Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyevaning qamoqqa olingani xabar berilgandi. Qashqadaryo prokuraturasi mazkur xabarni rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan 4 milliard 198 million so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari talon-toroj qilingani yuzasidan tuman hokimining sobiq o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya bo‘limi boshliqlari — jami uch nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan ayblov qo‘yilib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Qarshi tumanining sobiq hokimi Maqsuda Mustafoyeva ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan. Ayrim shaxslar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda sobiq hokim jinoiy ish doirasida aybdor deb topilib, qamoqqa olinganligi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatilmoqda. Aholi orasida yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish tegishli javobgarlikni keltirib chiqarishi haqida ogohlantiramiz”, — deyiladi viloyat prokuraturasi axborotida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda sentabr oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi
Sport
Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 7 ta gol urilgan o‘yinda Bahraynni tor-mor etdi
Dunyo
Alla Pugachyova qasrini 1 milliard rublga sotuvga qo‘ydi