Mirmuhsin Sultonov hukumatning tegishli qarori bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.
Mirmuhsin Sultonov tayinlovga qadar Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i lavozimlarida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning noyabrida Davron Vahobov nomzodi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga ma’qullangan va bu taklif prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.
Avvalroq Shohrux Aminov bosh prokurorning yangi o‘rinbosari etib tayinlangani, Axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga yangi rahbar tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)