Lifehacker nashri taqdim etgan ushbu retsept bekajonlar uchun yangilik bo‘lishi tabiiy. Yeguliklarni issiq hamda sovuq holida ham dasturxonga tortish mumkin.
Kerakli mahsulotlar:
- qatlamali xamir — 2 qatlam 250 grammdan;
- tuxum — 2 dona;
- sosiska — 4-6 dona;
- tuz.
- Har bir xamir 16 ta to‘rtburchak shaklida kesib olinadi.
- Patnisga pergament qog‘oz solinadi va ularning yuzasiga xamir bo‘laklari terib chiqiladi.
- Tuxumga bir chimdim tuz solinib, aralashtiriladi va xamir ustiga surtiladi.
- Sosiskalar bir xil bo‘lakda kesilib, har bir xamir o‘rtasiga qo‘yiladi va biroz bosiladi.
- Taxminan 20-25 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishiriladi.
Izoh (0)