Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Kitob tumanida yashovchi fuqaroning Suriyaga ketishining oldi olindi, deb xabar beradi O‘zA.

Xususan, 24 yoshli fuqaro Q.T. 2020—2021-yillar davomida Rossiyada ishlagan davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali jihodchilar diniy ekstremistik oqimi a’zolari ta’siriga tushib qolib, ularni qo‘llab-quvvatlagan.

Jumladan, u TikTok, Likee, Instagram ijtimoiy tarmoqlarida shaxsiy profillar ochib, unga xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning g‘oyaviy rahnamolari bo‘lgan Abu Saloh, Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy va boshqalarning jihod, hijrat hamda shahidlikka chorlovchi ma’ruzalarini joylashtirib, targ‘ibot ishlarini olib borgan.

Shuningdek, 2021-yilning dekabr oyida Rossiyadan doimiy yashash manziliga qaytib kelganidan so‘ng, hamqishloqlari orasida ham oqim g‘oyalarini faol targ‘ib qilgan. Bundan tashqari, Q.T. Suriyadagi jangarilar bilan aloqa o‘rnatib, ularning yo‘l-yo‘riqlari hamda ko‘rsatmalari asosida Rossiya va Turkiya orqali ularning safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Q.T. tomonidan tarqatib kelingan diniy mazmundagi materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tarqatish va saqlash taqiqlanadi.

Hozirda Q.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda Facebook orqali aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxs ushlangani, Sirdaryoda xalqaro terroristik tashkilotga a’zoligi uchun qamalgan mahkum qamoqxonadan turib ekstremistik guruh tuzgani, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ekstremistik tashkilotlarga aloqador 24 nafar shaxs qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda