Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi Atlas savdo majmuasida maishiy texnikalar uchun 70 foiz chegirma bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Natijada ko‘plab fuqarolar ushbu savdo majmuasida to‘plangan. Toshkent shahar IIBBning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur do‘kon yopilgan.
“Hozirda mazkur do‘kon yopilgani sababli arzonlashtirilgan narxda sotuv bo‘lmasligini sizga ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)