“PSJ” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 37-turi doirasida “Monpelye”ga qarshi kechgan bahsda (0:4) ikkita golli uzatma va bitta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Mbappe joriy mavsum “PSJ” klubi va Fransiya terma jamoasining 71 ta golida qatnashdi. Bu borada 23 yoshli futbolchi fransuz futbolchilarining XXI asrdagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Kilian mavsumdagi sermahsullik borasida 2002/03-yilgi mavsumda “gol+pas” tizimida 68 ochko to‘plagan Tyerri Anrini ortda qoldirdi.
Mbappe Liga 1 joriy mavsumida 34 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)