“Real” futbolchilari David Alaba va Kazemiro Chempionlar Ligasi yarim finali doirasidagi “Manchester Siti”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, Alabaning o‘ng oyog‘i mushaklarida shikastlanish aniqlangan. Himoyachi “Osasuna”ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Seshanba kuni mashg‘ulotlar vaqtida Kazemironing tizzasida muammolar yuzaga kelgan.
“Manchester Siti” va “Real” o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki uchrashuvi 26-aprel sanasida bo‘lib o‘tadi.
Chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi jarohatidan forig‘ bo‘lib safga qaytgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)