Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi masjidda portlash yuz berdi. Oqibatda 50 nafardan ziyod odam halok bo‘ldi. Bu haqda masjid imomining gaplariga tayanibб Reuters xabar bergan. Portlash juma namozi vaqtida sodir bo‘lgan.
Hukumat portlash oqibatida 10 nafar odamning halok bo‘lganini rasman tasdiqlagan. Mahalliy shifoxona portlashdan keyin 21 nafar yarador olib kelinganini xabar qilgan.
Bu Afg‘onistonda oxirgi kunlarda kuzatilgan portlashning birinchisi emas. Avval 29-aprel kuni mamlakat shimolidagi Balx viloyatida portlash sodir bo‘lgan va 10 nafar odamni hayotdan olib ketgandi. Shuningdek, o‘tgan haftada ketma-ket yuz bergan bir nechta portlashlar tufayli 100 nafarga yaqin odam yaralangan, 40 nafar kishi halok bo‘lgandi.
2021-yil avgust oyidan buyon Afg‘onistonda hukumat “Tolibon” harakati tomonidan boshqarilmoqda. Rossiya TIV va yana boshqa bir qator davlatlar toliblar inklyuziv hukumat tuzsa ularning boshqaruvi tan olinishi mumkinlgini bildirgan.
Izoh (0)