• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Aktyor bo‘lishni xohlamagan hamda 40 yoshida aktrisaga uylangan Bollivud yulduzi. Ranbir Kapur haqida nimalarni bilamiz?

    2022-yil 14-aprel kuni Kapurlar oilasi xonadonida to‘y sadolari yangradi – afsonaviy Raj Kapurning nabirasi va Rishi Kapurning o‘g‘li – Ranbir nihoyat aktrisa Aliya Bhatt bilan turmush qurdi. Bollywoodtime nashri hind kinosining eng ko‘rkam aktyorlaridan birining hayoti hamda ijodiy faoliyati haqida qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etdi. 

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ranbir Kapur 1982-yil 28-sentabrda Mumbayda aktyorlar Rishi Kapur va Nitu Singx oilasida tug‘ilgan. Bugungi kunda u hind kinosida eng ko‘p gonorar oluvchi aktyorlardan biri hisoblanadi. Ammo Ranbirning aytishicha, u hech qachon aktyor bo‘lishni xohlamagan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Nima bo‘lganda ham, Kapurlar va aktyorlik ajralmas tushunchalardir. O‘smirlik davrida Ranbir amakisi Rajiv Kapurning “Muhabbat kitobi” (1996) dramasida rejissor yordamchisi sifatida ishlay boshladi va keyinchalik Sanjay Lila Bhansalidan tajriba orttirib, unga “Zulmat” filmini suratga olishda yordam berdi. Ushbu film Bhansali va Ranbir Kapurning Bollivudga yo‘lboshchisi bo‘ldi va u “Ma’shuqam” (2007) debyut filmida suratga tushdi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Afsuski, mazkur romantik melodrama tijoriy muvaffaqiyatga erishmadi, lekin Ranbir yilning “Eng yaxshi yangi aktyori” Filmfare mukofoti va Stardust’ning “Ertangi kunning super yulduzi” unvonini qo‘lga kiritdi. Vaqt o‘tishi bilan Kapur haqiqatan ham “Uyg‘on, Sid!”, “G‘alati sevgining ajoyib hikoyasi”, “Siyosatchilar”, “Rok yulduzi”, “Yurak masalalari”, “Sanju” kabi filmlarda o‘ynagan eng istiqbolli aktyorlardan biriga aylandi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Shaxsiy masalada buyuk sulolaning vorisi doimo beqaror edi. U ko‘ngil qo‘ygan ayollar tez-tez o‘zgarardi. Aktyor intervyularning birida bu masalada ochiq gapirdi va ota-onasining nikohi unga munosabatlar qanchalik qiyin bo‘lishini o‘rgatganini aytib o‘tdi. Balki shuning uchun ham u qariyb 40 yoshgacha Hindistondagi eng mashhur bo‘ydoqlardan biri hisoblangan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Otasi Rishi Kapur ham o‘g‘lining o‘smirlik davrida u bilan munosabatlari og‘ir bo‘lganini yashirmagan. Ranbir har doim onasi Nitu Singx bilan yaqin bo‘lgan va otasi bilan munosabatlari esa unchalik ham yaxshi emasdi. U 15 yoshida giyohvand moddalarni qabul qila boshlaganini yashirmaydi. Qolaversa, o‘qishni yoqtirmas, shuning uchun ham Ranbir tez-tez maktab bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Faqat ulg‘aygandan keyingina otasi bilan til topishdi va munosabatlarini yaxshiladi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ranbirning so‘zlariga ko‘ra, birinchi jiddiy munosabatlar yettinchi sinfda boshlangan va u tugagach, bo‘lajak aktyor depressiyadan aziyat chekkan. 2008-yilda “Ogoh bo‘ling, go‘zallar!” filmini suratga olish jarayonida Kapur o‘zining hamkasbi Dipika Padukone bilan uchrashishni boshladi. Biroq bir yil o‘tgach, u Katrina Kaif bilan “G‘alati sevgining ajoyib hikoyasi” filmini suratga olish paytida Dipikaga xiyonat qildi. Keyinroq Kapur shunday dedi: “Ha, Dipika bilan men noyetuklik, tajribasizlik, yuraksizlik va vasvasaga berilib ketganim uchun ajrashdik”.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Biroq Dipika va Ranbir do‘stona munosabatlarni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi va hatto bir nechta loyihalarda birgalikda ishladi. Ammo Ranbir Katrina bilan 7 yil mobaynida uchrashdi, lekin aktyor yana boshqa aktrisalar bilan ishqiy munosabatlarni boshladi, ulardan biri Ranbirni bolaligidan boshlab sevib qolgan Aliya Bhatt edi.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Aytish joizki, Aliya Ranbirdan 11 yosh kichik. Hozirda juftlik 2022-yilning kuzida taqdimotga tayyorlanayotgan “Brahmastra” loyihasi ustida ishlamoqda.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ranbir aktyorlikdan tashqari musiqani ham yaxshi ko‘radi. U bolaligidan tabla va nog‘ora chalishni o‘rgangan va “Rok yulduzi” (2011) filmiga suratga tushishdan oldin Jordan roliga tayyorgarlik ko‘rish uchun gitara saboqlarini olgan. U bu cholg‘u asbobiga shunchalik mehr qo‘yganki, uni hamma joyda o‘zi bilan olib yurgan va har bir bo‘sh daqiqada chalgan.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    Ranbir futbolni yaxshi ko‘radi va ko‘pincha o‘zi ham o‘ynaydi. Kapur hozirgi avlodning eng kelishgan hind aktyorlaridan biri hisoblanadi. 2010-yildan 2015-yilgacha u har yili The Times of India tomonidan “Hindistondagi eng kelishgan erkaklari” 10 taligidan joy oldi. Shuningdek, Ranbir — Pepsi, Panasonic, Renault India, Lenovo va boshqa dunyoga mashhur brendlarning yuzi. U oltita Filmfare mukofoti sovrindori va uni oldinda ikkita juda katta loyiha kutmoqda: “Shamshera” va “Brahmastra”.

    Foto: Bollywoodtime

    Foto: Bollywoodtime

    “Men nafaqaga chiqqanimda, katta ehtimol bilan futbol murabbiyi bo‘laman”, — deydi Ranbir.

    Mavzuga doir: Bollivud aktyori Randxir Kapur demensiyaga chalingani ma’lum bo‘ldi

    21.04.2022, 14:56   Izoh (0)   24254
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Shahzod Sultonov bilan yarashgan Feruza Normatova, kirakashga aylangan Liil Xurramov, “Qalpoq”chilardan Jahongir Otajonovga parodiya

    20.04.2022, 22:57

    O‘z-o‘zini yetarlicha baholay olmaslik: omadli va mashhur insonlar yashirin qo‘rquvi haqida so‘zlab beradi

    20.04.2022, 20:58

    Turk kinosining mashhur juftligi Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen o‘g‘li Karanning tug‘ilgan kunini nishonladi (foto)

    20.04.2022, 18:59

    Jasur Umirovdan “Million” va Yulduz Usmonovagacha. “Xalqlar do‘stligi”da o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan konsertlarga kirish qanchaga tushadi?

    20.04.2022, 14:20

    Lola, Munisa Rizayeva hamda mukammal tashqi ko‘rinishga erishish uchun plastik jarrohlik amaliyotidan foydalangan boshqa mashhurlar (foto)

    19.04.2022, 13:55

    “Bu miyamga ta’sir qila boshladi”: Gollivud aktrisasi Jennifer Eniston uyqusizlikdan aziyat chekayotganini ma’lum qildi 

    19.04.2022, 10:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.