Uzbekistan Airways Toshkent shahridan Rossiyaning Mineralniye Vodi shahriga parvozlar sonini oshirmoqda. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent—Mineralniye Vodi—Toshkent xalqaro yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar muntazam ravishda yakshanba kunlari amalga oshirilmoqda. 2022-yil 4-maydan boshlab ular chorshanba kunlari ham amalga oshirila boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways Seulga parvozlarni endi haftasiga 3 marta amalga oshirishi xabar qilingandi. Bundan avval Red Wings aviakompaniyasi Maxachqal’adan Urganchga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygani, Termizdan Sankt-Peterburgga muntazam aviaqatnovlar tiklangani hamda Qozog‘istonning SCAT Airlines aviakompaniyasi Namanganga ilk parvozni amalga oshirgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)