Fransuz oshxonasiga tegishli oson va tez tayyorlanadigan shirinlik retsepti bilan o‘rtoqlashamiz.
Kerakli mahsulotlar:
- tabiiy yogurt — 250 g;
- un — 450 g;
- shakar — 400 g;
- o‘simlik yog'i — 150 g;
- tuxum — 3 ta;
- ichimlik sodasi — 1/2 paket;
- vanil shakari — 15 g;
- shakar kukuni.
- Pechni oldindan 200 darajaga qizdiring.
- Yogurtni katta idishga soling. Unga qolgan barcha mahsulotlarni qo‘shing va bir tekis massa hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiring.
- Pech patnisini sariyog‘ bilan yog‘lang. Tayyor aralashmani patnisga solib, 25-30 daqiqa pishirishga qo‘ying.
- Tayyor tort ustiga shakar kukuni seping.
Izoh (0)