Qariyb bir yil avval, 2021-yilning aprel oyida O‘zbekiston maxsus GSP+ preferensiyalar tizimiga qo‘shilgan edi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ma’lumotiga kura, buning natijasida O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropaga eksport qilish hajmi 56 foizga oshdi.
GSP+ tizimi O‘zbekiston uchun Yevropa Ittifoqiga bojxona bojlarisiz 3000 ta va kamaytirilgan stavkalar bo‘yicha 3200 ta tovarni eksport qilish imkoniyatini yaratgan edi. GSP+ orqali esa bojxona to‘lovlarisiz 6200 ta tovarni olib o‘tish imkoniyati paydo bo‘ldi.
GSP+ ishtirokchisi sifatida O‘zbekiston standart GSP sxemasidan ko‘ra ko‘proq qo‘shimcha iqtisodiy manfaatlarni oladi. Ya’ni Standart GSP liniyasining 2/3 qismi mahsulotlar lineykasi bo‘yicha tariflar bekor qilinadi.
Ma’lum qilinishicha, GSP+ sxemasidan bugungi kunda 9 ta davlat foydalanmoqda, MDH davlatlaridan yana Armaniston va Qirg‘iziston ham benefitsiar hisoblanadi.
GSP+ sxemasi qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Masalan, mamlakat inson huquqlari, ekologiya, mehnat huquqlari, samarali boshqaruvga oid 27 ta Xalqaro konvensiyalarni samarali bajarish majburiyatini oladi.
Izoh (0)