Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sizda fors-major holati yuzaga kelib, yirik pul mablag‘i kerak bo‘lib qoldi. Ammo qarzni hech kimdan ololmayapsiz. Bugungi kunda siz bir necha daqiqa ichida kredit olish imkoniga egasiz, chunki mamlakatimizning moliya bozorida bunday takliflar allaqachon taqdim etilib kelinmoqda. Kredit olish uchun asosiy shartlardan biri — ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talabi. Keling, ijobiy kredit tarixi nima uchun muhim ekanligi va u qanday shakllanishini ko‘rib chiqamiz.

Bankning muvaffaqiyatli faoliyati ko‘p jihatdan kredit va mikroqarzlar berishda xavflarni aniqlash, minimallashtirishga bog‘liq. Shuning uchun banklar va kredit tashkilotlari tegishli byurolar yordamida muammoli kreditlar foizini kamaytirish maqsadida, potensial qarz oluvchining profilini va kredit tarixini diqqat bilan o‘rganib chiqadi.

Kredit tarixi nima?

Kredit tarixi — bu olingan va qaytarilgan qarzlar, bajarilgan moliyaviy majburiyatlar va muddati o‘tgan to‘lovlar to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarning qisqacha mazmunini o‘zida aks ettirgan hujjat. Kredit ma’lumotlari turli manbalardan: banklar, kredit tashkilotlari, davlat idoralari, shuningdek, tovarlarni muddatli to‘lov asosida sotadigan do‘konlardan yig‘iladi.

Kredit tarixi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:

  • ma’lumotni kim talab qilganligi;
  • kredit va mikroqarzlar bo‘yicha barcha arizalar va ular bo‘yicha qabul qilingan qarorlar;
  • kreditlar qanday to‘langani va to‘lov muddatlariga qay darajada rioya etilgani.
Ma’lumotlar kredit tarixlari byurosida (KTB), kredit-axborot tahliliy markazida saqlanadi. O‘zbekistonda kredit-axborot tahliliy markazi moliya-kredit tashkilotlari va lombardlardan qoplanmagan qarzlar, kreditlar, muddatli to‘lovlar va shartnomalar bo‘yicha ma’lumot to‘plashga yordam beradi.

Kredit tarixi rasmiy ish haqi bilan bir qatorda kreditga layoqatlilikning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, moliyaviy javobgarlik darajasini belgilab beradi.

Kredit tarixingiz qay darajada ijobiy ko‘rinishda ekanini aniqlash uchun infocredit.uz platformasidan hisobot so‘rashingiz mumkin. Bunday hisobotni yiliga bir marta bepul yoki belgilangan narx miqdorini to‘lab cheklanmagan tarzda olishingiz mumkin.

Sizning kredit faylingiz asosida kredit reytingi shakllanadi. Har bir bank sizni potensial mijoz sifatida baholashda foydalaniladigan mezonlarga qarab, o‘z skoring tizimini joriy qiladi. Bank kredit faylingiz va kredit arizangizda saqlangan ma’lumotlardan quyidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanishi mumkin:

  • qarz berish-bermaslik;
  • qancha pul ajratish;
  • kredit/mikroqarzni necha foizga berish.
Sizning faylingizga kiritilgan eng so‘nggi ma’lumot juda muhim, chunki kreditorlar sizning hozirgi moliyaviy ahvolingiz bilan ko‘proq qiziqishadi.

Qanday kredit tarixi ijobiy hisoblanadi?

  • Bir yildan ortiq kredit tarixiga ega bo‘lish. Kredit tarixi muddatiga qarab, bank qarz oluvchi haqida ko‘proq ma’lumot olishi va uning to‘lov qobiliyatini baholashi mumkin.
  • To‘lov muddatlariga rioya etish. Agar to‘lovlar kechiktirilgan bo‘lsa, hammasi kredit qancha vaqt davomida to‘lanmaganiga va kechikishlar qancha davom etganiga bog‘liq bo‘ladi.
  • Kredit/qarz yuki. Agar kredit oluvchining ochiq kreditlari soni ko‘p bo‘lsa, u yangi olgan kreditini qaytara olmasligi mumkin. Bundan tashqari, qarz yukini hisoblash tartibi Markaziy bank boshqaruvi qabul qilgan qarori ilovasining 3205-bandida belgilangan.
  • Muvaffaqiyatli yopilgan kreditlar soni. Qarz oluvchi to‘lovlarni kechiktirmasdan kreditlarni qanchalik muvaffaqiyat bilan to‘lagan bo‘lsa, shuncha yaxshi. Bu qarz oluvchining moliyaviy savodxonligining asosiy belgisidir.
Shuni yodda tutingki, turli moliyaviy institutlar ijobiy va salbiy kredit tarixi bo‘yicha o‘z mezonlariga ega. Bu yerda ushbu masala bo‘yicha umumiy qarashlar keltirilgan.

Kredit tarixingizga nima salbiy ta’sir qilishi mumkin?

Salbiy kredit tarixining asosiy ko‘rsatkichlari — bu kechiktirilgan muddat va yuqori kredit yuki. Ayniqsa, agar qarz oluvchi ustidan sudga berilgan bo‘lsa yoki u kreditni umuman to‘lamagan bo‘lsa, bu salbiy omillardan biri hisoblanadi. Bunday holatlarda bank qarz berishdan bosh tortishi mumkin.

Agar sizda Majburiy ijro byurosi bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, bu ham sizning kredit olish uchun taqdim etgan arizangizni tasdiqlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Majburiy ijro byurosida kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik, alimentlarni kechiktirish, jarimalar va boshqa davlat to‘lovlarini to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganlik bo‘yicha sudda ko‘rib chiqilgan barcha holatlar qayd etib boriladi va davlat organlari bunga e’tibor qaratib keladi.

Agar siz kredit bo‘yicha kafil bo‘lsangiz va ushbu kreditni to‘lash salbiy kechgan bo‘lsa, bu ham kredit tarixingizni yomonlashtiradi. Kreditor oldida kafil ham, qarzdor ham birdek javobgar bo‘ladi.

Qarzdorlikning joriy holati to‘g‘risida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining www.mib.uz rasmiy veb-saytida ma’lumot olishingiz mumkin.

Salbiy kredit tarixini qanday qilib yaxshilash mumkin?

Juda kichik miqdorda kreditlar oling va ularni juda ehtiyotkorlik bilan to‘lang. Shunday qilib, 2—3 yil ichida siz kredit tashkilotlari bilan ijobiy munosabatlar tarixini yaratishingiz mumkin bo‘ladi.

Kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang.

Mobil telefonda va/yoki boshqa qurilmalaringizda qarzdorlikni so‘ndirish sanalarini belgilab boring va muddatiga rioya qilib borishga harakat qiling.

TBC Bank’ning kredit bo‘yicha menejeri Kamran Sogukpinar quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

“Har bir inson uchun eng muhimi moliyaviy savodxonlikka ega bo‘lishdir, chunki bu asoslangan moliyaviy qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Biz mijozlarimizning xabardorligini oshirish maqsadida, moliyaviy ma’lumotga ega bo‘lishlari uchun sarmoya kiritishga tayyormiz. Agar siz biron-bir miqdorda qarz olayotgan bo‘lsangiz, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish uchun kredit va mikroqarzlaringizni o‘z vaqtida va eng yaxshisi muddatidan oldin to‘lashga harakat qiling. Moliyaviy manbalaringizni taqsimlashda har tomonlama o‘ylab ko‘rib, aniq ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda yondashing, daromad va xarajatlaringizni nazorat qilib boring. Agar siz kredit olishga qaror qilgan bo‘lsangiz, sizni qiziqtirgan moliya institutini diqqat bilan o‘rganib chiqing, kutilmagan holatlarga tushib qolmaslik uchun kredit tarixingizni tekshirib boring va siz ishonch hosil qilmagan uchinchi shaxslarning majburiy to‘lovlari uchun javobgarlikni o‘z zimmangizga olmang”.

Yodda tutingki, siz kredit tarixingizni o‘zingiz belgilaysiz, banklar esa shunchaki ma’lumotlarni kredit byurosiga taqdim etadi.

Onlayn kredit olish haqida tbcbank.uz sayti va 1150 raqami orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin savdo-iqtisodiy hamkorlik masalasini muhokama qildi
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)