Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqandda yo‘l-harakati xavfsizligi xodimlarining faoliyati tanqidiy muhokama qilingan. Muhokama so‘ngida Samarqand viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga yangi tayinlangan rahbar — polkovnik Shavkat Boyxo‘rozov shaxsiy tarkibga tanishtirilgan.
Tayinlovga qadar Boyxo‘rozov Xorazm viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov 2022-yilning fevral o‘rtalarida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Avvalroq Marhamat, Nurota va Yozyovon tumanlari IIBga rahbarlar tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)