• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Shimoliy Koreyada pandemiya boshidan beri ilk bor COVID-19 bilan kasallanish holati tasdiqlandi

    Shimoliy Koreyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Yonhap Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 8-may kuni Pxenyandagi bemorlardan test olingan, natijalar omikron shtammi bilan kasallanish holatini ko‘rsatgan.

    Shundan so‘ng respublika hukumati “maksimal favqulodda vaziyat” uchun virusni nazorat qilish tizimi joriy etilishini e’lon qildi. Keyin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Siyosiy byuro yig‘ilishini o‘tkazib, virus tarqalishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishga va chegara nazoratini kuchaytirishga chaqirdi.

    Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati Shimoliy Koreya hukumatiga COVID-19 ga qarshi kurashda gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

    Pandemiya boshlanganidan beri Pxenyan biror marta mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari haqida rasman xabar bermagan. Biroq 2020-yil iyul oyida Markaziy telegraf agentligi mamlakatda COVID-19 borligi taxmin qilinayotgani haqida xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, virusni yuqtirganlar KXDR chegarasini “noqonuniy ravishda kesib o‘tgan” bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng Kim Chen In hukmron Ishchilar partiyasi Siyosiy byurosining favqulodda yig‘ilishini chaqirgan. Kasallangan odam bilan aloqada bo‘lganlarning barchasi karantinga olingan.

    Virus kirib kelishining oldini olish maqsadida 2020-yil yanvar oyida Shimoliy Koreya hukumati xorijliklar va o‘z fuqarolari uchun quruqlik, dengiz va havo chegaralarini yopdi, shuningdek, mamlakat ichida harakatlanishga qattiq cheklovlar kiritdi. O‘sha yilning fevral oyidan qator davlatlarning elchixonalari yopila boshladi, diplomatlar mamlakatni tark etdi. Bundan tashqari, dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat tufayli KXDR 2021-yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.

    2021-yil oktabr oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mamlakatga COVID-19 ga qarshi dori vositalari yetkazib berishni boshladi. Koronavirusga qarshi vaksinalarga kelsak, 2021-yili GAVI xalqaro assotsiatsiyasi (BMT, JSST, UNICEF va boshqa xalqaro institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan alyans) KXDRga 1,7 million doza vaksina yetkazib berishni rejalashtirgan edi. Biroq Pxenyan dorilarning samaradorligiga shubha bilan qaradi, nojo‘ya ta’sirlar uchun javobgarlikdan voz kechish to‘g‘risidagi hujjatni imzolamadi va GAVI xodimlarini mamlakatga kiritishni istamadi. 2021-yil iyul oyida “Amerika Ovozi” manbalarga tayanib, vaksina bo‘yicha muzokaralar Shimoliy Koreya kelishuvga rioya qilmagani sababli to‘xtab qolganini xabar qildi.

    Mavzuga doir:

    • Shimoliy Koreyada karantin qoidalarini buzgan erkak omma oldida otib o‘ldirildi
    • Shimoliy Koreya “g‘alati narsalar”dan koronavirus yuqish xavfi haqida ogohlantirdi

    12.05.2022, 13:41   Izoh (0)   8258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Yaqin orada tinchlikka erishish imkoniyati yo‘q”. BMT bosh kotibi Ukraina—Rossiya muzokaralari haqida

    12.05.2022, 13:17

    Ijtimoiy tarmoqlar, mobil ilovalar, seriallar va boshqalar — ingliz tilini bepul, tez va oson o‘rganishning o‘nlab yangi usullari

    12.05.2022, 13:05

    Xitoy aeroportida yo‘lovchilar o‘tirgan samolyot yonib ketdi, 40 kishi jabrlandi (video)

    12.05.2022, 11:18

    Tailand hukumati aholiga uyda yetishtirish uchun 1 mln tup kannabis tarqatadi

    12.05.2022, 10:11

    Ugandada Sharqiy Afrikadagi birinchi AES quriladi

    12.05.2022, 06:11

    Politico: Yevropa Komissiyasi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tishni jinoyat deb hisoblamoqchi

    11.05.2022, 22:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.