• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qo‘shnimizning darvozasi oldidan bir o‘lik chiqdi — yoshgina qiz ekan”. Forishliklar Egizbuloqdagi sel oqibatlari haqida

    Jizzax viloyatining Forish tumanidagi sel oqibatlari va uning odamlar hayotiga ta’siri haqida gapirgan forishlik yana bir ayol Muhayyo Soyibova “Daryo” bilan suhbatda o‘sha kuni ko‘rgan-bilganlarining eng dahshatlisi qo‘shni hovli darvozasi oldidan yosh qizning murdasi topilganini aytmoqda.

    “O‘sha kuni kechki payt soat beshlarda ishdan qaytdim. Kelsam, uyimiz tomonga hech kimni o‘tkazishmayapti. Biz ham uyga o‘tolmadik. Shu yerda qutqaruvchilar qo‘shnimizning suvda oqib ketgan nabiralarini izlashayotgan ekan. Keyin qo‘shnimizning darvozasi oldidan bir jasad topishdi. Yosh qizning murdasi ekan. Qo‘lma-qo‘l qilib ko‘tarib, shifoxonaga olib kirib ketishdi”, — deydi Muhayyo Soyibova.

    Muhayyo Soyibova.

    Muhayyo Soyibova.
    “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Suhbatdosh ayolning aytishicha, o‘sha kuni ular uyiga o‘tkazilmay, yuqori tomondagi qo‘ni-qo‘shnilar xonadoniga yuborilgan.

    “O‘sha kungi dahshatli sel yoshi katta o‘qituvchini ham oqizib ketgan. Shuningdek, mahalla raisining kelini va ikki nabirasini olib ketgan. Yosh qizchalardan biri va onasining murdasi o‘sha kuni topilgan. Ikkinchi qizaloq murdasi esa keyingi kuni topilgan”, — deydi suhbatdosh.

    Egizbuloq qishlog‘ida yashovchi Shavkat Soyibov ham o‘sha kuni sodir bo‘lgan sel haqida gapirib, selga g‘arq bo‘lgan qizaloqlardan birining murdasini uyi yonidan topganini aytmoqda.

    Shavkat Soyibov.

    Shavkat Soyibov.
    “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “O‘sha kuni selda oqib ketgan 11-sinf qiz pochchamning qizi bo‘ladi. Yosh qizaloqlar va ularning onasi esa yuqoridagi qo‘shnimizning kelini va nabiralari edi. Men seldan zo‘rg‘a omon qolib, ko‘chaga chiqsam, uyimiz yonida burchakka tiqilib qolgan qizaloq murdasini ko‘rdim. Bu qo‘shnimizning nabirasi edi. Keyin bu haqda qutqaruvchilarga xabar berdim. Birozdan so‘ng esa o‘sha qizchaning onasi topildi. Ikkinchi qizaloq esa ertasi kuni ancha joyga oqib borgan manzilidan topildi”, — deydi Shavkat Soyibov.

    “Daryo” bilan suhbatda bo‘lgan Dilfuza Sayaqulova ham aynan shu 11-sinf o‘quvchisi haqida gapirib, “Ularning uyi selning aynan yo‘lida joylashgani uchunmi, ularda sel bizdan-da kuchli bo‘lgan. Qizning akasi onasi va singlisini qutqarish uchun ularni ushlagan. Onasini ko‘tarib olib, singlisiga o‘zini qattiq ushlab olishi kerakligini tayinlagan. Ammo, afsuski, qizning qo‘li akasini qattiq ushlolmay, chiqib ketgan va selda oqib ketgan”, — degandi.

    Shu qishloqda yashovchi Avaz Abdug‘aniyev suvga g‘arq bo‘lgan qizaloqlarning biri beshinchi, ikkinchisi birinchi sinf o‘quvchisi bo‘lganini aytmoqda.

    Avaz Abdug‘aniyev.

    Avaz Abdug‘aniyev.
    “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    “Sel bizdan yuqori yashovchi yana bir oilaning uch nafar vakilini, mahallamiz raisining kelini va ikki nabirasini oqizib ketdi. Xayriyatki, eng kichik qizi o‘sha kuni bog‘chada bo‘lgan va omon qolgan”, — deydi Avaz Abdug‘aniyev.

    Avaz Abdug‘aniyevning qo‘shimcha qilishicha, sel qurbonlaridan yana biri shu qishloqda yashovchi yoshi oltmishlarga borgan matematika fani o‘qituvchisi bo‘lgan.

    “Sel ustozimiz, matematika fani o‘qituvchisi ham oqizib ketgan. Uning murdasini ham sal naridan topishdi. Rahmatli juda yaxshi inson edi”, — deydi Avaz Abdug‘aniyev.

    Mavzuga doir: “Sakson yilda takrorlangan sel 12 daqiqada qishloq taqdirini hal qildi, bir oilaning uch nafar vakili o‘limiga sababchi bo‘ldi”. Forishda kelgan sel va uning oqibatlari haqida

    24.04.2022, 10:36   Izoh (0)   99492
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda mast haydovchi boshqargan Lacetti o‘zidan oldingi Matiz bilan to‘qnashdi

    24.04.2022, 09:31

    O‘zbekistonda temiryo‘l kesishmalaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi

    24.04.2022, 08:45

    O‘zXDPning G‘alaba kuniga tayyorgarligi, “tinchliksevar SSSR termoyadro urushiga qarshi”, “G‘irot mingan” Sulaymon Toshkentga kelmoqda. O‘zbek matbuoti 24-aprelda

    24.04.2022, 07:30

    Toshkentda to‘plangan olomon, Venetsiyadagi kentavr ayol, Nyu-York osmonidagi qora bulutlar. Hafta fotolari

    23.04.2022, 23:58

    “Bolam qani, tirikmi? Qaynotamga bergan birinchi savolim shu bo‘ldi”. Forishdagi selda bolasi 100 metr masofaga oqib borgan ayol hikoyasi

    23.04.2022, 23:49

    Toshkentda Nexia-3 20 yoshli piyodani urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘ldi

    23.04.2022, 23:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentdagi bankdan 90 ming dollar o‘g‘irlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 14:10

    Marsning Yerdagi eng katta “bo‘lagi” auksionda 4 million dollarga sotiladi

    Dunyo | 3 iyul, 14:01

    Marko Asensio faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 3 iyul, 13:55

    Tramp Vyetnam bilan savdo bitimi tuzilganini eʼlon qildi

    Dunyo | 3 iyul, 13:45

    Armaniston sobiq prezidenti korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 3 iyul, 13:35

    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

    Reklama | 3 iyul, 12:00

    Iskandar Hamroqulov 1,5 yosh farzandi OITSdan vafot etgani haqida so‘zlab berdi

    Shou-biznes | 3 iyul, 13:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.