• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Kechikkan inqilob: Erik ten Hag Manchesterda

    Bu yuz berdi. So‘nggi 5 yilda “Ayaks”da ishlagan Erik ten Hag “Manchester Yunayted” bilan 3 yillik kelishuvga erishdi. Niderlandiyalik mutaxassis hali ish boshlamasdanoq klub tizimida o‘zgarishlar yuz bermoqda. Oldinda esa “Manchester Yunayted”ni inqilobiy o‘zgarishlar kutayotgan bo‘lishi mumkin.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ser Aleks Fergyuson va undan keyingi “Manchester Yunayted” misoli shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddat bir shaxsga bog‘lanib qolish har qanaqasiga – hatto o‘tgan davr juda yorqin va yutuqli bo‘lsa-da ijobiy emas, salbiy jarayon.

    Fergyuson klubni tark etganiga 9 yil bo‘ldi. Bu orada Devid Moyes, Lui van Gal, Joze Mourinyo va Ole-Gunnar Sulsher bosh murabbiy sifatida ish olib bordi. Rayan Giggz, Maykl Kerrik va Ralf Rangnik kabi lavozimga kelishidan ilgariyoq bu o‘rinda qisqa muddat ishlashi ma’lum bo‘lgan insonlar ham bor. Yana mana shu oxirgi 9 yilda “Manchester Yunayted”ga yetishmagan muhim jihat – tanlovlarda ratsionallikning mavjud emasligi edi.

    Rahbariyat amalga oshiradigan murabbiy tanlovi, skaut hamda murabbiylarning transfer tanlovi va bosh murabbiyning tarkib tanlovi singari muhim o‘rinlarda tashqi bosim ta’siri ortib ketgandi jamoada. Shaxs sifatida shotlandiyalik qariyaning o‘zi Moyesni merosxo‘r sifatida tanlab boshlab bergan zanjir keyingi tanlovlarga ham ta’sir etgan. Keyinchalik muxlislar va tarixiy natijalar bosimi yuzaga chiqa boshladi. Klassik britancha futbol tarafdori bo‘lgan Devid Moyesdan so‘ng quyoshi so‘nib borayotgan tizim murabbiyi Lui van Gal, undan keyin qarama-qarshi qutbdagi uslub egasi Joze Mourinyo, so‘ng umidsizlik oqibatida omadga tayanib jamoaga qadrdon nom Sulsherga imkon berildi. Nazar tashlansa hech bir tanlov uzoq muddatli emasdi. Qo‘shimchasiga avvalgi tanlovlar ruhini keskin rad etardi.

    Aslida futbol klublarida salbiy natijalar kuzatilsa muxlislar tomonidan birinchi bo‘lib tanqidga uchraydiganlar bu — maydondagi futbolchilar va murabbiylar. Odatda shunday. Lekin “Manchester Yunayted”da so‘nggi o‘n yillik tendensiyasi boshqacharoq. Bu yerda yaqin-yaqingacha qarorlarni qabul qiluvchi Ed Vudvord (sobiq bosh direktori) va klubning egalari Gleyzerlar oilasi ham ulkan e’tiroz va katta bosim ostida edi. Bu ham muxlislarning asl muammo tayinlangan va tanlanganlarda emas, tayinlovchi va tanlovchilar ekanini tushunib yetganlaridan edi.

    Foto: The Sun

    Foto: The Sun

    Vudvord yil avvalida lavozimidan iste’fo berganidan xabardorsiz. Erik ten Hag bilan kelishuv hali e’lon qilinmasidan ilgari esa jamoani asosiy skautlar Jim Loulor va Marsel But tark etdi. Hozir barcha e’tibor Erik ten Hagda bo‘lishiga qaramay aslida klubda kuzatilayotgan o‘sha iste’folar, tektonik siljishlar Ralf Rangnik nomi bilan bog‘lanishi lozim. Aynan u murabbiy tayinlovi va tarkibdagi bo‘lajak jiddiy o‘zgarishlarga sharoit yaratdi.

    “3-4 nafar yangi futbolchi kam, buning o‘zi kifoya qilmaydi. Darvozabon pozitsiyasidan tashqari barcha nuqtalarga yangi futbolchilar zarur. Umuman klubni qayta qurilish kutmoqda”, — degandi so‘nggi intervyularining birida Rangnik.

    Germaniyalik mutaxassisning oxirgi oylardagi faoliyati yangi inshoot poydevori uchun qurilish hududini tayyor holatga olib kelishga o‘xshaydi. Ko‘p ehtimol yozda “Manchester Yunayted” tarkibini o‘nlab futbolchilar tark etadi. Bu o‘rinda qarorlar to‘liq yangi murabbiy ixtiyorida bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    O‘sha yangi murabbiyning o‘yin uslubi haqida bilishimiz kerak bo‘lgan jihatlar esa bugungi “Ayaks”da mujassam. Qisqa uzatmalarga qurilgan harakatchan, tezkor va kombinatsion o‘yin. Erik ten Hag 2013—2015-yillarda “Bavariya”da tajriba to‘plagan. Ikkinchi jamoani boshqarar ekan u o‘sha vaqtda asosiy jamoa murabbiyi bo‘lgan Xosep Gvardiolani yaqindan kuzatar, ispaniyalikning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubormaslikka intilardi. Ba’zan Pep bilan uzun bahsga kirishardi.

    Mavzuga doir: Erik ten Hag: “Manchester Yunayted”ni o‘zi loyiq bo‘lgan muvaffaqiyatga olib borish ishtiyoqidaman

    Albatta, Erik ten Hag Gvardiolaning faoliyatidan ta’sirlangan bir mutaxassis. Ammo ta’sirlanish o‘z yo‘liga. Bunday jarayon istalgan dahoning hayotida yuz berishi mumkin. Masalan, o‘sha Gvardiolaning o‘zi ham qachonlardir aynan gollandiyalik Yoxan Kroyfdan ta’sirlangan. Bunda alohida shaxs bo‘lib ajralib chiqishning muhim nuqtasi bo‘lib, hamma ham bu nuqtani topolmaydi, albatta. Mutaxassislarning fikricha, Erik ten Hag o‘sha nuqtani bosib o‘tgan bo‘lib, uslubida faqat uning o‘ziga xos bo‘lgan chizgilar bor. Uning sevimli uslubi 4-2-3-1 hisoblanadi.

    Foto: Kicker

    Foto: Kicker

    Bir so‘z bilan aytganda Manchester shahrining qizil qismida biroz kechikib bo‘lsa-da inqilob yuz bermoqda. Hozir kabinetlarda boshlangan bu inqilob tez orada maydonga ham ko‘chib o‘tishi mumkin.

    Orif Tolipov

    22.04.2022, 08:04   Izoh (0)   15761
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    La Liga. “Barselona” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi

    22.04.2022, 02:32

    Lennoks Lyuisga qarshi alamli jangdan ukasining mag‘lubiyati uchun olingan qasosgacha. Vitaliy Klichko faoliyatidagi asosiy 5 jang (video)

    21.04.2022, 23:48

    O‘zbekiston Kubogining 1/8 finaliga yo‘llanma olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi

    21.04.2022, 22:29

    O‘zbekiston Kubogi. “Bunyodkor” “Buxoro”ni tor-mor etdi, “Metallurg” “Surxon”dan ustun keldi

    21.04.2022, 20:30

    O‘zbekiston Kubogi. “Turon” o‘z maydonida kichik hisobda g‘alaba qozonib, pley-offga yo‘l oldi, “Sho‘rtan” “Olimpik”ni yenga olmadi

    21.04.2022, 19:27

    Konor Makgregor oktagonga qaytib, chempionlik jangida ishtirok etishi mumkin

    21.04.2022, 18:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Al-Hilol” APL yulduzi uchun kurashga kirdi

    Sport | 18 iyul, 21:45

    Belarus prezidenti o‘z o‘g‘liga iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan stipendiya tayinladi

    Dunyo | 18 iyul, 21:35

    Gollivud afsonalarining shuhrat qozonish imkoniyatini boy bergan farzandlari

    Layfstayl | 18 iyul, 21:20

    “Qilmishimdan pushaymonman”. Toshkentda Spark haydovchisi 5 kg narkotik bilan qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 21:10

    Germaniyadan turli jinoyatlar uchun hukm qilingan yuzga yaqin afg‘onistonlik vataniga qaytarildi

    Dunyo | 18 iyul, 21:00

    Amerika kruiz laynerining 134 nafar yo‘lovchisida g‘alati virus aniqlandi

    Dunyo | 18 iyul, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.