O‘zbekistonda 12-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:27 da zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda FVV seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Qayd etilishicha, zilzila epimarkazi Toshkentdan 411 kilometr janubi-g‘arbda (Surxondaryo viloyati Boysun tumani) joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 6 ga teng bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 38,03 gradus shimoliy kenglik; 66,89 gradus sharqiy uzunlik.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida — 4-5 ball;
- Qashqadaryo viloyatida — 4 ball;
- Samarqand viloyatida — 3-4 ball;
- Jizzax viloyatida — 3 ball;
- Navoiy viloyatida — 3 ball;
- Buxoro viloyatida — 3 ball;
- Sirdaryo viloyatida — 3 ball;
- Toshkent viloyatida — 2-3 ball;
- Toshkent shahrida — 2-3 ball;
- Farg‘ona viloyatida — 2 ball.
Izoh (0)