Lifehacker nashri taqdim etgan retseptga ko‘ra, qat-qat xamir va quyultirilgan sutdan bir zumda sevimli shirinlikni tayyorlash mumkin. Bu tasavvur qilganingizdan ham ko‘ra osonroq.
Kerakli mahsulotlar:
- xamirturushsiz qat-qat xamir — 450 gramm;
- quyultirilgan sut — 200 gramm;
- sut — 3 osh qoshiq;
- shakar — 1 osh qoshiq.
- Xamir 15-20 santimetr kenglikda to‘rtburchak shaklida yoyiladi.
- 8-10 ta teng to‘rtburchak shaklda kesib olinadi va har bir to‘rtburchak ikkita uchburchak shaklida kesib chiqiladi.
- Uchburchak xamirning keng qismiga 1-2 choy qoshiq quyultirilgan sut solinadi va rulet saklida o‘raladi.
- Pech 200 darajaga qizdiriladi va pishirish varag‘iga pergament qog‘oz joylashtiriladi.
- Rogaliklar qog‘oz ustidan terib chiqiladi va yuzasiga sut surtilib, shakar sepiladi.
- So‘ngra 15-20 daqiqa davomida yuzasi qizarguncha pishiriladi.
Izoh (0)