• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahar sudi raisi jurnalistlardan tilxat talab qilmoqda. Bu noqonuniy!

    Toshkent shahar sudi raisi tashabbusi bilan televideniye jurnalistlaridan tilxat olinmoqda. “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov ushbu tilxat nima maqsadda va qaysi qonuniy asosga ko‘ra talab qilinayotganini o‘rgandi.

    Jurnalistlar ochiq sud majlislarida ishtirok etish va erkin axborot olishlarida haligacha to‘sqinliklar uchrab turibdi. Oliy Sud plenumining “Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”gi qarorida jurnalistlarning ochiq sud majlislarida hozir bo‘lish tartibi ko‘rsatib o‘tilgan. Afsuski, aksar sud majlislarida ushbu plenum qarori sudyalarga eslatishga, ba’zan o‘qib berishgacha bo‘lgan holatlar uchramoqda. Ushbu plenum qarori yetmaganidek, Toshkent shahar sudi raisi tashabbusi bilan sud majlislarida ishtirok etish istagini bildirgan jurnalistlardan tilxat olinmoqda.

    Jurnalistdan tilxat talab qilish holatiga Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida ochiq sud majlisida ishtirok etmoqchi bo‘lgan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev duch kelgan. Sudga raislik qiluvchi Husan Hamidov majlisda ishtirok etish uchun dastlab tilxat talab qilgan, keyin tahririyat nomidan xat olib kelishni so‘ragan.

    “Marhum sportchi Kamoliddin Rasulov o‘limi bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudiga borib, jarayonni yoritish istagini bildirganimizda sudya Husan Hamidov buning uchun ‘Daryo’ internet-nashri tomonidan rasmiy xat berilishi kerakligini bildirdi. Sudya tahririyatning rasmiy xati va unga qo‘shimcha tarzda jurnalist sud jarayonlarini syomka qilsa-da, ish yakuniga yetib, hukm o‘qilmaguncha jarayonni yoritmaslikka va’da berishi haqida tilxat ham yozib berilishini talab qildi. Ammo birozdan so‘ng, faqat tahririyat nomidan rasmiy xat bo‘lishi lozimligi va jarayonni sud yakuniga qadar yoritmaslik haqida xatda yozilishi kerakligini bildirdi. Shu sabab sudning ikkinchi majlisidagi axborotni ruchkada oq qog‘ozga yozib olishga majbur bo‘ldik. Sud majlisining uchinchi kunida esa rasmiy xat berilishiga qaramasdan faqat audioyozuv olishimizgagina ruxsat berildi. Sudya buning sababi sifatida esa sud ishtirokchilari, jumladan, prokuror fuqaro kiyimida kelganini, shu sabab uni va sud ishtirokchilarini maxsus formada bo‘lmaguncha tasvirga olishga, hatto suratga tushirishga ham ruxsat berolmasligini bildirdi. Keyingi sud majlisidan boshlab jarayondan audio, video hamda fotomateriallar olishga muvaffaq bo‘ldik”, — dedi “Daryo” muxbiri.

    Ushbu jinoyat ishi yakuni bo‘yicha 14-mart kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisi tugaganidan so‘ng, televideniye xodimlaridan tayyor yozib qo‘yilgan tilxatga qo‘l qo‘ydirib olingan. Ba’zi jurnalistlar tilxat olinayotgani bo‘yicha e’tiroz bildirgan bo‘lsa, ba’zilari imzo qo‘yib bergan.

    Yana shunday tayyor yozib qo‘yilgan “tilxatbozlik”ka 18-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumanida o‘tgan sud majlisidan so‘ng jurnalistlar duch kelgan. Tilxatda shunday deyiladi:

    Jurnalistlarga imzo qo‘ydirib olingan tilxat namunasi

    Jurnalistlarga imzo qo‘ydirib olingan tilxat namunasi

    “..ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqib, sud hukmi e’lon qilindi. Ushbu sud majlisida tasvirchim bilan birga ishtirok etdik va sud majlisini efirga uzatish maqsadida tasvirga oldik.

    Mazkur sud majlisidan efirga uzatish uchun tayyorlangan lavhada aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilgan holda sudlanuvchi va jabrlanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari va yuzlari ko‘rsatilmaydi, shaxssizlantirilgan holda efirga berilishini kafolatlayman”.

    Jurnalistlardan tilxat talab qilish normasi hech qaysi qonunda va plenum qarorida qayd etilmagan. Shu bois tilxat nima maqsadda va qaysi qoidaga ko‘ra talab etilayotganiga izoh olish maqsadida “Daryo” muxbiri Toshkent shahar sudining Jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik bo‘yicha bosh konsultanti Sadoqat Allaberganova bilan bog‘landi. Sud xodimi muxbir bergan savollarga javob berishdan ko‘ra, nima uchun ushbu material yozilayotganiga qiziqib, qayta-qayta so‘rayverdi. Muxbir mavzu tahririyat uchun muhim deb topilgani bois o‘rganilayotganini tushuntirgan va boshqa izoh berolmasligini aytgan. Bunga javoban shahar sudi xodimi Sadoqat Allaberganova jurnalistga holat yuzasidan ma’lumot berishdan bosh tortgan. Bu holatda shuni eslatib o‘tish joizki, qonunchilikda jurnalistning jurnalistik faoliyatiga aralashish taqiqlangan va bunga tegishlicha javobgarlik bor.

    Axborot xizmatidan tegishlicha ma’lumot ololmaganimizdan so‘ng, Toshkent shahar sudiga murojaat bilan bordik. Fuqarolarni qabul qilish xonasida o‘zini Farhod deb tanishtirgan devonxona mudiriga raisdan bir holat yuzasidan izoh olish uchun kelganimizni aytdik. U birozdan so‘ng axborot xizmati xodimi Sadoqat Allaberganovaning telefon raqami yozilgan qog‘ozni berdi va u bilan bog‘lanishimizni aytdi. Xodimga axborot xizmati ma’lumot berishni istamayotgani bois raisdan izoh olgani kelganimizni tushuntirdik. U shahar sudida yana bir antiqa “tartib” borligini aytdi: jurnalistlar faqat matbuot xizmati orqali murojaat qilishlari mumkin va boshqacha tarzda esa mumkin emas.

    Ishonamizki, Sudyalar Oliy kengashi va Oliy sud Toshkent shahar sudi raisi tomonidan o‘rnatilgan g‘ayriqonuniy tartiblarga huquqiy baho beradi. Jurnalistik faoliyatga to‘sqinlik qilish va axborot berishdan asossiz bosh tortgan mas’ullarga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘riladi.

    Tilxat muammosiga duch kelgan “Zamon” informatsion dasturi muxbiri Mo‘tabar Nurmuhammedova bilan bog‘lanib, undan holat yuzasidan izoh oldik:

    “Men Toshkent shahar sudining bu ishini Oliy sud plenum qaroriga bepisandligi deb tushunaman. Birinchidan, men sudlarni yoritib kelayotganimga 10 yildan oshdi. Aybsizlik prezumpsiyasi nima ekanini bilamiz, buni har daqiqada eslataverish, jurnalistni tergayverish — unga bo‘lgan hurmatsizlik. Men sudning shu talabini tushunmadim. Plenum qarori bo‘lsa, yana hech qanday yuridik kuchga ega bo‘lmagan tilxat kimga, nega kerak? Matbuot kotibining aytishicha, bu shahar sudi raisining o‘ylab topgan talabi emish” — dedi Mo‘tabar Nurmuhammedova.

    “Mening yurtim” telekanali muxbiri Yulduz Olimovaning aytishicha, sud ishida qatnashgan shogirdiga ham tilxatga qo‘l qo‘ydirib olingan.

    “Shogirdim ish boshlaganiga hali ko‘p bo‘lmadi. Shu uchun u indamay qo‘l qo‘yib beribdi. Lekin men bunday tilxatlar yozdirilishiga qarshiman. Har bitta harakatning tagida uning huquqiy asosi bo‘lishi kerak. Qani, qaysi asosga ko‘ra bizga tilxat yozdirishmoqda? Agar ular aytayotgandek aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaydigan bo‘lsak, o‘zimiz javob beramiz. Shahar sudining bu xatti-harakatlarini jurnalistlarga bosim va faoliyatimizga aralashuv deb baholayman. Shundoq ham plenum qarori ishlamaydi. Masalan, biz shahar sudining matbuot xizmati taklifiga ko‘ra sud ishini yoritishga borsak, eshiklar ochiq bo‘ladi, hech qanday muammo bo‘lmaydi. Hatto taraflardan tasvirga olish so‘ralmaydi ham. Agar biz o‘zimizning tashabbusimiz bilan biror sud majlisida ishtirok etish uchun borsak, ko‘pincha sud zaliga kiritilmaymiz. Vaholanki, ikki tomon ish OAVda yoritilishiga rozi bo‘lsa ham, sudyalar qarshiman, kamerasiz kiringlar, degan e’tirozni bildiradi. Sudlar to‘liq ochiq ish olib bormoqda deb aytolmayman”, — dedi “Mening yurtim” telekanali muxbiri.

    Sudyalar Oliy Kengashi axborot xizmati rahbari Tursunali Akbarov esa holatni quyidagicha izohladi:

    Tilxat masalasida: “Bunday amaliyot jurnalist va blogerlar orasida turli bahs-munozaralarga sabab bo‘layotganini tushunish mumkin. Yashirishning hojati yo‘q: Sud protsessi ommaviy axborot vositalarida yoritilishi jarayonida jurnalistlar tomonidan muayyan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishi holatlari yuz berayotgani bor gap. Xususan, hali hukm qonuniy kuchga kirmay jinoyat ishi tafsilotlarini boricha bayon qilish, sudlanuvchi yoki jabrlanuvchilarning ismi-sharifi to‘liq yozilishdan tashqari, ularning yuz qiyofasini ochiq ko‘rsatib yuborish holatlari ham ro‘y bermoqda. Buning uchun ularning roziligi talab etiladi. Aybsizlik prezumpsiyasining talabi ham shu. Natijada sudlanuvchi yoki jabrlanuvchi tomonidan OAV xodimlariga nisbatan sha’n va qadr-qimmatni himoya qilish hamda ma’naviy zarar undirishga oid fuqarolik sudlariga da’vo arizalari kiritilishi holatlari kuzatilmoqda. Siz aytayotgan “tilxat masalasi” OAV xodimlarining huquqini cheklash emas, balki mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida qilingan chora. Shu nuqtayi nazardan holatni bo‘rttirish maqsadga muvofiq emas. Muhimi, niyat yaxshi.
    Agar Sudyalar Oliy kengashi keltirgan argumentlarga e’tibor berilsa, birinchidan, go‘yoki jurnalistlarni ular ogohlantirish va ularni kelgusida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishga qaratilgan. Xo‘p, bu yaxshi. Lekin bu kabi eslatmalar qonunlarda takror va takror aytib o‘tilgan. Yana bir qayta takrorlash va buni hech qanday normasiz amalga oshirish kimga kerak? Ikkinchidan, agar jurnalist faoliyati davomida qonunlarni buzayotgan bo‘lsa, bunga huquqiy baho beruvchi sud bor va o‘sha jurnalist qilmishi uchun o‘zi javob beradi. Uchinchidan, sudyalar ham qonun buzyapti, korrupsion holatlar bilan jazoga tortilmoqda. Agar shahar sudi mantig‘i bilan yondashadigan bo‘lsak, har ish oldidan sudyalardan ham tilxat olish kerak!

    28.04.2022, 14:21   Izoh (0)   23542
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda qurol muomalasi sohasidagi nazorat ichki ishlar organlariga o‘tkazilmoqda

    28.04.2022, 13:20

    O‘zbekistonda texnikum bitiruvchilari OTMda o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

    28.04.2022, 13:13

    Qashqadaryoda qo‘ng‘ir ayiq bolasining o‘ldirilgani bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Ichki ishlar organiga o‘tkazildi

    28.04.2022, 12:35

    Buxoroda keshbek chekini talab qilgan fuqaroni “samosud” qilganlar ushlandi. Ular orasida soliq idorasi xodimi ham bor

    28.04.2022, 12:13

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston chegarasida qo‘shimcha 3-4 ta nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi mumkin

    28.04.2022, 12:06

    DXX Toshkent tumanida hokim yordamchisini qo‘lga oldi

    28.04.2022, 11:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mirziyoyev, Berdimuhamedov va Aliyev uchrashuvi: transport, energetika va savdo sohasida kelishuvga erishildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:46

    Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarga darz ketishi mumkin

    Dunyo | 22 avgust, 19:40

    Hindistonda politsiya kaptarni qo‘lga oldi

    Dunyo | 22 avgust, 19:30

    BMT bosh kotibi G‘azodagi ochlikni sun’iy ofat deb atadi

    Dunyo | 22 avgust, 19:20

    Bosh vazirga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati va Turdimovning ustozligi: Surxondaryo hokimi bilan eksklyuziv suhbat

    O‘zbekiston | 22 avgust, 19:08

    O‘zbek yo‘lsozlari tarixda ilk marta obyektni 48 soatda qurib foydalanishga topshirdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:55

    Uy bekasidan muvaffaqiyatli tadbirkorgacha: ajoyib g‘oyalari ortidan boyib ketgan ayollar hikoyasi

    Layfstayl | 22 avgust, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.