• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    “Hindistonda ommaga sigirni yeyish mumkinligini tushuntira oladigan kuchli siyosatchi yo‘q”. Mamlakatni o‘zgartirgan, qo‘riqchilari tomonidan o‘ldirilgan Hindistondagi ilk bosh vazir ayol — Indira Gandi

    Mamlakati uchun qilgan xizmatlari haligacha e’tirof etib kelinadigan Indira Gandi sharq ayollaridagi o‘ziga xoslik va sinoatni tushunishga qilingan urinishlar o‘xshash-u, ayni vaqtda bir-biriga tamoman zid talqin qilinish mumkinligining isboti. “Daryo” “Tarixda qolgan ayollar” ruknida xalqining qalbidan joy olish bilan birga, ayrimlarning nafratiga sabab bo‘lgan, Hindiston tarixidagi ilk bosh vazir ayol — Indira Gandining hayot yo‘liga nazar tashlaydi.

    Siyosiy mahbuslarning ilmga chanqoq farzandi

    Indira Gandining bolaligi

    Indira Gandining bolaligi
    Foto: Getty Images

    Aksariyat hollarda familiyasining o‘xshashligi bois Mahatma Gandi bilan qarindosh, deb yanglish o‘ylanadigan Indira 1917-yil 19-noyabrda, Hindistonning Ollohobod shahridagi siyosatchilar oilasida dunyoga keladi. Otasi Javaharlal Neru Hindistonning bo‘lajak birinchi vaziri, bobosi Motilal Neru bo‘lsa Hindiston Milliy kongressining boshlig‘i, onasi Kamala ashaddiy repressiyalarni boshdan kechirgan faollardan edi. Bunday oila va muhitda o‘sib-ulg‘aygan qizaloq siyosatga qiziqmasligi, keyinchalik boshqa sohada faoliyat yuritishi mumkin emasdi.

    Indira bolaligidan zamonasining eng millatparvar, aqli raso kishilari bilan bir davrada bo‘lgan, mag‘zini chaqishga yoshi kichiklik qilsa-da, ularning suhbat-u mulohazalari ong ostiga singib, keyinroq o‘zini namoyon qila boshlagan. Dastlab uyda ta’lim olgan qizaloq keyinchalik o‘qishni Santiniketan universitetida davom ettirishga qaror qiladi. Yolg‘iz farzand bo‘lgani uchun hech nimadan kam bo‘lmay ulg‘aygan Indira, qolaversa, butun millatning hayoti uning ota-onasi bilan bog‘liq vaziyat sabab tubdan o‘zgarib ketadi.

    Indira Gandining bolaligi

    Indira Gandining bolaligi
    Foto: Getty Images

    Hammasi taqdirning zarbasi-yu, otasining qamoqqa tushishi bilan boshlanadi. Erkka intilgan odamning jismi qafasga solingani bilan, uning qalbi va tafakkurini asir qilib bo‘lmaydi. Xuddi shuning singari Neru zindonda ekaniga qaramay, qiziga mamlakatning kelajagi haqida qayg‘ulari bitilgan, tajriba va qarashlari aks etgan ko‘plab maktublarni yuborishni kanda qilmaydi.

    Avvaliga ma’rifatga chorlovchi ruhdagi nutqlar so‘zlashning o‘zi bilan kifoyalangan onasi va boshqa faol ayollar, turmush o‘rtoqlari qamoqqa olinganidan keyin yanada faollashish kerakligini anglab yetadi. Indiraning onasi boshchiligidagi Ollohobod ayollar harakati ommani qo‘l qovushtirmaslikka chorlaydi. Natijada hukumatning taqiqlariga qaramay, xizmatkorlar, fabrika xodimlari va kambag‘al ayollardan tortib talabalar, o‘ziga to‘q uy bekalari hamda aktrisalar ham namoyishga chiqa boshlaydi. Bir yoqadan bosh chiqargan Ollohobod aholisining inglizlarning do‘koniga kirmaslikka, faqat hindlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilishga qilgan qarorlaridan keyin Britaniyaning Hindistondagi savdo-sotiq ishlari kasodga uchray boshlaydi. Ammo bu “erk berilgan” o‘zboshimchalikka bir zumda yakun yasaladi. Bir yilga bormay qo‘lga olinib, ozodlikdan mahrum qilingan Kamala bu haqida gap ketganda: “Turmush o‘rtog‘imning izidan borayotganimdan bag‘oyat xursandman va bundan faxrlanaman”, — deydi.

    Saridagi siyosiy mahbuslar, ya’ni ayollar Hindiston uchun qandaydir kutilmagan yangilik edi. Millatning ertasiga befarq bo‘lmagani va turmush o‘rtog‘ini qo‘llab-quvvatlagani ortidan zax bosgan zindonda jazo o‘tashga mahkum bo‘lgan ayollar qatori Kamalaning salomatligida ham bir qancha muammolar kelib chiqa boshlaydi. Buning oqibatida oradan 5 yil o‘tib u Shveytsariyadagi davolanish jarayonida hayotdan ko‘z yumadi. Muammo va qiyinchiliklardan holi bo‘lmagan hayot ostonasida turgan bo‘lajak siyosatchi, onasi bilan birga yoshligini ham erta yo‘qotgandi.

    Indira Gandining yoshligi

    Indira Gandining yoshligi
    Foto: Getty Images
    Ayriliq azobining naqadar og‘riqli ekaniga qaramay, o‘zida kuch topishi va vaqtni boy bermaslik kerakligini tushunib yetgan Gandi Oksfordda o‘qishni davom ettirishga qaror qiladi. Siyosatshunoslik, tarix va iqtisodiyotni yaxshi o‘zlashtirgan qizning universitetga birinchi urinishidayoq qabul qilinmasligiga lotin tilini bilmasligi sabab bo‘ladi. O‘qish bahonasida Yevropadan qo‘nim topgan Gandining vatanga qaytish bilan bog‘liq qaroriga Ikkinchi jahon urushining boshlangani turtki bo‘ladi. Uyga qaytish uchun Janubiy Afrika bo‘ylab uzoq yo‘l bosib o‘tishiga to‘g‘ri keladi va aynan shu yerda ilk bor o‘zining siyosiy nutqini so‘zlaydi.

    Ayol kishi qanday rahbar bo‘ladi?

    Indira Gandi otasi bilan

    Indira Gandi otasi bilan
    Foto: Getty Images

    1947-yilning 15-avgust kuni nafaqat butun Hindiston, balki shu kunlarni intiqib kutgan Javaharlal Neru uchun ham quvonchga boy kun bo‘ladi. Neru mustaqillikka erishgan Hindistonda yangi hukumat rahbari sifatida ish boshlaydi, qizi esa unga kotiblik qiladi. Bu uning siyosiy zinapoya boshlab tashlangan ilk odimi edi. Keyinroq 1955-yilda Hindiston Milliy Kongressi ayollar tashkiloti rahbari sifatida faoliyat yurita boshlaydi. 1964-yilda otasi Javaharlal Neru vafot etgach mamlakatning yangi bosh vaziri Lal Bahodur Shastri uni axborot va radioaloqa vaziri etib tayinlaydi. Shastrining vafotidan so‘ng, 1966-yilning 19-yanvarida esa uning o‘rniga yangi vazir bo‘ladi.

    Isroilda Golda Meir, Buyuk Britaniyada Margaret Tetcher — umuman XX asrni ayollarning siyosatga kirib kelish davri deb atasa bo‘ladi. Boshqa mamlakatlar o‘z yo‘liga, ammo hindlar hukumat tepasiga ayol kishi kelishini qanday qabul qilgandi? Shu vaqtgacha bunday holat kuzatilmagani, qolaversa eski urf-odatlardan kelib chiqib bu hammani xursand qilgan, deb bo‘lmaydi. Sarosimaga solganiga qaramay, bir narsa aniq edi — fuqarolar vatani uchun jonini qurbon qilishga shay bo‘lgan insonning qizi kamida uchalik bo‘lishiga ishonar, otasichalik jonkuyar bo‘lishiga umid qilardi. 49 yashar Indira shunday qilib bosh vazir lavozimini egallagan tarixdagi ikkinchi, Hindiston, yanayam aniqrog‘i sharqdagi birinchi ayolga aylanadi.

    Foto: Getty Images

    Siyosiy karyerasining boshidayoq unga eng asosiy lavozimlarni egallabgina qolmay, hind jamiyatining madaniy qatlamlarini birlashtirishi mumkin bo‘lgan istiqbolli liberal sifatida qaralgan. Hukmronligi davrida sanoat rivojlanadi, banklar milliylashtirilib, qishloq xo‘jaligi sohasida ham katta muvaffaqiyatlarga erishiladi. 1971-yilda hindlarning “temir xonimi” parlament saylovlarida yutib chiqadi. Lekin Pokiston bilan yuzaga kelgan urush sabab vaziyat keskin yomonlashadi. Bu esa o‘zaro ichki milliy nizolarning ortishi, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni esa aksincha pasayishiga sabab bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Qilgan islohotlarning hammasini ham muvaffaqiyatli emasdi. Masalan, mamlakatdagi kambag‘allikning asosiy sabablardan biri hisoblangan tug‘ilish soni bilan bog‘liq holatni to‘xtatishga qilgan urinishi ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ladi. 1975-yilda Oliy sud 1971-yildagi saylovlarda qonunga xilof ish tutganlikda ayblab Indiraning iste’foga chiqishini talab qildi. Ammo Gandi favqulotda holat e’lon qilgancha vaziyatga yechim topadi.

    Bu vaqtda Hindiston iqtisodiyotida yanada ijobiyroq natijalar qayd etilish bilan birga, ichki nizolarga ham deyarli nuqta qo‘yiladi. Ammo buning badali osonlik bilan to‘lanmaydi. Oppozitsion nashrlar faoliyatining to‘xtatilishi uning imijga ta’sir qilmay qolmaydi. Siyosatchi karyerasi davomida bir necha marta keskin qaror qabul qilgan va kezi kelganda qahri qattiqlik bilan ish tutgan. 1977-yili parlamentning navbatdagi saylovlari u uchun omadsiz kelganining boisi ham shunda.

    Ammo vaqt o‘tib u asta-sekinlik bilan yo‘qotgan hurmatini nisbatan tiklashga erishadi, xalq unga qayta ishonadi. 1978-yilda yangi partiyaga asos solib, 1980-yilda takror mamlakatning bosh vaziri bo‘ladi. Shu yili Hindiston va Xitoyning elchilik aloqalari tiklanadi. savdo aloqalari rivojlanadi.

    Stereotiplarga qaramay qilingan shaxsiy tanlov

    Indira va Feroz Gandi

    Indira va Feroz Gandi
    Foto: Getty Images

    Hindlarda tabaqalanish avj olganiga qaramay, Yevropa havosidan nafas olib ulg‘aygan Indira bu hayotda odam hamma shunday qilgani uchungina emas yuragiga quloq solib yashash kerakligini yaxshi bilardi. Shuning uchun ham u 1942-yilda ehtimoli yuqori bo‘lgan muhokama va e’tirozlarga qo‘l siltagancha, bir vaqtlar Angliyada tanishgan, boshqa kastadagi Feroz Gandi bilan oila quradi. Shaxsiy hayoti bilan bog‘liq tanlov qilishga har kimning haqqi bor ekanligiga qaramay, ushbu “qilmishi”dan keyin u asrlar davomida avloddan-avlodga o‘tib kelgan mamlakatdagi odatlarga “tupurish” va mensimaslikda ayblanadi.

    Ammo bu uning turmush o‘rtog‘i bilan o‘zaro munosabatlariga zarracha ta’sir qilmaydi. Birin-ketin farzandli bo‘lgan Indira faqatgina ona bo‘lishning o‘zi bilan kifoyalangisi kelmaydi. Asosiy vaqtini davlat ishlariga ajratadi va otasi vazir vaqti uning xorijdagi barcha safarlariga hamrohlik qiladi. O‘g‘illari bo‘lsa bolaligining asosiy qismini bobosining uyida o‘tkazadi. Hind ayolining siyosatga aralashib, xorijma-xorij yurganini jamiyatining ayrim konservativ vakillari hech ham hazm qila olmaydi.

    Kambag‘allikka radikal kurash, sikxlarning alamli qasosi

    Foto: Getty Images

    Indirada mujassam bo‘lgan qat’iyat va jura’t 1960-yil turmush o‘rtog‘i vafotidan keyingi ayriliq fonida yanada alanga oladi. Sovuqqonlik, hissiyotlarni nazorat qilish san’ati milliy muammolar urchigan o‘choqlarga tashrifi, doimiy ravishdagi xavf bilan yuzma-yuz kelgani sari tobora mustahkamlanadi.

    Hindistondagi kambag‘allikni yengishni uddasidan chiqqan, buning uchun ba’zida radikal chora qo‘llagan xonim, kuchli fe’l-atvor va egilmaydigan iroda sohibasi ekaniga qaramay, oilasida hokimiyatdagichalik qattiqqo‘l bo‘la olmaydi. O‘g‘li Rajiv uning qarshiligiga qaramay, italiyalik Sona Mayno bilan turmush quradi.

    Oilam va davlatga uzoq yillar xizmat qildim va endi boshqa bir hayotni yashashni istayman. Ammo, ehtimol men bunga majbur emasman.

    Indira Gandining Oksforddagi kursdoshi Doroti Normanga yozgan maktubidan

    1980-yili avtohalokatda vafot etgan boshqa bir farzandi Sanjay bo‘lsa, doimiy ravishda siyosiy mashmashalarning markazida bo‘ladi. Umrining so‘nggi yillarini mamlakatning xalqaro arenadagi mavqeyini yaxshilashga sarflagan Gandining hayoti fojiali yakun topadi. U sikxlarning “yuqoridagilar”dan olmoqchi bo‘lgan qasosi tufayli o‘ldiriladi.

    Tarixdagi istalgan jiddiy epizod singari sikxlar bilan bog‘liq mojorolarning ildizi ham bir necha asr oldinga borib taqaladi. Soddaroq tushuntirganda islom va hinduizmning elementlaridan tashkil topgan monoteistik din hisoblangan sikxizm Hindistonning sharqiy qismida bundan taxminan 600 yil avval paydo bo‘lgan. E’tiqod qiluvchilarning qarashlari janub va shimoldagi qo‘shnilaridan keskin farq qilmaganiga qaramay, xuddi boshqa istalgan etnokonfessional guruhlar singari qaysidir lahzada ular ham o‘z davlatlarini shakllantirishni istab qoladi.

    Indira Gandining dafn marosimi

    Indira Gandining dafn marosimi
    Foto: Getty Images

    Shu tariqa 1980-yil Hindiston hukumati asosiy qismi Panjobda yashaydigan sikxlar bilan qarama-qarshilik va adovatga boradi. O‘zini-o‘zi boshqarishni, qaram bo‘lmaslikni xohlayotgan sikxlar Amritsardagi Oltin ibodatxonaga joylashib oladi. Albatta, bunga Hindiston hukumati, shunchaki, qo‘l qovushtirib qarab turmaydi. Javob tariqasidagi “Moviy yulduz” deb nomlangan operatsiya doirasida ibodatxonaga hujum qilinadi, oqibatda 500 ga yaqin sikxlar hayotdan ko‘z yumadi.

    Indira Gandining o‘limi esa alamzada sikxlarning o‘sha operatsiyaga javoban qasosi bo‘ladi. Ingliz dramaturgi Piter Istin bilan intervyu uchun oshiqqan Gandi xonimga tirik qolishiga zarracha umid qoldirmaydigan qilib sakkizta o‘q uziladi. Og‘ir revolverdan otilgan 38 kalibrli o‘q nafaqat Gandi, balki u zabt etgan Hindiston aholisining qalblarini ham yaralagandi. 15 yil hukmronlik qilgan Indirani so‘nggi manzilga sikhlar, tamillar yana ko‘p farzandli bo‘lishiga keskin chora ko‘rilgan ayollardan boshqa hamma ko‘z yosh to‘kib kuzatadi. Dafn marosimiga Hindistonning bir millionga yaqin fuqarosi tashrif buyuradi.

    Qarindoshligi yo‘qligi ta’kidlangan “Hindiston otasi” va Indiraning o‘rtasida familiyasidan boshqa yana bir boshqa o‘xshashlik bor — ularning har ikkisi ham millat uchun fidoyi bo‘lgan va buni o‘zi to‘g‘ri deb bilgan yo‘l bilan isbotlagan.

    Otilib chiqadigan, junbushga keltiradigan nutqlari bilan odamlarga ta’sir qila olgan, turli sotsial va siyosiy masalalarga nisbatan keskin mulohazalari bilan mashhur Indira Gandi nozik jins vakillari kuchli irodadan holi bo‘lmasining yorqin isboti edi. Uning taqdiri shunchaki, orzu bilan cheklanmaslik, unga erishish uchun xavfning yuziga tik boqishdan cho‘chimaslik kerakligi, har qanday siyosatchi kamchilikdan holi bo‘lolmasligiga misol bo‘la oladi. Hayoti 2011-yil Buyuk Britaniyada suratga olingan hujjatli filmga asos bo‘lgan ayol tarixda jasorat timsoli sifatida qoladi.

    Iqtiboslari

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mavzuga doir:

    • Josuslikka taklif etilgan, molekulalar olamida parallel yashagan fizik-kimyogar olima, Germaniya tarixidagi ilk kansler ayol — Angela Merkelning oddiy-u, aslida o‘ta murakkab hayot yo‘li
    • “Bizni ayol kishi boshqaradimi?” 45 yil taxtdan tushmagan, ota mehridan mosuvo bo‘lib ulg‘aygan, xalq mehrini qozongan qirolicha — Yelizaveta I kechmishi

    13.05.2022, 14:10   Izoh (0)   77434
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hazillardan “Oskar”gacha: karyerasini stendap bilan boshlagan Gollivud yulduzlari

    Layfstayl | 17 may, 10:50

    Andijonda o‘n kishini hajga jo‘natish uchun 50 ming dollar olgan erkak ushlandi

    O‘zbekiston | 17 may, 10:30

    “Biz urushda g‘alaba qozondik, lekin tinchlikni xohlaymiz” — Pokiston bosh vaziri

    Dunyo | 17 may, 10:13

    Barcha davrlarning eng yaxshi saundtreklari: afsonaviy qo‘shiqlar va nostalgiya hissini uyg‘otuvchi kuylar

    Musiqa | 17 may, 10:00

    Navoiyda 2 mlrd so‘mlik oltinni talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan zavod xodimlari qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:48

    O‘zbekiston 2025—2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 17 may, 09:09

    AQSH hukumati muhojirlar haqida realiti-shou suratga olmoqchi

    Dunyo | 16 may, 23:55

    “Daryo” dayjesti: 16-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 16 may, 23:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.