• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 4 mlrd so‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga kelib tushgan murojaat asosida Buxoro muhandislik-texnologiya institutida korrupsiyani keltirib chiqarayotgan omillar, unga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlar, mablag‘lardan foydalanish va davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunchilikka rioya etilishi ahvoli o‘rganildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

    Foto: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

    O‘rganishda institutning moliyaviy hujjatlari qonunchilikka zidligi, to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanmasligi, budjet va budjetdan tashqari mablag‘larning noqonuniy sarflanishi, ish haqi, stipendiya va boshqa to‘lovlarning noto‘g‘ri to‘langani hamda davlat xaridlari va mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilinmayotgani kabi qator qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.

    Xususan, davlat xaridlari bo‘yicha institutning 2-korpusi fasad qismini kapital ta’mirlash bo‘yicha e’lon berilmasdan, tanlovlarsiz 1,4 milliard so‘mlik qurilish ishlari to‘g‘ridan to‘g‘ri “Fast Quality Building” MCHJga shartnomasiz berib yuborilgan. Ushbu tashkilot Sog‘lomlashtirish markazida 303,9 million so‘mlik noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan.

    Shuningdek, institut 1-binosining 5-qavatida “Vobkent San-tex stop montaj servis ” MCHJ tomonidan amalga oshirilgan 2,4 milliard so‘mlik qurilish ishlari yakunlangan. Biroq tugallangan ishlar komissiya tomonidan qabul qilinmagan va uning kafolat muddati tugamagan bo‘lsada, pudratchiga 91,5 million so‘m mablag‘ oldindan to‘lab berilgan.

    Mablag‘larning ortiqcha sarflanishi bo‘yicha:

    • Mas’ullar tomonidan 18 nafar magistrant va 7 nafar talabaning imtihonda olgan “4” baholari qaydnomalarga ko‘chirilishida “5” bahoga o‘zgartirilgani natijasida 14,7 million so‘mdan ziyod stipendiyalar ortiqcha to‘langani aniqlangan;
    • Assistent-o‘qituvchilarga 71 ta holatda katta o‘qituvchi lavozimiga belgilangan jami 50,5 million so‘mlik ortiqcha ish haqi to‘langan.
    Mehnat qonunchiligi bo‘yicha:

    0,50 hissa tashqi o‘rindoshlik asosida ishlovchi kafedra professori X.Kamilova tekshiruv kuniga qadar ishga kelmagan bo‘lsada, unga yanvar oyida 4,3 million so‘mlik ish haqi hisoblanib, majburiy ushlanmalar saqlangan holda 3,7 million so‘m to‘lab berilgan. Shuningdek, 0,50 hissa professor lavozimida ishlovchi R.Gulyayev o‘quv yili yuklama jadvalida qayd etilmagan bo‘lsa ham, unga tabel to‘ldirilib, 2021-yil sentabr oyidan 2022-yil fevral oyiga qadar 18,3 million so‘m ish haqi hisoblangan, majburiy saqlanmalar ushlangandan so‘ng 15,9 million so‘m ish haqi to‘langan.

    Tashqi o‘rindoshlik asosida ishlovchi sirtqi bo‘lim uslubchisi Umida Sharipova hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti xodimi Anvar Jo‘rayevlarning asosiy ish joyidan ma’lumotnoma olinmagan. Dilorom Ergasheva bandlikka ko‘maklashish markazi yo‘llanmasisiz dispetcher lavozimiga qabul qilingan. Dotsent lavozimiga ishlovchi Institutning akademik litseyi direktori Eminjon Halimov asosiy ish joyida 126,6 soat ishda bo‘lmagan.

    Qarindosh-urug‘chilik aloqalari borasida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani bo‘yicha:

    • “Mashinasozlik texnologiyasi” kafedrasi mudiri Nasrullo O‘rinovning qo‘l ostida uning turmush o‘rtog‘i Muhabbat Saidova katta o‘qituvchi, akasi Abdullo O‘rinovning o‘g‘li Uyg‘un O‘rinov dotsent lavozimida, shuningdek, “Menejment” kafedrasi mudiri Sherbek Xayitovning qo‘l ostida turmush o‘rtog‘i Shahlo Primova va singlisi Iroda Xayitovalar o‘qituvchi-stajyor lavozimida ishlayotganligi ma’lum bo‘lgan;
    • Bundan tashqari, institutdagi 34 nafar tyutorlarning 20 nafari yoshlar bilan ishlashda yetarli tajriba orttirmagan hamda yetarli pedagogik stajga ega emas. 29 nafar xodim katta o‘qituvchi lavozimiga noqonuniy qabul qilingan.
    Tabaqalashtirilgan to‘lov, ta’lim dasturlari hamda stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilish bo‘yicha:
    • Davlat test markazining xulosasiga ko‘ra, 67 nafar abituriyentning tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktlari miqdori buyruqlarda belgilanmagan;
    • O‘rganishda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilingan 19 nafar abituriyentning ikkinchi bosqich bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etishlari uchun tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va o‘qishga qabul qilishda buyruq bilan belgilangan ta’lim yo‘nalishlari bir-biriga mos kelmasligi aniqlangan.
    • Shuningdek, “Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan 5 nafar abituriyent “Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan. Misol uchun, “Biotibbiyot muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan abituriyent Hayitbek Asrorov “Dasturiy injiniring” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga qabul qilingan.
    Murojaat asosida institutda o‘tkazilgan o‘rganishlarda 4 milliard so‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan. To‘plangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan.

    Qayd etilgan qonun buzilishi holatlarining kelib chiqishiga Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rahbariyati va mas’ul xodimlari tomonidan ta’lim, mehnat, budjet intizomi va davlat xaridlariga oid qonun hujjatlari va sohaviy normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ta’minlanmagani hamda yetarli nazorat o‘rnatilmagani sabab bo‘lgan.

    Bayon etilganlarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonining 4-bandiga asosan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilgan.

     

    Avvalroq Toshkentda 32 ta uy-joy shirkati jami 3,5 mlrd so‘mni maqsadsiz sarflagan yoki talon-toroj qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga qarashli korxona 15,3 mlrd so‘mlik moliyaviy xato va kamchilikka yo‘l qo‘ygani aniqlandi
    • O‘zbekistonda 23 ta uy-joy mulkdorlari shirkati tomonidan 1,7 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

    10.05.2022, 18:49   Izoh (0)   12280
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termizda Saljuqiylar davriga tegishli noyob oltin dinor topildi

    10.05.2022, 18:18

    Turkish Airlines Istanbul—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni yo‘lga qo‘yadi

    10.05.2022, 17:48

    Toshkent viloyatida tibbiyot xodimini bosh shifokor o‘rinbosari etib tayinlashga yordam berish uchun 1,3 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

    10.05.2022, 17:17

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    10.05.2022, 16:47

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etishga oid bitim tasdiqlandi

    10.05.2022, 16:16

    Farg‘onaning Uchko‘prik tumani hokimi Navoiy hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

    10.05.2022, 15:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ishga borish taqiqlanadi: Isroildagi o‘zbekistonliklar yangi cheklovlar haqida ogohlantirildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 11:18

    Eron yadro obyektlaridagi ehtimoliy halokatning O‘zbekistonga ta’siri bormi?

    O‘zbekiston | 22 iyun, 10:54

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Inter” va “Fluminense”dan g‘alaba, Ramos boshchiligidagi “Monterrey” ikkinchi bahsda ham durang o‘ynadi (video)

    Sport | 22 iyun, 10:37

    AQSH Eronning uchta yadroviy obyektiga zarba berdi

    Dunyo | 22 iyun, 09:20

    O‘zbekistonda davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 09:05

    Tramp “Amerika ovozi”ning 639 nafar muxbirini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 21 iyun, 23:50

    FVV aholiga soat 10:00 dan 17:00 gacha tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmaslikni tavsiya qildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 23:30

    Braziliyada havo shari qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 21 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.