• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Inflyatsiya o‘zi biror narsaga ta’sir qiladimi?

    Avvalroq birinchi chorak yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda inflyatsiya tashqi ta’sirlar fonida biroz tezlashgani, iste’mol narxlari indeksi o‘tgan yilning dekabriga nisbatan 2,9 foizga oshgani haqida xabar berilgan edi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Inflyatsiya jarayoni aslida Amerikada boshlangan. Lekin uning o‘sish sur’ati dunyoning boshqa boy mamlakatlariga borib taqaladi. Bunday mamlakatlarda iste’mol narxlari yiliga 7,7 foizga o‘sib bormoqda, bu kamida o‘ttiz yillikdagi eng tez o‘sish sur’atidir, deb yozadi The Economist.

    Niderlandiyada inflyatsiya 10 foizga yaqin, bu esa hatto Amerikadagidan ham yuqori, Estoniyada esa 15 foizdan oshadi.

    Markaziy banklar inflyatsiya o‘sishiga qanchalik javob beradi?

    Javob inflyatsiya qanchalik zarar keltirayotganiga bog‘liq.

    Inflyatsiya har doim qimmatga tushadi, chunki u odamlarning jamg‘armalarini yo‘q qiladi va narx signallarini buzadi. Shubhasiz, u iqtisodiy inqirozga sabab bo‘lgan holatlar ham mavjud.

    1920-yillarda Veymar Germaniyasida giperinflyatsiya davrida odamlarning jamg‘armalari bug‘lanib, o‘rta sinfni yo‘q qilgan va fashizmning yuksalishiga yo‘l ochgan.

    Robert Mugabe davrida Zimbabveda ham inflyatsiya nazoratdan chiqqan. Narx signallari ishlamay qolganda millionlab odamlar oziq-ovqatsiz qolgan.

     

    Ammo hozirgi kabi mo‘tadil inflyatsiya epizodlarida iqtisodiy inqirozning dalillari zaifroq. Umumiy xavotirlardan biri shundaki, narxlarning o‘sishi ish haqining ko‘tarilishidan yuqori bo‘lib, odamlarning real daromadlarining pasayishiga olib kelishi mumkin.

    Bu hodisa so‘nggi oylarda dunyoning boy mamlakatlarida sodir bo‘lyapti. Amerikaning real soatlik daromadi yil davomida deyarli 3 foizga kamaydi.

    Umuman olganda, iqtisodchilar inflyatsiya va ishchilarning real turmush darajasi o‘rtasida zaif bog‘liqlik ko‘rishadi. Ba’zan narxlar ish haqiga qaraganda tezroq ko‘tarilsa, ba’zan bunday bo‘lmaydi.

    Inflyatsiya ishlayotgan odamlarga zarar yetkazsa ham ishsizlarga ish topishga yordam berishi mumkin. 2007—2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozidan keyin funt sterling qadrsizlanib, Buyuk Britaniyada inflyatsiyani kuchaytirgan va real ish haqini pasaytirgan. Shunda kompaniyalar ko‘proq ishchilarni yollashga qodir bo‘lgan.

    Kapitalizm resurslarni nisbiy narxlarning o‘zgarishi orqali taqsimlaydi: agar avtomobil narxi velosiped narxiga nisbatan ko‘tarilsa, oxir-oqibat ko‘proq avtomobil ishlab chiqarilishi kerak bo‘ladi.

    Xavotirli tomoni shundaki, inflyatsiya bu jarayonni buzadi, bu esa avtomobillar va velosipedlarning nisbiy narxlarini aniqlashni qiyinlashtiradi.

    2018-yilda nashr etilgan maqolada, Berkli Kaliforniya universitetidan Emi Nakamura va uning hamkasblari vaqt o‘tishi bilan bir xil turdagi mahsulotlar uchun narxlarning o‘zgarishini o‘rganadilar.

    1970-yillardagi yuqori inflyatsiya davridan kelib chiqib, ular inflyatsiya ancha past bo‘lgan pandemiyadan avvalgi davrda ham narxlar o‘z optimal darajasidan farq qilmaganini aniqlaydi.

    Past inflyatsiya darajasining optimalligi haqidagi kuchli xulosalarni qayta ko‘rib chiqish kerak, — deb hisoblagan Nakamura.

    Boy mamlakatlarda inflyatsiyaning hozirgi inqirozi minimal darajadami yoki yo‘q?

    Iqtisodchilarning muammosi shundaki, ularning tadqiqotidan tashqarida butun dunyo mavjud. Tadqiqot natijalariga esa juda kam odam e’tibor beradi va ularning bari inflyatsiyadan nafratlanadi.

    Inflyatsiya jamoatchilik ongida alohida o‘rin tutadi. 2010-yillarda ishsizlik ancha katta iqtisodiy muammo bo‘lganiga qaramay ingliz ommaviy axborot vositalari inflyatsiyani ishsizlikdan ko‘ra 50 foizga ko‘proq yoritishgan.

    1990-yillarda Yel universitetidan Robert Shiller bir qator mamlakatlardagi odamlardan inflyatsiya haqidagi fikrlarini so‘ragan va ularni iqtisodchilarning fikrlari bilan solishtirgan.

     

    Uning aniqlashicha, oddiy odamlar bu mavzuda akademiklarga qaraganda ancha radikal qarashlarga ega.

    Odamlar inflyatsiya ularni kambag‘alga aylantirishiga ishonishadi va inflyatsiyani vijdonsiz kompaniyalar ulardan foydalanayotganidan dalolat deb hisoblaydilar (amerikaliklarning uchdan ikki qismi so‘nggi inflyatsiyaning o‘sishini korporativ ochko‘zlik bilan bog‘laydi).

    Amerikaliklarning yarmidan ko‘pi yuqori inflyatsiyaning oldini olish giyohvand moddalarni iste’mol qilishni to‘xtatish yoki ta’lim standartlarini saqlab qolish kabi muhim jarayon ekanligiga to‘liq qo‘shiladi, iqtisodchilarning esa atigi 18 foizi bunday fikrda.

    Xuddi shu so‘rovda odamlarning 46 foizi hukumatdan inflyatsiyaning keskin o‘sishidan so‘ng narxlarni pasaytirishini xohlashi aniqlangan, buni bir nechta iqtisodchilar ham tavsiya qilgan.

    Real vaziyat

    Ehtimol, siyosatchilar oddiy odamlarning fikriga e’tibor bermasliklari kerakdir. Agar ekspertlar inflyatsiya sezilarli darajada past xarajatlarga olib kelishini aniqlasa, siyosatni boshqarish uchun yana qanday ma’lumotlar talab qilinadi?

    Biroq yuqori inflyatsiyaning psixologik xarajatlari real. Shu sababli, markaziy banklar va hukumatlar tomonidan bu hisobga olinishi kerak.

    Moliyaviy yoki pul-kredit siyosatini majburan kuchaytirish orqali inflyatsiyaga qarshi kurashish ko‘pincha qiyin tanlov sifatida qaraladi, chunki u iqtisodiyotni sovitadi va retsessiyani keltirib chiqarishi mumkin. Aslida bu eng populistik siyosatlardan biridir.

    06.05.2022, 21:09   Izoh (0)   12397
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rossiya neftini taqiqlash iqtisodiyotga yadroviy bomba otilishi bilan teng” — Vengriya bosh vaziri Viktor Orban

    06.05.2022, 20:37

    The Economist: Germaniya Rossiya energiyasiga qanchalik qaram?

    05.05.2022, 23:11

    Yangi zamon: Yevropa issiqlik va elektr energiyasining yuqori narxlariga qanday ko‘nikmoqda?

    05.05.2022, 21:33

    Turkiyada inflyatsiya 2002-yildan beri ilk marta 70 foizgacha o‘sdi

    05.05.2022, 20:44

    Yil boshidan beri Rossiyaga qancha o‘zbekistonlik ishlash uchun ketgani ma’lum bo‘ldi

    05.05.2022, 18:11

    Yil boshidan buyon O‘zbekistonga qancha rossiyalik kelgani ma’lum bo‘ldi

    05.05.2022, 17:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.