• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Qudratli Shayx Moza: qanday qilib isyonchining qizi Sharqning “qalblar malikasi” va moda timsoliga aylandi?

    Shayx Moza Sharq ayollari haqidagi barcha stereotiplarga qarshi tura oldi. Marie Claire nashri u qanday qilib eridan ustun bo‘lganini, moda timsoliga aylangani va butun dunyo bo‘ylab 10 million bolani saqlab qolgani haqida hikoya qiladi.

    Foto; Getty Images

    So‘nggi yigirma yillikda Qatar eng liberal arab davlatlaridan biriga aylandi. Bu o‘zgarishlar, ayniqsa, qatarlik ayollarning mavqeyiga ta’sir ko‘rsatdi – endi ular ovoz berish, mashina haydash va qo‘shni musulmon davlatlariga qaraganda erkinroq kiyinish huquqiga ega bo‘ldi. Ta’lim olishga ruxsat berilgani tufayli hukumatda yuqori lavozimlarni egallagan erkaklar bilan raqobatlasha oladilar. Bugungi kunda hatto Qatar Vazirlar Mahkamasida ham ayollar bor. Mamlakatning bu ajoyib o‘zgarishi ortida esa nafaqat erkak hukmdor, balki uning ajoyib rafiqasi Shayx Moza ham turibdi.

    “U (ayollar uchun) eshiklarni ochdi”, — deydi yaqinda Qatar universitetini xalqaro siyosat yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan 22 yoshli Maryam al-Dafa. “Qatar 20 yil oldin butunlay boshqacha edi. Ilgari erkaklar ham o‘qiydigan universitetga hujjat topshirgan ayol haqida yomon fikrda bo‘lishgan. Bu norma emas edi. Endi odamlar qatarlik ayollarni ayanchli ojiza emas, balki yetakchi sifatida ko‘rishadi. Qatarlik ayollar o‘zlarini ko‘rsata olmoqda va jamiyat o‘zgara boshladi”, — deya qo‘shimcha qiladi u.

    Shayx Moza butun arab dunyosida modernizatsiya va tenglik uchun kurashuvchi kuch sanaladi. Shuning uchun 2007-yilda Forbes jurnali uni dunyodagi eng nufuzli 100 nafar ayol ro‘yxatiga kiritdi. U buni qanday amalga oshira oldi?

    Foto: Getty Images

    Surgundagi bolalik

    Moza bintu Nosir 1959-yil 8-avgustda Qatar shimolidagi qirg‘oq bo‘yida joylashgan Al-Xor shahrida tug‘ilgan. Uning otasi muvaffaqiyatli biznesmen va siyosatchi bo‘lib, mavjud tuzumga ochiqchasiga qarshilik ko‘rsatib, mamlakatning barcha aholisi o‘rtasida boylikni adolatli taqsimlashga chaqiradi. Tez orada bunday muxolif gaplari uchun qamashadi. Ammo qamoq ham uni bu yo‘ldan qaytarolmaydi. Aksincha, qamoqda o‘tirganida oliy ma’lumotga ega bo‘ladi. 1964-yilda ozodlikka chiqqandan keyin u oilasini Kuvaytga ko‘chirishga qaror qiladi.

    Qizining shaxsini shakllantirishda aynan ota muhim rol o‘ynadi: u Mozaga nafaqat musulmon urf-odatlarini hurmat qilishni, balki har doim o‘zining eng yaxshi bo‘lishga intilishni o‘rgatdi; doimo rivojlanib, dunyoga keng nigoh bilan boqdi. “Men ta’limning kuchiga ishonadigan oilada tug‘ilganman, — deydi Moza. – Otam barcha farzandlarining ilimli inson bo‘lib ulg‘ayishini xohlardi. U hatto ingliz tilini o‘rganishimiz uchun bizni Buyuk Britaniyaga ham yuborgan”. Bolaligida Moza shifokor bo‘lishni orzu qilgan, ammo keyin u ijtimoiy va siyosiy fanlarga qiziqib qoladi.

    Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuv

    Foto: Getty Images

    Chet eldagi maktabni tugatgach, Moza oliy ma’lumot olish uchun vataniga qaytishga qaror qiladi. Qatardagi talaba qizlarga bo‘lgan munosabatni hisobga olganda, bu xavfli qaror edi. Ammo otasiga munosib qiz bo‘lgan Moza qiyinchiliklardan qo‘rqmaydi. 1977-yilda u Qatar institutining siyosatshunoslik yo‘nalishiga o‘qishga kirdi. Va ko‘p o‘tmay, uning kelajakdagi hayotini belgilab beradigan uchrashuv yuz berdi.

    Aqlli va chiroyli talaba Qatar valiahd shahzodasi Hamad ibn Xalifa al-Tani e’tiborini tortdi. Biroq otalari ashaddiy dushman bo‘lganini hisobga olsak, uning muhabbatini qozonish oson emas edi. Ammo vaqt o‘tishi bilan Moza Hamadning hukmron shayxdan tubdan farq qilishini, yanada ilg‘or qarashlarga ega ekanligini va eskirgan rejimni modernizatsiya qilishni xohlashini tushundi. Umumiy manfaatlar ularni birlashtirdi. Valiahd shahzoda muxolifatchining qiziga turmush qurishni taklif qilganida, u rad eta olmadi.

    Shahzodaning hammaga o‘xshamagan rafiqasi

    Shayx Hamad ibn Xalifa al-Tani va Shayx Moza, 2010-yil

    Shayx Hamad ibn Xalifa al-Tani va Shayx Moza, 2010-yil
    Foto: Getty Images

    Qatar qirollik oilasining a’zosi bo‘lganida, Moza atigi 16 yoshda edi. Keyingi yillarda u saroy odobining barcha nozik jihatlarini o‘rgandi, yettita merosxo‘rni dunyoga keltirdi, hatto Hamadning yana ikkita xotini — kundoshlari bilan do‘stlashdi. Aftidan, Moza butun umrini turmush o‘rtog‘i soyasida o‘tkazishga o‘rgangan musulmon ayollardan biriga aylangan edi. Lekin bunday emasligi tez orada ayon bo‘ldi. Mozaning yetakchilik fazilatlari va aqli unga doim chetda qolishiga imkon bermasdi. Shuning uchun u saroydagi mavqeyini mustahkamlab, soyadan tashqariga chiqa boshladi.

    Dastlab Moza o‘qishni davom ettirdi. U Qatar institutida bakalavr darajasini oldi, shundan so‘ng Hamad ibn Xalifa universitetida davlat siyosati bo‘yicha magistrlik mutaxassisligini muvaffaqiyatli o‘zlashtirdi (keyinchalik u Texas universiteti, Karnegi Mellon universiteti, London Imperial kolleji va Jorjtaun universitetining faxriy doktori unvoniga sazovor bo‘ldi). O‘shanda valiahd shahzoda Mozani boshqa xotinlaridan ajralib turishini payqadi: uning donoligi, jasorati va mehnatsevarligiga qoyil qoldi. Bundan tashqari, Hamad arab oilalari uchun juda g‘ayrioddiy bo‘lsa-da, uning fikrini tinglashni boshladi. Ko‘plab tarixchilar va jurnalistlar Moza 1995-yilda Qatarda sodir bo‘lgan voqealarda muhim rol o‘ynagan deb hisoblashadi.

    Yangi birinchi xonimning debyuti

    Shayx Moza, 2010-yil

    Shayx Moza, 2010-yil
    Foto: Getty Images

    1990-yillarning o‘rtalariga kelib, Shayx Xalifa ibn Hamad al-Soniyning jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi susaydi. Uning o‘g‘li asosiy davlat institutlarini modernizatsiya qilish orqali mamlakatni gullab-yashnatish uchun vaziyatdan foydalanib qolmoqchi bo‘ldi. 1995-yilning yozida shayx Shveysariyaga ta’tilga ketganida, Hamad ibn Xalifa al-Tani o‘zini Qatar hukmdori deb e’lon qildi. Bu davlat tarixida yangi sahifa ochgan “qonsiz to‘ntarish” edi. Keyingi yillarda Hamad ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirdi, yangi konstitutsiyani tasdiqladi va tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalasini hal qildi (Qatarni dunyoda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 90 000 dollardan yuqori bo‘lgan davlatga aylantirdi).

    Hamadning davlat rahbari sifatida qabul qilgan ilk qarorlaridan biri Qatar Ta’lim, fan va ijtimoiy taraqqiyot jamg‘armasi (Qatar Foundation)ni tashkil etish edi. Shayx Moza uning raisi va mafkuraviy ilhomlantiruvchisi bo‘ldi. “Bizda boylik bor, shuning uchun pulimizni bilimga asoslangan jamiyat yaratish uchun ishlatmaslik katta ahmoqlik bo‘ladi”, — dedi u donolik bilan. Uning so‘zlariga ko‘ra, eri uni to‘liq qo‘llab-quvvatlagan. Shayx Moza tabassum bilan: “U uzoqni ko‘ra biladigan odam, — deydi.  — U har doim ta'lim bilan bog‘liq tashabbuslarni ma’qullaydi”. 25 yildan ortiq vaqt davomida shayxning rafiqasi ushbu jamg‘armaga rahbarlik qilib, jamoat tadbirlarida uning manfaatlarini himoya qilib keladi. Uning Qatardagi faoliyati tufayli dunyoga mashhur universitetlarning filiallarini ochish va mamlakatning barcha aholisi uchun ta’lim olish imkoniyatini ta'minlash mumkin bo‘ldi.

    “Qalblar qirolichasi”

    Shayx Moza Sharqdagi harbiy mojarolardan jabrlangan qizlar bilan suhbatlashmoqda, 2012-yil

    Shayx Moza Sharqdagi harbiy mojarolardan jabrlangan qizlar bilan suhbatlashmoqda, 2012-yil
    Foto: Getty Images

    2003-yilda Shayx Mozaning xizmatlari xalqaro maydonda yuqori baholandi va u YUNESKOning asosiy va oliy ta’lim bo‘yicha maxsus elchisi lavozimiga taklif qilindi. Moza mamnuniyat bilan rozi bo‘ldi, chunki u nafaqat o‘z mamlakatiga, balki boshqa xalqlarga ham foyda keltirmoqchi edi. Shayx Moza, shuningdek, EAA (Education Above All) jamg‘armasiga asos solgan bo‘lib, hozirgacha 10 million nafar nochor yoshlarning oyoqqa turishiga yordam bergan.

    Jamg‘arma ishi doirasida Qatar shayxining turmush o‘rtog‘i Uchinchi dunyoning ko‘plab mamlakatlariga tashrif buyurdi. “Yaqinda men Bangladesh, G‘azo sektori va Keniyadagi ta’lim loyihalari bilan tanishdim, — deydi u. — Doimiy ravishda toshqinlar sodir bo‘ladigan va aholisi juda yomon sharoitda yashaydigan Bangladeshda “suzuvchi maktablar” joriy etildi. Ular bolalarni to‘playdigan avtobus va ta’lim beradigan sinfning ikkilamchi maqsadiga xizmat qiladi. Bu innovatsion va ilhomlantiruvchi yechim. Men tanishgan bolalar o‘rganishdan juda xursand bo‘lishdi. Axir, ularning ota-onalari bunday imkoniyatga ega emas edilar!

    Shayx Moza suriyalik qochqinlar lageridagi bolalar bilan, 2014-yil

    Shayx Moza suriyalik qochqinlar lageridagi bolalar bilan, 2014-yil
    Foto: Getty Images

    G‘azo sektorida o‘quv materiallari yetishmasligi, doimiy o‘qqa tutilish, ota-onalar har gal maktabga borganlarida farzandlari haqida qayg‘urayotgan blokadadagi hayotning murakkabligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Bu bolalar juda qiyin davrni boshdan kechirishmoqda, lekin ular o‘qish uchun mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalanadilar. Keniyada esa qochqinlar lageriga tashrif buyurdim, u yerda 6 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan 168 nafar bola deyarli pol va devorsiz sinfda ta’lim olmoqda”.

    Bu kabi bolalar va ularning ota-onalari uchun Shayx Moza zulmat olamida yorug‘lik nuriga aylandi. Axir bu ajoyib ayol ularga hatto orzu qilishga jur’at etolmagan imkoniyatlarni berdi. Sharqning “Qalblar malikasi” bolakay bilan bo‘lgan suhbatni eslab, shunday deydi. “U menga o‘zining “sehrli” kartochkalarini ko‘rsatdi va agar dunyoda biror narsani o‘zgartira olganida, barcha odamlarni mehribonroq qilishini aytdi”, deb eslaydi u. “U kabi bolalar juda shikastlangan. Ular odamlarga bo‘lgan ishonchni yo‘qotgan. Bu bola hech qachon mehribonlik ko‘rmagan, shuning uchun mehr unga “sehrli” narsadek tuyuladi”.

    Bejirim uslub

    Shayx Moza va qirolicha Yelizaveta, 2010-yil

    Shayx Moza va qirolicha Yelizaveta, 2010-yil
    Foto: Getty Images

    Asta-sekin Shayx Moza Sharqning eng nufuzli jamoat arboblaridan biriga aylandi va ko‘plab nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ldi (jumladan, Britaniya imperiyasi qo‘mondon xonimi ordeni). U eriga xalqaro ziyofatlarda hamrohlik qilgan, hatto bir o‘zi chet el safarlariga ham borgan (Qatar qirollik oilasidagi ayollar hech qachon bunday qilmagan). Biroq Shayx Mozaning aytishicha, u hech qachon urf-odatlarni buzish maqsad qilmagan. “Bularning barchasi tabiiy ravishda sodir bo‘ldi — bu (qabul qilingan me’yorlarni) buzish uchun emas edi, — deb tushuntiradi u. — Shunchaki erim menga, mening ishimga va ijobiy o‘zgarishlar olib borishimga ishonadi. U menda munosib sherikni ko‘radi”.

    Shayx Moza va shaxzoda Charlz, 2010-yil

    Shayx Moza va shaxzoda Charlz, 2010-yil
    Foto: Getty Images

    Moza hech qachon hijob kiymaydi, buning o‘rniga zamonaviy va nafis ro‘mollarni afzal ko‘radi. Uning garderobida Chanel, Hermès, Ralph Russo, Stephane Rolland, Jan Pol Gaultier va Valentino kabi jahon brendlarining liboslari bor. Shayx Mozaning tan olishicha, u chiroyli oyoq kiyimlarni juda yaxshi ko‘radi, ular orasida Christian Louboutin poyabzallari uning sevimlisiga aylangan. Bundan tashqari, u stilistlar xizmatidan foydalanmasdan mustaqil ravishda o‘zining obrazlarini yarata oladi. “Shunchaki, mening nima istashimni tushunadigan odam yo‘q”, — deb tushuntiradi u jilmayib.

    Erkaklarni bo‘ysundirgan ayol

    Shayx Hamad ibn Xalifa al-Tani va Shayx Moza, 2010-yil

    Shayx Hamad ibn Xalifa al-Tani va Shayx Moza, 2010-yil
    Foto: Getty Images

    Shayx Moza donishmand ayol sifatida o‘z kelajagi haqida oldindan qayg‘urgan. U erining boshqaruvida ekan, o‘zini xavfsiz deb bilardi. Ammo keyingi shayx (Hamadning birinchi xotinidan to‘ng‘ich o‘g‘li) taxtga o‘tirgandan keyin uning taqdiri qanday bo‘ladi? Moza ko‘p yillik mehnatining samarasini xavf ostiga qo‘yishiga yo‘l qo‘ya olmadi. Shuning uchun u eridan kelajakdagi voris nomzodini qayta ko‘rib chiqishni talab qildi. Moza o‘g‘li Tamim ibn Hamad ibn Xalifa al-Tani valiahd shahzoda qilishga shayxni ko‘ndirdi. Shayx esa haqiqatan ham suyukli xotinini rozi qilish uchun shunday aqlbovar qilmaydigan qadam tashladi.

    2013-yilda hukmdor Hamad valiahd shahzoda Tamim foydasiga taxtdan voz kechdi va siyosiy maydonni tark etdi. Shunga qaramay, Shayx Moza hamon o‘z mamlakati va xalqaro hamjamiyatga xizmat qilishda davom etmoqda. Hech shubha yo‘qki, o‘g‘li onasining fikrini bir paytlar otasi quloq solgani kabi qo‘llab-quvvatlaydi.

    Mavzuga doir:

    • Mansab keksaytiradimi? Ayol prezident va qirolichalarning yoshligidagi va hozirgi ko‘rinishi (foto)
    • Oq uydan keyingi hayot: prezidentlik muddatidan so‘ng AQShning sobiq birinchi xonimlari nima bilan shug‘ullanadi?
    • Afsonani xotirlab: “Temir xonim” — Margaret Tetcher kiyinish uslubida nimalarga e’tibor bergan? (foto)
    • Zamonamiz Zolushkasi: Bir vaqtlar Apple kompaniyasiga ishga olinmagan Iordaniya malikasi Raniya al-Abdulla hikoyasi

    10.05.2022, 14:42   Izoh (0)   20918
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uill Smit “Oskar-2022” taqdirlash marosimidagi janjaldan keyin davolanishga qaror qildi

    10.05.2022, 12:36

    Bollivud yulduzi Priyanka Chopra ilk bor qizining surati bilan bo‘lishdi

    10.05.2022, 10:35

    “Benom” — Sarvar va Komil yangi dasturdagi kamchiliklar, Zahida bilan duet, “o‘xshamagan” konsertlari haqida (video)

    09.05.2022, 18:31

    Instagram: Ra’no Shodiyeva ilk marta buvi bo‘ladi, Dilnoza Kubayeva — “homilador”, Liil Xurramovning Ozoda Nursaidovaga syurprizi

    08.05.2022, 22:14

    Maryam Tillayeva turmush o‘rtog‘i Amiran Sardarov bilan yarashib olganini ma’lum qildi

    08.05.2022, 10:24

    Jahonga mashhur insonlarning eng hashamatli hamda millionlab dollar sarflangan nikoh to‘ylari (foto)

    07.05.2022, 22:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.