Vazn yo‘qotish uchun shirin, yog‘li, sho‘r, go‘sht, soya iste’mol qilmaslik yoki umuman ovqatlanmaslik kerak: ba’zi odamlar shunday xulosaga kelgan, ammo bu umuman to‘g‘ri emas. Ozish uchun ovqatlanish kerak, faqat oqilona yondashuv va sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilgan holda.

Ammo och qolish orqali vazn kamaytirishga qaror qilinganda, organizm stressga duchor bo‘ladi, chunki kutilmagan holat yuzaga keladi. Odatda ma’lum vaqt oralig‘ida keladigan oziq-ovqat endi kelmaydi. Wday nashri ochlik vaqtida organizmda ro‘y beradigan noxush holatlar va ularning xavfli oqibatlari haqida ma’lum qildi.

Foto: Pinterest

Kognitiv qobiliyatning pasayishi

Ochlik tufayli nafaqat oqsil va yog‘lar, balki uglevodlarni ham rad etiladi. Uglevodlar esa miya uchun asosiy energiya substratini tashkil qiladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, ertalab, tushdan keyin va kechqurun uglevodlarsiz miya to‘qimalarida ochlik boshlanadi. Natijada xotira yomonlashadi, biror narsa haqida o‘ylash yoki muammolarni hal qilish qiyinlashadi. Bundan tashqari, tez-tez charchash kuzatiladi.

Vitamin va minerallar almashinuvining buzilishi

Ayniqsa, bu holat mono-parhezni sevuvchilar orasida tez-tez uchraydi, ammo bu och qolib vazn kamaytiradiganlarda ham keng tarqalgan muammo. Buni tashqi tomondan qanday aks ettirish mumkinligini ko‘rsatish uchun shuni misol qilish mumkin. Sut yoki sut mahsulotlarini rad etish tish emalini yo‘qolishga olib keladi, ya’ni tishlar harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirdan himoyasiz qoladi. Yana bir yorqin misol — soch to‘kilishi. Oziqlanishning yetishmasligi sochlarning tuzilishiga ham, o‘sishiga ham ta’sir qilishi mumkin. Bu vazn yo‘qotish yoki protein iste’molini kamaytirishning asosiy ko‘rinishlaridan biridir.

Metabolik kasalliklar

Ochlik bilan vazn tashlash nafaqat tashqi, balki ichki tomondan ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Ya’ni ko‘plab ichki organlar ochlikdan aziyat chekadi: jigar, yurak va buyraklar. Oqsil, yog‘ va minerallarning yetishmasligi tufayli metabolik kasalliklar yuzaga keladi. Misol uchun, tuz ratsiondan butunlay chiqarib tashlansa, uning muvozanati buziladi. Organizmdagi hamma narsa o‘zaro bog‘liqdir.

Shuningdek, uzoq muddatli och yurish gastritga olib kelishi mumkin. Buning sababi shundaki, oshqozonga ovqat kirmaydi, lekin uni ko‘rish va hidlash — bularning barchasi oshqozonda me’da shirasining ajralib chiqishini rag‘batlantiradi. Oshqozon oziq-ovqat ta’minlanmaganligi sababli, bu shira oshqozon devorlarini korroziyaga olib keladi, ya’ni o‘z-o‘zidan hazm qilish sodir bo‘ladi. Bu keyinchalik Barrett sindromi, asta-sekin onkologik kasallikni keltirib chiqaradi.

Agressivlik yoki tushkun kayfiyat

Ochlik — ayniqsa, atrofdagi hamma narsaga ruxsat berilganda o‘zni cheklashga majbur bo‘lish juda qiyin. Aynan ovqatdan bosh tortishda ba’zi odamlarning kayfiyati pasayadi, ba’zi hollarda odamlar, aksincha, juda jahldor bo‘lib qolishi mumkin. Bundan tashqari, uglevodlar yetishmasligi va oziq-ovqat iste’mol qilishning taqiqlanishi va doimiy ochlik hissi qiynaydi.

O‘z-o‘zini hazm qilish

Och qolish natijasida yog‘lar eriydi. Natijada organizm qolgan oqsilni hazm qilishni boshlaydi va bu mushaklarni o‘z ichiga oladi. Aytaylik, organizm o‘z-o‘zidan hazm bo‘ladi. Ushbu jarayonni qayta tiklash juda qiyin. Gap shundaki, anoreksiya tashxisi qo‘yilgan odamni ovqat yeyishga majburlab bo‘lmaydi. Bu hafta yoki oylab emas, balki yillab davom etadi. Inson iste’mol qilish kerakligini bilsa-da, uning organizm ozgina ovqatni ham o‘zlashtira olmaydi.

Nazariy jihatdan, tibbiy ochlik jarayonining o‘zi, ba’zi hollarda, muayyan kasalliklar uchun samarali vositadir. Bu oson jarayon emas: terapevtik ochlikning ta’siri maksimal bo‘lishi uchun uni to‘g‘ri amalga oshirish kerak. Shunga qaramay, bularning barchasi mutaxassislar — diyetolog, endokrinologlar, hatto psixologlar tomonidan nazorat qilinadi. Shuni unutmangki, bu individual yondashuv.

Xulosa qilib aytganda, ochlik bilan vazn kamaytirish mumkin emas. Unda yo‘qolgan barcha kilogrammlar qaytib keladi va ba’zi hollarda jiddiy kasalliklar paydo bo‘ladi. Natijada yuqorida sanab o‘tilgan oqibatlardan biri sizda ham kuzatilishi mumkin. Shuning uchun shifokor bilan maslahatlashmasdan ushbu amaliyotni boshlash tavsiya etilmaydi.