Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Farg‘ona viloyati faollari bilan uchrashmoqda, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.
“Men uzoq yillar davomida viloyat hokimi bo‘lib ishlagan bo‘lsam faqat paxta bilan shug‘ullanar edik. Raqamlarda ham turli noaniqliklar ketar edi. Tizim shunday edi o‘sha davrlarda. Men prezident bo‘lib kelgan kunlarimdayoq kambag‘allikni e’lon qilganimda hech kim ishonmadi-ku”, — deydi prezident.
Davlat rahbari bundan buyon barcha narsa o‘z qo‘limizda ekanini aytdi.
“Men nega Farg‘onaga keldim? Farg‘onaning mehnatkash, samimiy va mard xalqi bor. Ular bilan qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar bor. Menga ko‘pchilik nega odamlar bilan ko‘p gaplashishim haqida so‘raydi. Qaysi hududga borsam ham tinglashni yoqtiraman, 10-15 daqiqa davomida tinglayman. Odamlar bilan gaplashib, haqiqiy holatni bilgim keladi”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh (0)