Toshkent viloyati Chirchiq shahrida fuqaroning uyini sotib yuborgan sobiq notarius va uning sheriklari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro Z.Ch. Qibray tumani 1-sonli davlat notarial idorasi notariusi lavozimida ishlagan davrida fuqaro S.G. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, jinoyatga qo‘l urgani aniqlangan. Ular Toshkent viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida majburiy davolanayotgan fuqaro V.ning Chirchiq shahri 1-kichik tumanida joylashgan xonadonini 2019-yilda hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan sotib yuborgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga doir:
- Qashqadaryoda soliqdan bo‘yin tovlab, 700 mln so‘m soliq pulini yashirgan quruvchi javobgarlikka tortildi
- Farg‘onada suv idorasi rahbari va boshqa mansabdor shaxslar 720 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi
- Surxondaryoda omonatga qo‘yilgan 566 mln so‘mni talon-toroj qilgan sobiq bank xodimiga jinoyat ishi ochildi
Izoh (0)