21-apreldan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston ayol dasturchilari uchun Tumaris.Hack Markaziy Osiyo xakatonida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish jarayoni boshlanadi. Bu haqda IT Park xabar berdi.
Tumaris.Hack – qizlar uchun mo‘ljallangan onlayn tanlov bo‘lib, unda 2 kunlik uzluksiz IT mutaxassislari ko‘magida ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi mahsulotlar prototiplari yaratiladi.
Xakaton 4 ta yo‘nalishda o‘tkaziladi:
- FinTech: muammolarni hal qiladigan va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan mobil ilovalar, veb-saytlar yoki samarali algoritmlarni ishlab chiqish.
- E-commerce: elektron tijorat sohasidagi innovatsiyalar.
- DeyepTech: Sun’iy idrok, neyrotexnologiya, robototexnika, blokcheyn va yangi materiallardan foydalangan holda mahsulotlarni ishlab chiquvchi jamoalar uchun mo‘ljallangan.
- Wonder Women: Ushbu yo‘nalishning bir qismi sifatida WonderWomen App mobil ilovasi uchun vazifalardan birini hal qilish kerak, ya’ni ilovadagi foydalanuvchi xabarlari va postlarining emotsional ranglanishini aniqlaydigan texnologiyani yoki faqat ayollarga mo‘ljallangan ilovani avtorizatsiya qilish usulini ishlab chiqish kerak.
Arizalar individual va jamoaviy tarzda (3 kishigacha) qabul qilinadi.
Yagona tartibda ariza topshirgan ishtirokchilar uchun kelgusida jamoalar shakllantiriladi.
Shunday qilib, 3 kishidan iborat jamoada ikkita ishtirokchi qizlardan iborat bo‘lishi yoki jamoani boshqaruvchi bo‘lishi kerak.
Hujjatlar 23-mayga qadar qabul qilinadi. Tadbir 27–29-may kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
Xakatonning umumiy mukofot jamg‘armasi: 6 000 dollar. Mukofot qimmatbaho sovrinlar ko‘rinishida taqdim etiladi.
Izoh (0)