• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qoch, ket, suv ombori to‘g‘oni buzildi, degan vahima bilan uyg‘ongandik”. Sardobaliklar ikki yil avvalgi to‘g‘on buzilishini qanday eslaydi?

    Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ro‘y bergan eng katta texnogen fojia — 2020-yil 1-may kuni sodir bo‘lgan Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi nafaqat sirdaryoliklar, butun O‘zbekiston xalqi yodida qoldi. Fojia sabab ko‘pchilik oilalar boshpanasidan ajraldi, bir umr yig‘ib-tergan mol-mulkidan mosuvo bo‘ldi. 2022-yilning 1-may kuni mazkur voqeaga ikki yil bo‘ldi. “Daryo” ijodiy jamoasi shu munosabat bilan Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida bo‘lib, sardobaliklar mazkur fojiani qanday esga olishi bilan qiziqdi.

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining suv urib ketgan qismi.

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining suv urib ketgan qismi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Voqea hozirgidek yodimda, xotiramda muhrlanib qolgan

    “Ertalab uyqudan qoch, ket, bo‘ldi suv ombori urib ketdi, degan vahimali ovoz bilan uyg‘ondik. Kim qanday ulov topsa, o‘shanga minib, qocha boshladi. Amallab ‘betonka’ga yetib oldik. Mazkur fojiaga ikki yil bo‘lgan bo‘lsa-da, voqea hozirgidek yodimda: o‘sha kunlar xotirada muhrlanib qolgan”, — deydi voqea guvohlaridan biri Begali Tursunboyev.

    Begali Tursunboyev.

    Begali Tursunboyev.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Suhbatdoshning ma’lumot berishicha, u yashagan uy va suv ombori to‘g‘oni orasida taxminan 6—7 kilometr masofa bor.

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining suv urib ketgan qismiga yaqin hudud.

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining suv urib ketgan qismiga yaqin hudud.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Mazkur to‘g‘on bizdan olti-yetti kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lsa-da, o‘sha kuni suvning vahimali ovozi uyimizgacha eshitilgan. Bu ovoz bizni battar qo‘rqitgan. O‘shanda qochib ketib, ikki kundan keyin uyimizga keldik. Kelsak, hamma joy vayron bo‘lgan. Uylar qulab tushgan, judayam qo‘rqinchli ahvolda edi. Ammo bugun ko‘rmagandek bo‘lib ketdik. Buning uchun prezidentimizga rahmat”, — deydi voqeani esga olgan suhbatdosh.

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining suv urib ketgan qismi.

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining suv urib ketgan qismi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Suvning birinchi manzili “Qo‘rg‘ontepa” mahallasi bo‘lgan 

    Suv ombori to‘g‘oni buzilgach, dastlab to‘g‘ondan 6—7 kilometr uzoqlikdagi “Qo‘rg‘ontepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan xonadonlarni suv bosgan.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “O‘sha kuni saharlikdan so‘ng, ko‘chaga chiqdim. Chiqsam, ko‘chalarimizni suv bosib, ‘lotok’lar to‘lib oqayotgan ekan. Shunda yon qo‘shnimiz ham ko‘chadaligini ko‘rib, qo‘shni, suvni kim haydayapti, nega buncha ko‘p suv, suv yo‘lining qayeridir yopilib qolganmi, deb so‘radim. Qo‘shnim esa bilmadim, degach, o‘zaro gaplashib o‘tirdik. Birozdan so‘ng o‘g‘lim uydan chiqib, opa nega meni vaqtliroq uyg‘otmadingiz, mollarni dashtga haydashim kerak edi, dedi, hali ham vaqtli haydasang bo‘ladi, dedim. Shunda o‘g‘lim molni haydab ketar chog‘i, opa keliningizga ayting, kelgunimcha choy qilib tursin, dedi. Xo‘p, deb qo‘shnim bilan suhbatlashishda davom etibman.

    Malika Abdullayeva.

    Malika Abdullayeva.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Oradan qancha vaqt o‘tdi bilmayman, o‘g‘lim chopqillab kelayotgan ekan. Uni ko‘rib, kelinimni uyg‘otishim kerakligi yodimga tushdi va chopib uyga kirib, choy qo‘yishga urindim. O‘g‘lim yetib kelib, choy qo‘ymang, meni diqqat bilan, jim turib eshiting, dedi. Xo‘p deb, eshita boshladim. Shunda o‘g‘lim suv ombori dambasini suv urib ketibdi, qoching, dedi. Men esa hazillashma dedim. O‘g‘lim esa hazillashmayapman, suv momomlarning uyi yoniga keldi, tez qoching, dedi. Demak, jiddiy gapiryapti ekan deb, oyoq kiyimimni ham teskari kiygancha, qocha boshladim. Biroz yugurganimdan so‘ng o‘g‘lim yana chaqirdi. Ha, desam qaytib, hujjatlarni oling, dedi. Keyin uyga kirib, hujjatlarni oldim. O‘g‘lim esa nabiralarimni, kelinimni uyg‘otib, ularni velosipediga mindirib, qocha boshladik”, — deydi shu mahallada yashovchi Malika Abdullayeva.

    Suv uylar devori baravar oqqan va usti qop-qora rangda bo‘lgan

    Malika opaning eslashicha, o‘sha kuni vahima bilan kelgan suv uylar devori baravar oqqan va usti qop-qora rangda bo‘lgan.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Dastlab ikkita mashina oldiga bordik. Sig‘madik. So‘ngra uchinchi mashinaga chiqib, to‘rtinchi sovxozga qarab qochdik. Yo‘lda yana suvga duch keldik. To‘rtinchi sovxoz tomonni ham suv bosgan ekan. Ortga qaytib, boshqa yo‘l izladik. Yo‘lda har kuni tong azonda mollar yig‘iladigan joyga ko‘zim tushdi. Dashtga olib chiqilishi lozim bo‘lgan mollarni ham suv aylantirib, u yoqdan bu yoqqa oqizib ketayotgan ekan. Ko‘z oldimda ko‘plab mollar suvga g‘arq bo‘ldi. Suv shu darajada ko‘p va vahimali ediki, tomlar baravar bo‘ldi. Yerda suv, o‘rtasida esa loyqa, tumonat bo‘lib oqardi. Shunda biz mingan mashina haydovchisi ham vahimaga tushib qoldi. Keyin to‘xtab, suv yo‘nalishini aniqlashga urindi. Va oxirida yo‘l topib, ‘betonka’ tomon yura boshladik”, — deydi Malika Abdullayeva.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Qo‘rg‘ontepa” mahallasida yashovchi yana bir fuqaro Fotima Xo‘janova voqea sodir bo‘lgan kuni oziq-ovqat do‘koniga qarab yo‘l olganini, yo‘lda hamma joyni suv bosayotganini ko‘rgach esa vahimaga tushib qolganini aytmoqda.

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining suv urib ketgan qismi.

    Sardoba suv ombori to‘g‘onining suv urib ketgan qismi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “O‘sha kuni tong azonlab, savdo do‘koniga oziq-ovqat olib kelish uchun yo‘l oldik. Yarim yo‘lda bir mashinaga duch keldik, mashinadagilar bu tomonni suv bosibdi, ortga qaytinglar, deyishdi. Biz esa ularning vahimasiga e’tibor bermay, yana yurishda davom etdik. Sal yurganimizdan so‘ng loyqa suv oqib kelayotganini ko‘rdik. Tezda ortga qaytib, uydan nabiralarimni olishga shoshildik. Mahallaga qaytib kelsak, suv bosayotgani uchun ichkariga kiritishmadi. Mahalladagilar uyidan chiqib ketganini aytishdi. Keyin nabiralarim va bolalarimni ham topdim. O‘g‘lim bizni 7-sovxozga olib borib tashlagach, odamlarga yordam berish uchun mahallaga qaytdi”, — deydi Fotima Xo‘janova.

    Fotima Xo‘janova.

    Fotima Xo‘janova.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Navbatdagi suhbatdosh Buvmayram Haydarova voqea sodir bo‘lgan kuni qo‘ni-qo‘shnilaridan dambani suv uribdi, degan gapni eshitganini, ammo e’tibor ham bermaganini aytmoqda.

    Hamma jon talvasasida o‘zini xavfsiz joyga olib qochardi

    “Men o‘sha kuni juda vaqtli uyg‘ongandim. Suvning shovqinini ham eshitmaganman. Bemalol sigirlarni sog‘ib, ishlarimni qildim. So‘ng nabiram Bekzodga mollarni haydashi kerakligini aytib, damba ochilganmish, mollarni tezroq hayda, dedim. Shunda o‘g‘lim va dadasi yotgan joyidan sakrab turdi va o‘g‘lim damba deganingiz suv ombor dambasimi, dedi. Shunda ko‘chaga chiqib qarasak, hamma qochayotgan ekan. Biz ham ularga qo‘shilib qocha boshladik. Hamma jon talvasasida xavfsiz joyga qochardi”, — deydi voqea haqida gapirib bergan Buvmayram Haydarova.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Buvmayram opaning aytishicha, u suvdan qo‘rqib, qochaman deya oyog‘ini ham chiqarib olgan.

    Buvmayram Haydarova.

    Buvmayram Haydarova.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Yosh bolalardan biri yig‘lar, biri non so‘rab baqirardi

    “Qochib ketayotib, noto‘g‘ri harakat qilganimdanmi oyog‘im chiqib ketdi. Ammo to‘xtashga va hatto orqaga qarashga qo‘rqqanimdanmi oyog‘im chiqqaniga ham e’tibor bermay, qochib ketaverdim. Yo‘lda tumonat odam. Qari va kesa kishilarni bolalari aravaga solib olib ketishayotgandi. Hamma jonini qutqarish uchun ‘betonka’ tomon qochib ketardi. Manzilga yetganimizda yosh bolalardan biri yig‘lar, biri non so‘rab baqirardi. Yana biri esa yaqinlarini yo‘qotib qo‘yib, qo‘rqqanidan yig‘lardi. Shunda oyoqlarimga e’tibor bersam, og‘rimayapti. O‘z joyiga tushgan ekan. Keyin bizni Milliy gvardiya va IIB xodimlari mashinalarda 26-sovxozga olib borishdi. U yerdagilar esa bizga joy tayyorlab, dasturxon tuzashdi. Ancha yordam ko‘rsatishdi. Hozir shu voqealarni eslayapman-u, qo‘rqib ketyapman. O‘tib ketgani rost bo‘lsin”, — deydi Buvmayram Haydarova.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi va u yerda yashovchi aholi vakillari.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi va u yerda yashovchi aholi vakillari.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Ulbozor Norbo‘tayeva voqea sodir bo‘lgan kuni nabirasini yo‘qotib qo‘yganini esladi.

    Ulbozor Norbo‘tayeva.

    Ulbozor Norbo‘tayeva.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Qocha-qoch paytida nabiramni yo‘qotib qo‘ydik

    “Saharlikdan so‘ng ko‘chamizda baqir-chaqir ovoz eshitildi. Ko‘chaga chiqsam, hamma traktor tirkamasiga chiqayotgan ekan. Qo‘shnilarimiz vaqtli turib, chopiqqa ketayotgan ekan-da deb, yana uyga qaytib kirdim. Kirsam, kelinim ayajon suv ombori to‘g‘oni buzilibdi, ketamiz, dedi. Kelinimdan voqeani eshitib, qo‘rqib ketdim va oiladagi sakkiz nafar kishi odamlarga qo‘shilib, qocha boshladik. Shu ketishda yetti kilometr yo‘lni piyoda bosib o‘tdik. Qocha-qoch paytida oilamizdagi sakkiz kishi har tarafga qarab ketgan. Shunda nabiramni yo‘qotib qo‘ydik. Men kichik o‘g‘limga bolang qani deyman, o‘g‘lim esa uyda otam qolib ketdi, qaytaman, deydi. Shunda o‘g‘lim mening piyoda ketayotganimni ko‘rib, onajon, siz qolib ketsangiz, men qanday yashayman, deb traktor tirkamasidan tushib qoldi. Men esa bolamga yurishda davom et, otang va men katta odamlarmiz yetib olamiz, deyman. Xullas, o‘sha kuni ancha qiynalib, xavfsiz joyga yetib oldik. Keyin nabiramni ham topdik. Uydagilar ham yetib kelishdi. Ammo uylarimiz judayam qo‘rqinchli ahvolga tushdi”, — deydi Ulbozor Norbo‘tayeva.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi va u yerda yashovchi aholi vakillari.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi va u yerda yashovchi aholi vakillari.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Ulbozor Norbo‘tayevaning yodga olishicha, mahalladoshi Nurali Xolmamatov o‘zining Damas mashinasida mahalla odamlarini xavfsiz hududga tashigan.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning biri.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning biri.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Nabiramni ham shu yigit topib bergandi. Damas mashinasida o‘z jonini xatarga qo‘yib, barcha mahalladoshlarni xavfsiz hududga tashigandi”, — deydi suhbatdosh.

    Toshqindan so‘ng 31 yoshli yigit vafot etgan

    Toshqin voqeasidan 21 kun o‘tib, barchaga yordam bergan 31 yoshli Nurali Xolmamatov vafot etgan.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.

    “Qo‘rg‘ontepa” MFY hududida joylashgan xonadonlarning ayni kundagi ko‘rinishi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Alloh rahmat qilsin, voqeadan ko‘p o‘tmay 22-may kuni vafot etdi. O‘sha kungi voqeadan juda qo‘rqib, yuragi olingan, yuragida dard paydo bo‘lgan deyishdi”, — deydi Ulbozor opa.

    Qo‘rg‘ontepaliklar bugungi kuniga shukrona aytib, O‘zbekiston prezidentining e’tibori va tashabbusi bilan yangi uy-joylarga ega bo‘lganini, yo‘qotilgan barcha mol-mulklari o‘rni qoplanganini aytmoqda.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Biz prezidentimizdan bir umrga minnatdormiz. Toshqinda qolgan uylarimiz o‘rniga barcha sharoitlari bor yangi uylar qurib berdi. Bugungi kunda bizga issiq suv, sovuq suv, gaz ham keldi”, — deydi qo‘rg‘ontepaliklar.

    Operatorlar: Ma’murjon Obrahmatov, Dilruh Isomiddinova

    Mavzuga doir: 

    • “Tirik qolsam boraman, bo‘lmasa rozi bo‘l”. Sardoba toshqiniga birinchilardan bo‘lib yuzma-yuz kelgan Davlat hikoyasi
    • “Sardobadanligimizni aytsak, taksichilar pul olmasdi”. Toshqindan omon qolgan Qur’on va Ziroat Mirziyoyevaning ro‘moli haqida O‘sarovlar hikoyasi
    • “O‘rtoq kapitan, qo‘limni qo‘yib yubormang”. Sardoba toshqinida halok bo‘lgan, bedarak ketgan va omon qolgan uch gvardiyachi tarixi

    01.05.2022, 10:28   Izoh (0)   69031
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘amxo‘rlik — milliy qadriyatimiz

    01.05.2022, 10:01

    Mudofaa vazirligi O‘zbekiston harbiy dronlari Afg‘oniston havo hududini buzib o‘tgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    01.05.2022, 09:47

    Surxondaryoda fermer xo‘jaligiga tegishli 6 sotix yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi

    01.05.2022, 09:32

    Toshkent—Sharm al-Shayx—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7-maydan muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

    01.05.2022, 09:05

    “O‘zbekiston chegarani noqonuniy kesib o‘tgan harbiy samolyot va vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarmaydi” — Ismatulla Irgashev

    01.05.2022, 08:15

    Toshkent moxovzori o‘rnida qurila boshlagan kombinat, “Ozodlik” radiosi bilan ishlaydigan “Xalq so‘zi”, “Tashselmash”dan she’riy reportaj. O‘zbek matbuoti 1-mayda

    01.05.2022, 07:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:52

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Raqobat qo‘mitasi aldamchi konsalting firmalaridan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 11:40

    AQSH elchixonalari xorijiy talabalarga viza berishni davom ettiradi

    Dunyo | 19 iyun, 11:13

    Eldor Shomurodov Turkiya Superligasiga yo‘l olmoqda — manba

    Sport | 19 iyun, 11:01

    “Aqlli” ko‘zoynak, restoran, krossovka: jahonga mashhur yulduzlar oddiy odamlarga qanday yordam beradi?

    Layfstayl | 19 iyun, 10:59

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.