Baxtiyor Xudayberdiyev Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.
Qayd etilishicha, Baxtiyor Xudayberdiyev mazkur lavozimga 2021-yil tayinlangan. Ungacha lavozimda Ravshan Erbekovich Umarov ishlab kelayotgan edi.
Avvalroq Farg‘onaning Uchko‘prik tumani hokimi Navoiy hokimiga o‘rinbosar bo‘lgani, Shuxrat Rasulov “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi rahbari etib tayinlangani, Mirakbar Rahmonqulov prezident maslahatchisiga o‘rinbosar bo‘lgani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)