Lifehacker nashri taqdim etgan retseptga ko‘ra, ushbu shirinlikning xamiri yumshoq, nachinkasining ta’mi esa og‘izda qoladi.
Kerakli mahsulotlar:
Xamir uchun:
- sariyog‘ — 80 gramm;
- shakar — 150 gramm;
- tuxum — 1 dona;
- smetana — 4 osh qoshiq;
- un — 400 gramm;
- sirka 9 foizli — 1 osh qoshiq;
- iste’mol sodasi — 1/2 choy qoshiq;
- tuz — bir chimdim.
- tvorog — 300 gramm;
- tuxum — 1 dona;
- shakar — 1/2 osh qoshiq;
- un — 1 osh qoshiq;
- smetana — 1 osh qoshiq;
- o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
- suv — 1 osh qoshiq;
- tuz — 1 chimdim;
- shakar upasi.
- Sariyog‘ shakar bilan ko‘pirtiriladi, ustidan tuxum va tuz solinadi, keyin smetana bilan aralashtiriladi.
- Un elakdan o‘tkazilib, sirka bilan o‘ldirilgan soda va yog‘ qo‘shib, xamir qoriladi.
- Xamir plyonka bilan o‘ralib, muzlatkichda 30-40 daqiqaga qoldiriladi.
- Tvorog elakdan o‘tkaziladi. Tuxum oqi shakar va tuz bilan ko‘pirtiriladi. So‘ngra un va smetana bilan aralashtiriladi.
- Xamir yoyiladi va dumaloq shakl yordamida doialar kesib chiqiladi.
- Har bir xamir bo‘lagi yuzasida bir osh qoshiqdan nachinka solinadi,
- Xamirning bir qismi ikkinchisining yuzasiga yopiladi va pichoq bilan biroz bosiladi. Xamir chetini mahkamlash shart emas.
- Xuddi shu tarzda qolgan xamirlar ham tayyorlanadi.
- Ular yog‘langan pishirish varag‘iga qo‘yilib, suv bilan aralashtirilgan tuxum surtilib chiqiladi.
- Taxminan 25 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishiriladi.
- Shirinliklar tayyor bo‘lgach yuzasiga shakar upasi sepiladi.
Izoh (0)