• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Tojikistondan keltirgan giyohvand moddalarni sotish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida giyohvandlik vositasini 90 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

    Kadr: Telegram

    Kadr: Telegram

    Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda To‘rtko‘l tumanida yashovchi 34 yoshli shaxs Samarqand shahridan Nukus shahriga 2 kilogramm 10 gramm geroin moddasini olib kelib, xaridorga 90 ming dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositasi tojikistonlik narkokuryer tomonidan O‘zbekiston hududiga o‘tkazilgan.

    Shuningdek, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ham bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazgan. Jumladan, Uchtepa tumanida yashovchi, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etgani uchun sudlangan 58 yoshli shaxsning yashash xonadoni belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruv davomida uyning shift qismiga yashirib qo‘yilgan 1,924 kilogramm opiy moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Ta’kidlanishicha, mazkur giyohvandlik vositasi ham uchinchi shaxslar tomonidan Tojikistondan keltirilgan. Shuningdek, xonadonda tegishli hujjatlari bo‘lmagan 1 dona pnevmatik pistolet ham borligi ma’lum bo‘lgan.

    Uchtepa tumanida kuzatilgan boshqa bir holatda Tojikistondan aylanma yo‘llar bilan o‘tkazilgan narkotik moddalarni Toshkent shahriga olib kelib sotish bilan shug‘ullangan, Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan 3 nafar shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yilib, ulardan 943 gramm gashish moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

    Bundan tashqari, Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘llar bilan O‘zbekiston hududiga o‘tkazilgan narkotik moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ham aniqlangan. Xususan, Farg‘ona tumanida yashovchi ikki fuqaro (1976 va 1997-yillarda tug‘ilgan) kelayotgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi Toshkent shahriga kiraverishdagi “Sharq” YPX maskanida to‘xtatilgan. Mashina ko‘zdan kechirilganda salonida 939 gramm gashish moddasi borligi aniqlangan hamda tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

    DXX xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi ikki fuqaro (1977 va 1995-yillarda tug‘ilgan) Chilonzor tumanida xaridorga 560 dona “Regapen” hamda 100 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 26 million so‘mga sotayotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

    Shuningdek, ularning sherigi 20 yoshli shaxs ham ushlanib, uning vaqtincha yashash xonadonidan 1540 dona “Regapen”, 630 dona “Tropikamid” hamda 30 dona “Selofen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari o‘rnatilgan tartibda olib qo‘yilgan.

    Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona—Namangan yo‘nalishida harakatlanayotgan 32 yoshli shaxs boshqaruvidagi avtomashina Yozyovon tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada, uning salon qismida O‘zbekistonda muomalasi cheklangan narkotik moddalar turkumiga kiruvchi 1920 dona “Tramadol” dori vositasi, shuningdek, dorixonalarda shifokor retsepti asosida sotilishi lozim bo‘lgan 4704 dona “Regapen” va 150 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.

    Yana bir holatda Quvasoy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan avtomashina “Namangan” YPX maskanida to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, unda Quvasoy shahrida yashovchi 25 yoshli shaxsga tegishli 840 dona “Regapen” va 240 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi ma’lum bo‘lgan hamda protsessual tartibda olib qo‘yilgan.

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Avvalroq Farg‘onada tomorqasida 100 tup ko‘knori yetishtirayotgan shaxs aniqlangani, Toshkent shahri va viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullangan 9 kishi ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir:

    • Samarqandda Tojikistondan ichiga giyohvand modda yashirib olib o‘tilgan propan gaz balloni portladi
    • Andijonda 1 kilo gashishni 9 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
    • Sirdaryoda xonadondan 13 kilodan ortiq marixuana topildi

    18.05.2022, 11:28   Izoh (0)   13849
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 19-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    18.05.2022, 10:59

    O‘zbekiston OTMlariga qabul kvotalarini tasdiqlashga oid qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

    18.05.2022, 10:27

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston maxsus xizmatlari rahbarlari vertolyotda qirg‘iz—o‘zbek chegarasining belgilanmagan qismini ko‘zdan kechirdi

    18.05.2022, 10:12

    Buxoro, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida kredit mablag‘larini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

    18.05.2022, 09:57

    Xalq ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun turli xil pul yig‘imlari qat’iyan taqiqlanganini eslatib o‘tdi

    18.05.2022, 09:26

    Mo‘ynoqdagi qamishzorlarda yong‘in yuzaga keldi. Ekoqo‘mita yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘qligini ma’lum qildi

    18.05.2022, 08:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.