayohatga olib borgan.

    “Inson hayot sinovlaridan charchab, orzularining ushalishiga ishonmay qolganida kutilmaganda mo‘jiza yuz berishini xayoliga ham keltirmaydi. Vaholanki, hayot insonga kutilmagan tuhfalarni hadya etishi mumkin. Loyiha amalga oshirilguncha juda ko‘p sonli ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oila bekalari bilan suhbatda bo‘ldik. Ularning orzulari, o‘y-xayollari bilan qiziqdik. Ishonasizmi, ko‘pchiligida bir xil orzu — samolyotda parvoz qilish ishtiyoqi bor ekan. Bu kimlargadir erish tuyular, ammo ularning orzularini amalga oshirishni kompaniyamiz rahbariyati ham qo‘llab-quvvatladi. Onaxon, opaxonlarning ko‘zlaridagi quvonch-u, shodlikka hech narsa teng bo‘lolmas ekan. Ularga bir kun bo‘lsa-da, shunday quvonch bag‘ishlay olganimizdan o‘zimiz ham xursandmiz”, —deydi Kamola Ikromova.

    “Daryo” muxbiri sayohatchi ayollar bilan suhbatda bo‘ldi.

    “Ikki nafar farzandim bor. Ularni ulg‘aytirish, voyaga yetkazish, hayotga tayyorlash bilan umr o‘tdi. Ammo biror marotaba sayohatga chiqmagan ekanman. Bilasiz, sayohatga chiqish uchun ham iqtisodiy sharoit kerak, istaymizmi-yo‘qmi, hamma narsa pulga borib taqaladi. Sharoitsizlik sabab umrning yarimini yashab bo‘ldim. Ishonasizmi, men umrim davomida hatto poyezdga ham chiqmaganman. Samolyotda uchish orzusi esa allaqachon bolalikdagi xomxayollarga aylanib bo‘lgandi. Odam osmonga chiqsa, yerdagilar chumolidek bo‘lib ko‘rinsa kerak-a, deya dugonalar bir-birimizga bergan savollarimiz haligacha xayollarimizda yashab kelgan. Bir kuni qo‘ng‘iroq bo‘ldi va samolyotga uchishni istaysizmi, deya savol berishdi. Hayajondan o‘zimni boladek his qilib, samolyotga uchishni orzu qilmagan bola bormi, debman. Avvaliga kimdir hazillashyaptimikan, deb o‘yladim. Yo‘q, Uzbekistan Airways kompaniyasiga rahmat. Oradan qirq yillardan ko‘proq vaqt o‘tib, bolalikdagi orzularimizga oshno etdi. Judayam xursandmiz”, — deydi tashkilotchilarga o‘z minnatdorligini bildirgan Rashanoy Baymakova.

    O‘n yil ilgari turmushga chiqqan Halima Umarova ham uy va oila tashvishlari bilan bo‘lib, biror marotaba sayohatga chiqmaganini bugun esa e’tibordan mamnun ekanini bildirdi.

    Sayohatchi ayollar Buxoro shahrining qadim obidalari, ulug‘ qadamjolari hamda ziyoratgohlarida bo‘ldi.

    “O‘ylamagan va xayolimizga kelmagan ishlar bo‘ldi-da. Orzular qanotida parvoz qildik. Ko‘z ochib yumguncha qadim shaharga sayohatga keldik. Buxoroni suratlarda ko‘rganman, televizorda tomosha qilganman. O‘zimni xuddi ertaklar olamida yurgandek his qilyapman. Eshitishimcha, Buxoroi sharifning qaysi manzilida turib bo‘lsa ham niyat qilsang, amalga osharkan. Shu muqaddas zaminda turib, Umra ziyoratiga ham borishlik nasib etishini niyat qildim”, — deydi 67 yoshli onaxon quvonch yoshlarini yashirolmay.

    Bildirilishicha, Uzbekistan Airways kompaniyasining “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi bundan ilgari Xorazm viloyatiga ikki kunlik sayohat bilan boshlangan bo‘lib, bu sayohatda ham ayollarning yo‘l, yashash va ovqatlanish xarajatlari kompaniya tomonidan to‘liq qoplab berilgan.

    “Ilk parvozim” ijtimoiy loyihasi ayollar orzularini ro‘yobga chiqarishda davom etadi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad bitta, u ham bo‘lsa, kemtik ko‘ngilli onaxon, opaxonlarimizga bir lahza bo‘lsa-da hayotdan bahramandlik va xursandchilik ulasha olish. O‘zlari aytishganidek, bolalikdagi samolyotda parvoz qilishdek beg‘ubor orzularini amalga oshirish”, — deydi Kamola Ikromova.

    Mavzuga doir: 

    • Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash markazlari tashkil etilishi mumkin
    • O‘zbekistonda hokimlar “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning uylarini ta’mirlab beradi

    18.05.2022, 06:54   Izoh (0)   7712
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestri ishlab chiqiladi

    18.05.2022, 06:38

    Toshkent va Olmaota o‘rtasida “Tulpor Talgo” poyezd qatnovi tiklandi

    18.05.2022, 06:23

    O‘zbekistondagi barcha tibbiyot xodimlari dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tkaziladi

    18.05.2022, 06:08

    O‘zbekistonda narkologiya xizmatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

    18.05.2022, 00:59

    O‘zbekiston fuqarolariga xorijga, asosan, nima maqsadda chiqishi ma’lum bo‘ldi

    18.05.2022, 00:47

    Toshkentdagi go‘zallik saloni 9 mlrd so‘m qarzi bilan auksionga qo‘yildi

    18.05.2022, 00:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.