Mashhur turk aktrisasi Ebru Shahin basketbolchi Jedi Usmon bilan nikoh to‘yiga hozirlik ko‘rmoqda. Keng tarqalgan xabarga ko‘ra, juftlikning to‘y marosimi ikki marta bo‘lib o‘tadi.
Ma’lum bo‘lishicha, to‘y Turkiya hamda Jedi Usmon sport karyerasini qurayotgan Amerikada bo‘lib o‘tadi.
Jedi va Ebru turkiyalik mashhurlar orasida eng go‘zal juftliklardan biri hisoblanadi. Shuningdek, Ebruning muxlislari nihoyat aktrisaning to‘yi bo‘layotganidan juda xursand.
Eslatib o‘tamiz, aktrisa o‘zbek tomoshabinlariga “Istanbullik kelin” hamda “Beqaror” seriallari orqali tanish.
Izoh (0)