Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Manchester Yunayted” va “Arsenal” jamoalari 23-aprel, shanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Londonda o‘tgan bahs tezkor gol bilan boshlandi. Nunu Tavaresh 3-daqiqada hisobni ochdi, 32-daqiqaga kelib, Bukayo Saka 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, oradagi farqni oshirishga muvaffaq bo‘ldi. 2-daqiqaga o‘tar-o‘tmas esa Krishtianu Ronaldu qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga joylab, hisobni qisqartirdi. 70-daqiqaga kelib, Granit Jaka super goli bilan “to‘pchilar”ga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.

Qayd etish kerak, uchrashuvning 57-daqiqasida, hisob 2:1 bo‘lib turganida Manchester klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh penaltini aniq amalga oshira olmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Arsenal”ning ochkolari soni 60 taga yetdi va 4-o‘ringa ko‘tarildi. “Manchester Yunayted” esa 54 ochko bilan 6-pog‘onani band etib turibdi, “qizil iblislar”da YChL yo‘llanmasini taqdim etuvchi kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyati deyarli qolmadi.

APL

34-tur bahsi

23-aprel, shanba

“Arsenal” – “Manchester Yunayted” 3:1

Gollar: 1:0 – 3 Nunu Tavaresh, 2:0 – 32, penalti Saka, 2:1 – 34 Ronaldu, 3:1 – 70 Jaka.

“Arsenal”: Remsdeyl, Soaresh (Tomiyasu, 90), Gabriel, Uayt, Nunu Tavaresh, Jaka, en-Nenni, Edegor, Smit-Rou (Martinelli, 64), Nketia, Saka (Holding, 74).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Diogu Dalot, Varan, Lindelyof, Telles, Matich (Reshford, 77), Brunu Fernandesh (Mata, 84), Maktomini, Ronaldu, Sancho, Elanga (Lingard, 77).

Ogohlantirishlar: Telles (31), Jaka (67), Nunu Tavaresh (68), Brunu Fernandesh (76), en-Nenni (80), Lindelyof (82), Ronaldu (90).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)