Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida ichki ishlar organi xodimi va fuqaro o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Shahar IIBB holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat 23-aprel kuni soat 21:00 larda Bektemir tumanida sodir bo‘lgan. Toshkent shahar IIBB safdor xodimi N.Sh. va fuqaro J.S. o'zaro gap talashib, og'zaki tortishgan.
Videoda fuqaroning IIB xodimiga qarata “Yo‘lning o‘rtasida tushyapsan, urib yuborishimga sal qoldi, aqlli... Sen ishdan bo‘shaysan bugun... Kimni ‘terpila’ deyapsan? Qayerda ishlaysan? ‘Terpila’ ekanimni isbotlaysan. Ism-familiyang nima?”, deganini eshitish mumkin.
Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangani, yakuni bo‘yicha qonuniy chora ko‘rilishini ma’lum qilgan.
Avvalroq Toshkentda qoida buzgan Equinox haydovchisi YPX xodimlarini haqorat qilib, janjallashgani, Qashqadaryoda YPX xodimlari bilan janjallashgan haydovchi 14 sutkaga qamalgani xabar qilingan.
Izoh (0)