Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya defoltdan qochdi, ammo xavf hali ham yuqori, deb yozadi Bloomberg.

Foto: Euronews

Foto: Euronews

Oxir-oqibat, Rossiya defoltga uchrasa kerak, — dedi Parijda joylashgan EM Conseil konsalting firmasi asoschisi Elena Deyli.

Rossiya hozir Ukrainadagi urushni va importni moliyalashtirishi kerak. Shu sababli, mamlakat qarzini to‘lashdan bosh tortishi mumkin, bu esa so‘nggi 100 yildagi birinchi defolt bo‘ladi.

Rossiya to‘lashdan bosh tortmasa ham, joriy qilingan sanksiyalar pul harakatini ancha murakkablashtirdi. Bir muncha vaqt Rossiya o‘zining sanksiyalarga tushmagan banklari orqali qarzlarini to‘lashi mumkin, ammo bu valyuta zaxiralariga bog‘liq. Hozir dollarlar asosan neft, gaz va boshqa tovarlarni sotishdan tushadi.

Agar Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa davlatlar Rossiya xomashyosidan voz kechsa, mamlakatda valyuta bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi. Bu tez orada sodir bo‘lishi mumkin, chunki embargo joriy qilish hozirda ko‘plab mamlakatlar hukumatlari tomonidan muhokama qilinmoqda.

Faqat dollarda bo‘lishi kerak bo‘lgan navbatdagi to‘lov 24-iyun kuni amalga oshiriladi. Agar Rossiya muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, u defolt bo‘ladi.

Avvalroq Rossiyada defolt yuz bersa nima bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada italiyalik ayol YTH oqibatida vafot etdi
Mahalliy
Jahon banki prognozi: O‘zbekiston keyingi ikki yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi iqtisodiy o‘sishga ega bo‘ladi
Dunyo
Kiyev Xerson yo‘nalishida 60 nafar askar va harbiy texnikalarini yo‘qotdi — Rossiya Mudofaa vazirligi