Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Finlyandiya va Shvetsiya rasmiylari NATOga a’zo bo‘lish uchun bir vaqtning o‘zida ariza berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi Finlyandiyaning yirik Helsingin Sanomat gazetasi manbalarga tayanib. Bu keyingi haftada bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Nashrning yozishicha, Finlyandiya rasmiylari ariza bo‘yicha 15-may, yakshanba kuni rasman qaror qabul qiladi. Xuddi shu kuni Shvetsiyaning hukmron Sotsial-demokratik mehnat partiyasi tomonidan ham shunday qadam e’lon qilinishi kutilmoqda.

Helsingin Sanomat xabariga ko‘ra, qo‘shma ariza mamlakatlar o‘rtasidagi kelishuv belgisi va bir-birini himoya qilish istagi sifatida ko‘rilmoqda va bu yirik media hodisasi bo‘ladi.

Agar o‘sha kuni ariza topshirishning iloji bo‘lmasa, davlatlar buni imkon qadar qisqa vaqtda bajarishga harakat qiladi, deyiladi xabarda.

Neytral maqomga ega Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishi Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin faol muhokama qilina boshladi. Mamlakatlar alyansga a’zolik uchun yozda ariza topshirishi mumkinligi xabar qilingandi. Shu bilan birga Shvetsiya hukmron partiyasining bir qismi mamlakatning NATOga kirishiga qarshi. AQSH mazkur ikki davlat NATO tarkibiga kirsa, ularning xavfsizligini ta’minlashga tayyorligini bildirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi