Global ma’lumotlar barometrining 2021-yil yakunlariga ko‘ra reytingi e’lon qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, reytingda 100 dan ortiq mamlakatlar qatnashgan. O‘zbekiston unda 32 ball to‘plab, 58-o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston Global ma’lumotlar barometrining asosiy modullarida:
- “Ochiq ma’lumotlar tashabbusi”ni o‘z ichiga olgan “Imkoniyatlar” modulida 80 ball to‘plab, 8-o‘rinni;
- mamlakatda ochiq ma’lumotlar siyosatini o‘z ichiga olgan “Boshqaruv” modulida 52 ball to‘plab, 19-o‘rinni egallagan.
Avvalroq O‘zbekiston oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoning kuchli 20 talik reytingiga kirgani, matbuot erkinligi reytingida 24 pog‘onaga yuqorilab, 133-o‘ringa chiqqani, eng kam o‘rtacha oylik ish haqi to‘lanadigan 20 ta davlat ma’lum bo‘lgani va ularning orasida O‘zbekiston ham borligi xabar qilingan.
Izoh (0)