O‘zbekistonga yanvar—mart oylarida xorijdan qiymati 2,1 million dollarga teng bo‘lgan 3,3 ming tonna apelsin import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, apelsin importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming tonnaga oshgan. O‘zbekiston 2022-yilning dastlabki 3 oyida eng ko‘p apelsinni Erondan import qilgan — 1,4 ming tonna. To‘liq ro‘yxat quyida:
- Turkiya — 1,1 ming tonna;
- Misr — 684,4 tonna;
- Qozog‘iston — 82 tonna;
- JAR — 56 tonna;
- Rossiya — 7,6 tonna.
Izoh (0)