• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Futbol yangi inqilob bo‘sag‘asida, Oliy liga taqvimidagi o‘zgarishlar, “Akramov zo‘rmi yoki Abramov?”. O‘zbek futbol gazetalari 11 yil avval 17-mayda nimalar haqida yozgan?

    Futbol – yildan-yilga o‘zgarayotgan, takomillashib borayotgan, millionlar emas, balki milliardlar o‘yiniga aylanayotgan sport turi. Internet nashrlar rivojlanib, yangiliklar turli tarmoqlarda uzatilishidan avval barcha sohalarga qatori futbolga oid yangiliklar ham insonlarga televideniye, radio va gazeta-jurnallar orqali yetkazib berilgan.

    Xo‘sh, 11 yil avval o‘zbek futbol gazetalari nimalar haqida yozgan, mulohazalar qilgan, kimlar bilan intervyular uyushtirgan? Bularning barchasi “O‘zbek futboli gazetalari tarixi” ruknida e’lon qilib boriladi.

    O‘z davrining eng suyukli nashri bo‘lgan “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sanasida chiqqan sonida Usmon Toshevning “Nasaf” menejeri bo‘lgani haqida xabar berilgan. Ta’kidlanishicha, Toshev ushbu lavozimda “Bunyodkor”ga o‘tib ketgan Bahrom Davletovning o‘rnini egallagan. Xabarda, shuningdek, Usmon Toshevning 2008-yili ham “Nasaf”da ishlagani aytilgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Ma’lumot uchun, 2021-yilning oktabr oyida Usmon Toshev O‘FA terma jamoalar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlangan edi va hozirda shu lavozimda ishlab kelmoqda.

    O‘zbekiston chempionati taqvimidagi o‘zgarishlar o‘sha vaqtlarda ham tez-tez bo‘lib turgan. Terma jamoaning o‘rtoqlik uchrashuvlarida “Paxtakor” hamda “Bunyodkor” futbolchilari ishtirok etishi sabab O‘zbekiston chempionatining 10-turidan o‘rin olgan ushbu ikki jamoa o‘rtasidagi bahs 29-mayga qoldirilgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Shuningdek, “Bunyodkor”ning OCHL 1/8 final o‘yini safarda “Sepahon”ga qarshi o‘tishi munosabati bilan jamoaning 9-turdan o‘rin olgan “Olmaliq”qa qarshi o‘yini bir kun oldinga surilib, 19-mayga belgilangan.

    “Qizlarga xorijlik murabbiy kerak” sarlavhasi ostidagi xabarda gap O‘zbekiston 20 yoshgacha bo‘lgan qizlaridan tuzilgan terma jamoaga xorijiy mamlakatdan murabbiy olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib borilayotgani aytilgan. Ushbu masala yuzasidan sobiq O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov topshiriq bergan.

    Ushbu xabarda yana bir e’tiborga loyiq holat bor: O‘FFga FIFA vakillarining kelishi kutilayotgani va unda yollar o‘rtasida U-20 Jahon chempionatini O‘zbekistonda o‘tkazish masalasi muhokama qilinishi aytilgan. O‘shanda FIFA O‘zbekistonga mundial mezbonligini bergan, biroq keyinchalik tashkilotning o‘zi O‘zbekistonni bu huquqdan mahrum qilgandi.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Aynan 2011-yili Rossiyaning “Anji” safiga borib qo‘shilgan Odil Ahmedov rus nashrlaridan biriga bergan intervyusida braziliyalik Rivaldo va Roberto Karlos haqida shunday degan: “Rivaldo katta iqtidor sohibi. Uning hujumni yakunlash paytidagi harakatlari, aqlli va aniq to‘p uzatishlari va boshqa bir qancha jihatlarini ko‘rib-kuzatib, o‘zimga ancha foydali tomonlarni o‘zlashtirdim. U va boshqa mashhur futbolchilar o‘zbek futboliga katta naf berdi. Roberto ham hozir Rossiya ligasiga foyda keltirmoqda. Uning yonida to‘p surish juda oson. Tajribasi ulkan, hamma narsani biladi. Masalan, qanday o‘ynash, kimga va qachon to‘p uzatish, turli vaziyatlarda samarali harakat qilish...”.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Jahon futbolida ham yangiliklar bisyor. Masalan, “Real Madrid” futbolchilari o‘rin olgan avtobus toshbo‘ron qilingan. Oqibatda avtobusning bita oynasi chilparchin bo‘lgan.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu holat 2010/2011-yilgi mavsumning o‘zida uchinchi marta sodir bo‘lgan. Ulardan biri “El-Klasiko” arafasida “Barselona” muxlislari tomonidan sodir etilgan.

    FIFAda esa saylov yaqin. O‘sha paytlarda tashkilot prezidenti bo‘lgan Zepp Blatterning ma’lum qilishicha, agar u FIFA prezidentligi uchun saylovlarda mag‘lub bo‘lsa, tashkilot o‘z faoliyatini to‘xtatishi ham mumkin.

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Interfutbol” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Xabardagi yana bir e’tiborga molik jihat – Angliya futbol assotsiatsiyasining Blatterni ham, OFK prezidenti Muhammad bin Hammamga ham saylovlarda ovoz bermasligi.

    “Futbol-Ekpress” gazetasida esa Okeaniya Futbol Konfederatsiyasi saylovda Blatterni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgani aytilgan xabar e’lon qilingan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Gazetada, shuningdek, “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Gennadiy Gennadyevich bilan suhbat chiqqan. “Bugungi kunda Yevropaning aksariyat klublari 4-3-3 sxemasiga o‘tmoqda. Bizning jamoalarda shunday vazifalarni amalga oshirish uchun ijrochilarning saviyasi yetarli darajadami?”, deb berilgan savolga murabbiy O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolga e’tibor qaratayotganini ta’kidlagan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Akramov zo‘rmi yoki Abramov?” sarlavhali maqolada O‘zbekiston terma jamoasini 1994-yilda Osiyo o‘yinlari g‘olibi qilgan Rustam Akramov hamda 2011-yilga Osiyo Kubogida terma jamoani yarim finalga olib chiqqan Vadim Abramov solishtirilgan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Maqoladagi e’tiborga molik iqtibos, jumladan, shunday: “Hozir Vadim Abramov terma jamoamiz tarixida eng omadli murabbiylardan biri sifatida tilga olinmoqda. Chindan ham u ilgari misli ko‘rilmagan ishni amalga oshirib, vakillarimizni qit’a chempionatining yarim finaliga olib chiqdi”.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Jahon va Osiyo chempionatlarining saralash uchrashuvlari, Osiyo Kubogi va Osiyo o‘yinlarida o‘tkazilgan bahslar inobatga olingan statistikaga ko‘ra, Rustam Akramov o‘z davrida 7 ta o‘yinning barchasini yutgan. Abramov esa 6 o‘yindan 3 tasini yutib, 2 ta mag‘lubiyat hamda 1 marta durang o‘ynagan.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Futbol yangi inqilob bo‘sag‘asida – FIFA futbol qoidalariga o‘zgartirish xususida muhokama yuritishni boshlagan. Kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlardan bugungi kunda barchaga ma’lum bo‘lib ulgurgani – gol kiritilgani borasida muammo yuzaga kelgan mahalda uni aniqlash uchun zamonaviy texnologiyadan foydalanish.

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    “Futbol-Ekspress” gazetasining 2011-yil 17-may sonidan lavha

    Barchaga ma’lum, bugungi kunda aksariyat musobaqalarda gol bo‘lgani haqidagi ma’lumot hakamning qo‘l soatiga keladi. Shuningdek, qo‘shimcha bo‘limlarda yana bitta zaxira almashtirishga ruxsat berish va o‘yinlarga ayol hakamlarni ko‘proq jalb qilish takliflari ham hozir kunda amalda.

    17.05.2022, 12:30   Izoh (0)   9110
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sadio Mane “Oltin to‘p”ga ehtimoliy da’vogarlar reytingida Muhammad Salohni ortda qoldirdi. Benzema hamon peshqadam

    17.05.2022, 11:57

    Bundesligada 2021/22-yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

    17.05.2022, 10:39

    A Seriya. “Yuventus” “Latsio”ga qarshi o‘yinda 95-daqiqadagi gol tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    17.05.2022, 02:31

    APL. “Arsenal” safarda mag‘lubiyatga uchrab, o‘zi uchun YChL yo‘llanmasi masalasini qiyinlashtirdi

    17.05.2022, 01:54

    “Bunyodkor”ning shonli davri, La Ligaga ketish imkoniyatini yo‘qqa chiqargan taqiq, Eto’Oga sovg‘a qilingan Ferrari. Mirjalol Qosimov bilan katta intervyu

    16.05.2022, 23:50

    Superliga. “Lokomotiv” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi, “OKMK” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni yenga olmadi

    16.05.2022, 21:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.