Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 15-maydan boshlab Buxoro—Istanbul—Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Buxoro—Istanbul—Buxoro yangi xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar haftada ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Avvalroq Toshkentdan Rossiyaning Mineralniye Vodi shahriga aviaparvozlar soni oshirilishi, Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni endi haftasiga 3 marta yo‘lga qo‘yishi, ikki yillik tanaffusdan so‘ng Toshkentdan Parijga muntazam aviaqatnovlar tiklanishi to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)