Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Olmazor tumanining “Achaobod” mahallasida istiqomat qilayotgan Ikkinchi Jahon urushi qatnashchisi Abbos ota Appanov xonadonida bo‘lib, uni bayram bilan tabrikladi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining xonadonga tashrifi tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.
Prezident Abbos ota Appanovga vatan tinchligi yo‘lidagi xizmati va fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
Shavkat Mirziyoyevga ko‘ra, Abbos ota Appanov Ikkinchi jahon urushidan keyin vatanga qaytib, poytaxtdagi 139-sonli maktabda uzoq yillar nemis va ingliz tilidan dars bergan.
“Butun umringizni xalqimizning, farzandlarimizni tarbiya qilishga bag‘ishlagansiz… Sog‘-salomat bo‘lib, qilgan niyatlaringiz amalga oshib, farzandlaringiz, nabiralaringiz kamolini ko‘rib yuring doim”, — deya tabriklagan davlat rahbari.
Avvalroq 9-may arafasida urush qatnashchilari, konslagerlar mahbuslari va Leningrad qamalida bo‘lgan fuqarolarga 15 million so‘mdan berilishi ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)