Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Milliy Olimpiya qo‘mitasida 25-aprel kuni stol tennisi federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda Kudbiyev federatsiya raisligiga saylangan.
Shu kunga qadar ushbu lavozimda Saida Mahmudova faoliyat yuritib kelayotgandi.
Avvalroq Kudbiyev Soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut rektori etib tayinlangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)