Chempionlar Ligasining navbatdagi mavsumida Italiya nomidan ishtirok etadigan barcha jamoalar aniqlandi.
35-tur doirasida “Roma” “Bolonya” bilan durang o‘ynagach (0:0), A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Italiya chempionatida dastlabki to‘rt o‘rinni egallagan jamoalar Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘ynash huquqiga ega bo‘ladi.
Shu tariqa kelasi mavsumda YChLda Italiya sharafini “Milan”, “Inter”, “Napoli” va “Yuventus” himoya qiladi.
2021/22-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida Italiyadan “Inter”, “Milan”, “Atalanta” va “Yuventus” qatnashgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)