2022-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra Toshkent shahrida doimiy aholisi soni 2 million 879 ming 800 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda poytaxt statistika boshqarmasiga tayanib, Toshkent shahar hokimligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, aholi soni 2022-yil boshidan 17,4 ming kishiga yoki 100,6 foizga ko‘paygan. Shundan:
- erkaklar soni 1 411 800 kishini,
- ayollar soni 1 468 000 kishini tashkil etdi.
Eng kam aholi soni Yakkasaroy tumanida – 124,6 ming kishi (4,3 foiz) va Bektemir tumanida – 51,8 ming kishi (1,8 foiz)ga to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 million kishini tashkil etmoqda. Doimiy aholining 17 607 934 nafari ayollar, 17 825 838 nafari erkaklardir. 1 kilometr kvadrat yer maydoniga o‘rtacha 78,9 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.
Izoh (0)