Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyevning “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mazkur hujjatga muvofiq, 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarining oylik lavozim maoshlari:

  • oliy va birinchi malaka toifalariga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun – 15 foizga;
  • ikkinchi malaka toifasi va toifaga ega bo‘lmagan, shuningdek, boshqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun – 10 foizga;
  • tibbiyot muassasalarining boshqa xodimlari uchun – 15 foizga oshiriladi.
Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblash amaldagi mehnatga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentlarini tegishincha 1,15 va 1,1 barobarga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi.

2022-yil 1-iyundan boshlab Tibbiyot muassasalarining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan budjet mablag‘larining umumiy hajmiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

  • birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati, bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalar, sanitariya-epidemiologik xizmati hamda ijtimoiy kasalliklarga (sil, buyrak yetishmovchiligi, onkologiya, ruhiy, narkologiya, endokrin, moxov (lepra), yuqumli, jinsiy yo‘l bilan yuqtiriladigan, OITS) ixtisoslashgan muassasalarda – umumiy xarajatlarning 10 foizi;
  • respublika va viloyat darajasidagi boshqa sog‘liqni saqlash muassasalarida – umumiy xarajatlarning 5 foizi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Kripto
Bir haftada Binance kriptobirjasidan 2 mlrd dollardan oshiq mablag‘ chiqib ketdi