• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    1 mln dollarga hashamatli uy sotib olgan, ammo onasining hayotini saqlab qololmagan: turk kinosi yulduzi Xande Erchelning hayoti va ijodi haqida

    Xande Erchel “Malikam endi qara”, “Eshigimni qoq” teleseriali namoyishidan keyin dunyoga mashhur aktrisaga aylandi. Ko‘pchilikni, jumladan, aktrisaning shaxsiy hayoti, sevimli mashg‘ulotlari va, albatta, Kerem Bursin bilan munosabatlari qiziqtiradi. “Lisa.ru” nashri bu haqda aksariyat tomoshabinlarga noma’lum bo‘lgan faktlar bilan bo‘lishdi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Kichik shaharchada o‘tgan bolalik

    Xande 1993-yil 24-noyabrda Bandirma shahrida tug‘ilgan. Aktrisa bu joyni juda yaxshi ko‘radi va bolaligi u yerda o‘tganidan xursand.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    “Men Istanbulda katta bo‘lishni xohlamaganman. Kichkina joyda hamma bir-birini taniydi, shuning uchun u yerda erkin bo‘ladi. Biz hamma bolalar kabi ko‘chada non va tomat pastasini birga yeb, mahallada o‘sganmiz. Dadam shunday fe’l-atvorga ega ediki, biz tumandan tashqariga chiqa olmaganmiz”, — deb eslaydi Erchel.

    Istanbulga ko‘chish

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    17 yoshida bo‘lajak aktrisa Istanbulga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. U bolaligidan ijodkor bo‘lganligi sababli turk san’atini o‘rgangani universitetga o‘qishga kirdi.

    Hashamatli uy

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Xande 11 yildan beri Istanbulda yashaydi. Muvaffaqiyatli loyihalar tufayli u taxminan bir million dollarlik hashamatli uy sotib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumki, aktrisa ta’mirlash uchun yana yuz ming dollar sarflagan va quruvchilar bilan shartnoma tuzgan, unga ko‘ra ular Xandening uyida o‘z ishlari suratlarini ko‘rsatishga haqli emas.

    Sevimli singil

    Xandening Gamze ismli singlisi bor. Ular bir-biri bilan juda qadrdon va aktrisaning sahifasida Gamze va uning qizi Mavi bilan suratlar tez-tez paydo bo‘ladi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    “Singlim Gamze bilan oramizda bir yil farq bor. Biz egizaklardekmiz va xuddi shunday tarbiyalanganmiz. Sochlarimiz bir xil turmaklanar, bir xil kiyim kiyar edik. Bir necha yil o‘tib, ulg‘ayganimizda va turli xil kiyimlarni kiyishni boshlaganimizda, oramizda janjallar bo‘ldi. Ikkimizning ham shu kunlarni eslatadigan chandiqlarimiz bor. Gamze yaramas edi va barcha aybni menga yuklardi”, — deydi kulib aktrisa.

    Mashhur xolasiga o‘xshaydigan jiyan

    Xandening fikricha, Mavi unga juda o‘xshaydi. Aktrisa jiyanini telbalarcha yaxshi ko‘radi va butun bo‘sh vaqtini u bilan o‘tkazishga harakat qiladi. Ammo u hali ona bo‘lishni rejalashtirmayapti, lekin farzandlari ham o‘zi kabi bo‘lishini orzu qiladi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    “Mavi bizning oilamiz uchun haqiqiy sovg‘adir. Bu haqiqatan ham dunyodagi hech narsaga o‘xshamaydigan tuyg‘u. Men har doim oilam haqida ko‘p o‘ylardim, lekin Mavining dunyoga kelishi meni singlimga yanada yaqinlashtirdi. Onalik unga juda yarashadi. Menimcha, hali vaqtim bor. Menda hali bunday rejalar yo‘q”, — deya ta’kidlaydi aktrisa.

    Go‘zallik tanlovi ishtirokchisi

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    19 yoshida Erchel aktrisalik karyerasini qurish uchun universitetni tark etishga qaror qildi. Shunday qilib birinchi navbatda u Ozarbayjonda o‘tkazilgan go‘zallik tanlovida ishtirok etdi. U yerda bo‘lajak yulduz ikkinchi o‘rinni egalladi.

    90 ta kasting

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Xande darhol kino olamiga kirishga muvaffaq bo‘lmadi. U “Choliqushi” romanining yangi versiyasida kichik rolga ruxsat berilgunga qadar 90 ga yaqin kastinglarda qatnashdi. Aktrisaning debyuti 2013-yilda bo‘lib o‘tdi, ammo u asosiy rolga tasdiqlanishi uchun yana uch yil kutishga to‘g‘ri keldi.

    Kino uchun qurbonliklar

    Ma’lum bo‘lishicha, ko‘plab rejissorlar uni juda to‘lacha deb hisoblaganlari uchun u bilan hamkorlik qilishni xohlamagan. Keyin Xande harakat qildi va vazn yo‘qotishni boshladi: u to‘g‘ri ovqatlandi va murabbiy nazoratida sport bilan shug‘ullandi. Bugungi kunda aktrisa o‘zining qomatini bir xilda ushlab turish uchun tinimsiz harakat qiladi.

    Birinchi bosh rol

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    2016-yilda “Gunesh qizlari” serialining premyerasi bo‘lib o‘tdi, unda Erchel kelishgan va boy yigitni sevib qolgan yosh qizni o‘ynadi. Yoshlarning sevgisiga ota-onalarning oilaviy sirlari to‘sqinlik qiladi, ular ham farzandlarining munosabatlariga qarshi.

    Ushbu turk dramasi aktrisaga shon-sharafning birinchi qismini olib keldi. Shundan so‘ng “Malikam endi qara”, “Qora marvarid”, “Halqa”, “Aziza” va boshqa muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etdi.

    Shartnoma shartlari

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    2016-yilda Xande turk kinematografiyasida o‘sib borayotgan yulduz sifatida e’tirof etilganida, unga L’Oreal kompaniyasi hamkorlikda ishlashni taklif qilgan. Qizig‘i shundaki, shartnoma shartlariga ko‘ra, aktrisaga bir yil davomida sochini bo‘yash taqiqlangan.

    Onaning kasalligi

    Xande onasini juda yaxshi ko‘radi, afsuski, u 2019-yilda undan ayrildi. Aktrisaning onasi saraton kasalligi bilan kurashdi, ammo kasallikka dosh bera olmadi.

    Foto: Instagram / @handemiyy

    Foto: Instagram / @handemiyy

    “5 oktabr — bir yil oldingi bu kunni eslayman. Men tizzangizda yotibman, siz sochlarimni silaysiz. Sizning qizingiz bo‘lish men uchun katta mukofot. Siz qanchalik go‘zalsiz, onam ... bu dunyoda bo‘lganingiz uchun sizdan minnatdorman ... ”, — deb yozgandi aktrisa o‘zining sahifasida.

    Bugungi kunda u “Saratonsiz hayot”ning elchisi bo'lib, uning oilasi bilan bir xil muammolarga duch kelgan odamlarga va ularning oilalariga yordam berishga harakat qiladi.

    Eda Yildiz roli

    2020-yilda Erchelga uni butun dunyoga mashhur qilgan loyihada ishtirok etish taklif qilindi. “Eshigimni qoq” teleserialida u landshaft dizayneri bo‘lishni orzu qilgan qiz sifatida qayta tug‘ildi.

    Foto: Instagram / @handemiyy

    Foto: Instagram / @handemiyy

    Ammo Eda grantini olib qo‘ygan yosh tadbirkor Serkan Bolat tufayli universitetdagi o‘qishini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, shaxsan uchrashgach, yoshlar bir-birlarini sevib qolishadi.

    “Ssenariyni o‘qiganimda Eda meni juda xursand qildi. Uning hayotiy energiyasi nihoyatda yuqori. Hayotga ijobiy qaraydigan ayol bo‘lish, nima istayotganini bilish va shu maqsad sari intilish, o‘zida kuch topish, o‘jarlik, qat’iylik — Edadan o‘rganmoqchi bo‘lgan ko‘p jihatlar bor. Men aktrisalikni, suratga tushishni yaxshi ko‘raman. Bu juda qadrli. Biz bu loyiha ustida aql bovar qilmaydigan jamoa bilan ishladik”, — deydi Erchel.

    Kerem Bursin bilan munosabat

    “Eshigimni qoq” seriali chiqqandan so‘ng ko‘plab muxlislar asosiy rollarning ijrochilari haqiqiy hayotda uchrashishlarini payqab qoldi. Keyinchalik ularning taxminlarini aktyorlarning o‘zlari tasdiqladi, ular birgalikda chiqishni boshladi va oradagi his-tuyg‘ularini yashirmadi.

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    Biroq, 2022-yil bahorining boshida juftlik ajrashdi, degan mish-mishlar paydo bo‘ldi — Kerem Bursinning vakillari ham bunga ishora qilishdi. Xandega kelsak, u sahifasidan Kerem bilan birga tushgan barcha suratlarni o‘chirib tashladi va uni kuzatishni to‘xtatdi. Biroq, shu paytgacha aktrisa ularning ajralishi haqida hech qanday izoh bermagan.

    Sevgi bu…

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    “Men uchun muhabbat aqldan ozishdir. Mening eng dahshatli va eng jonli holatlarim  oshiqligimda namoyon bo‘ladi. Bu ham eng yaxshi, ham ayni paytda eng qiyin sahifa”, — deydi Xande.

    Xobbi

    Foto: Instagram / @handemiyy

    Foto: Instagram / @handemiyy

    Erchel rasm chizishni yaxshi ko‘radi va bir kun kelib bo‘sh vaqtlarida ijod qilish, keyin esa o‘z ishini boshqalarga ko‘rsatish uchun rasm ustaxonasi ochishni orzu qiladi.

    Sevimli uy hayvoni

    Xandening yaxshi ko‘radigan ikkita iti bor, biroq aktrisa so‘nggi paytlarda ular bilan ko‘p vaqt o‘tkazmayapti.

    “Men bandligim tufayli ular bilan vaqt o‘tkaza olmayman, lekin imkon bo‘lganda hammamiz bog‘da sayr qilamiz”, — deydi Erchel.

    Orzular ro‘yobi

    Foto: “Lisa.ru”

    Foto: “Lisa.ru”

    “Men doim shu kunlar kelishini orzu qilardim. Agar niyat qilmasangiz, u amalga oshmaydi. Xavotirga tushgan, qo‘rqib ketgan paytlarim ham bo‘lgan. Men uchun juda qiyin bo‘lgan dam ham tushdi boshimga, lekin biror narsani xohlasangiz, yo‘lingizga nima to‘sqinlik qilmasin, uni rad eta olmaysiz. Siz orzuga erishguningizcha yo‘lda davom etasiz”, — deydi Xande Erchel.

    Mavzuga doir:

    • Mashhur turk aktrisasi Xande Erchel go‘zal qomat sirlari bilan bo‘lishdi (foto)
    • “Eshigimni qoq” turk seriali Twitter’da “Taxtlar o‘yini” rekordini yangiladi
    • 2021-yilda ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p muhokama qilingan turk aktrisasining nomi ma’lum qilindi (foto)

    06.05.2022, 15:44   Izoh (0)   34621
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Real hayotda ekrandagidan ko‘ra ko‘proq hurmatga sazovor ekanini isbotlaydigan jahon yulduzlari (foto)

    06.05.2022, 13:50

    Bill Geyts ajrashganidan bir yil o‘tib sobiq rafiqasiga qayta uylanish istagini bildirdi

    05.05.2022, 16:56

    Dildora Niyozovaning turmush o‘rtog‘i uning san’atni butunlay tark etgani hamda to‘ylarga chiqmasligini ma’lum qildi. Xonandaning o‘zi bu gaplarni inkor etdi (vide...

    05.05.2022, 15:49

    Met Gala-2022 qizil yo‘lagidagi mashhurlarning eng yaxshi obrazlari (foto)

    05.05.2022, 11:45

    Hamon oila qurmay, oq otdagi shahzodasini kutayotgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    04.05.2022, 20:43

    Instagram: Munisa Rizayeva garajidagi qimmatbaho avtomobillar, Umradan qaytgan Rayhon Ulasenova, farzandli bo‘lgan san’atkorlar

    03.05.2022, 22:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.