O‘zbekistonda 2022-yilining dastlabki 4 oyida Cobalt va Lacetti eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobillar bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Yil boshidan beri UzAuto Motors qariyb 90 ming dona avtomobil, shundan 28 690 ta Cobalt va 26 305 ta Lacetti ishlab chiqargan.
Biroq aynan mana shu ikkala modelga eng ko‘p navbatlar yuzaga kelmoqda. Bu Uzavtosavdo ilovasida qayd etilgan.
Cobalt’ning 4 xil pozitsiyasi uchun hozirda 17 mingdan ortiq odam navbatda turibdi — avtomobilni, taxminan, eng qisqa muddatda avgust oyida, eng uzoq muddatda esa 2023-yilda olish mumkin.
Gentra uchun 17 mingga yaqin odam navbatga yozilgan — avtomobilni 31-dekabrgacha olish mumkin.
Hamyonbop modellar orasida Nexia modeli eng yaxshi taklif bo‘lib turibdi – ular sotuvda bor, navbatlar esa nisbatan kamroq — 700 dan ortiq. Avtomobil hozirning o‘zida buyurtma qilinsa, qachon olish mumkinligi noma’lum.
Avvalroq Сobalt Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)